Amaliy ish №3 Mavzu: Nurash jarayonlari, sochilma konlarda uchraydigan minerallar va foydali qazilmalar


Download 214.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi214.93 Kb.
#1410262
  1   2
Bog'liq
3-amaliy (1)



Amaliy ish № 3 
Mavzu: Nurash jarayonlari, sochilma konlarda uchraydigan minerallar va foydali 
qazilmalar. 
 
Amaliy ishning maqsadi: Sochilma konlarda uchraydigan minerallar va foydali qazilmalar 
bilan tanishish. 
Quruqlikda atmosfera agentlari (havodagi kislorod, karbonat kislota, suv) bilan 
mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati ta`sirida nurash jarayoni degan umumiy nom bilan 
ataluvchi kimyoviy jarayon yuz beradi. Bu endogen jarayonlar natijasida hosil bo`lgan mineral va 
jinslarning hammasini fizik va kimyoviy hosil bo`lgan mineral va jinslarning hammasini fizik va 
kimyoviy jihatdan nurab ketishiga ayni bir vaqtda yer yuzida bunyodga kelgan yangi sharoitlarda 
barqaror bo`lgan yangi mahsulotlarning hosil bo`lishiga olib keladi.
Shu mahsulotlarning bir qismi yer yuzidagi oqim suvlar bilan erigan holda yoki mayda 
zarrachalar holatida olib keltiriladi va yo`l–yo`lakay suvning tezligi sekinlashgan joylarda-
soylarda, ko`l va dengiz havzalarida ular yotqiziladi. Bu yerda ham o`ziga xos mineral hosil 
qiluvchi jarayonlar yuz beradi va uning natijasida cho`kindilar suv havzalari tubiga cho`kadi va 
qatlamlar hosil bo`ladi. Bunga cho`kindi hosil qiluvchi jarayon deb aytiladi.
Nurash jarayonlari avvalo tog` jinslari va rudalarning harorati o`zgarishi natijasida sodir 
bo`ladigan mexanik parchalanishda o`z aksini topadi, bu jins tashkil etuvchi kengayish 
koeffitsienti turlicha bo`lgan minerallarni darzliklar va g`ovaklarda muzlab qolgan suv va boshqa 
faktorlar ta`sirida ajralib ketishga olib keladi. Biroq nurab borayotgan minerallarning tarkibida 
erigan holda kislorod, karbonat kislotasi ham boshqa gazlari bo`lgan yomg`ir va yer yuzidagi 
suvlar ostida kimyoviy parchalanishi yanada muhimroqdir. Shunga ko`ra bu suvlar ancha kuchli 
oksidlantirish va qaytarish qobiliyatiga ega bo`ladi. Grunt suvlari sathigacha singib tushib 
borayotgan bu suvlar tarkibidagi kislorod sodir bo`layotgan oksidlanish, gidratlanish va 
karbonatlanish jarayonlari sabab sekin-asta yo`qola boradi.
Yuzaga kelgan erituvchi birikmalar va ba`zi minerallarni yuvib ketib g`ovaklar, ba`zan 
katta bo`shliqlar (karst-g`or) hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu bo`shliqlarning devorlari ko`pincha 
kolloidal oqiq-quyilma jinslar yoki qandaydir ekzogen minerallar kristallaridan iborat cho`tkalar 
yoki nihoyat, tuproqdek ohaksimon mahsulotlar bilan qoplangan bo`lishi mumkin. Birmuncha 
osonroq eruvchan jinslar ko`p yuvilib ketgan joylarida katta-katta g`orlarda (gips bilan ohaktosh 
qatlamlarida) ularning yuqori qismidagi tuproqning cho`kkanligi, ba`zan esa o`pirilishidan hosil 
bo`lgan voronkalar ko`rinadi.
Kimyoviy barqaror minerallar (kvars, oltin, platina va boshqa minerallar), shuningdek 
yangidan hosil bo`lgan qiyin eruvchan minerallar Yer yuzida qoldiq mahsulotlar orasida to`planib 
boradi va har xil och-to`q rangli, ko`proq temir gidrooksidli va qo`ng`ir rangga bo`yalgan gilsimon 
massalar ko`rinishida uchraydi.
Shunday yo`l bilan yer yuzida yoki shunga yaqin joylarda to`planib borayotgan erimaydigan 
kimyoviy nurash mahsulotlari, ko`proq gidrooksidlar va gidrosilikatlar uyumlaridan iborat qoldiq 
konlarini hosil qiladi. Masalan, gil, kaolin, boksit, temir, nikel va boshqa tarkibiga ko`ra shularga 
mos keladigan, ba`zan ancha katta maydonlarni egallagan tog` jinslarning kuchli parchalanishi 
natijasida paydo bo`ladigan rudalarning ko`pgina konlar shular jumlasiga kiradi.
Kimyoviy nurash qandaydir foydali qazilma koni ustida ro`y bersa, yuzaga kelgan qoldiq 
mahsulot shlapalar (qoplam) deb aytiladi (temir, marganes, gips va boshqalar shlapalari). Bu 
shlyapalarda qolgan foydali qazilmaning ayrim komponentlarining miqdori yuvilish hisobiga 
ko`ra birlamchi parchalanmagan rudalarga, ya`ni grunt suvi sathidan pastda yotgan rudalarga 
qaraganda ancha ortiq bo`lib qoladi. Ba`zi yuvilib ketadigan metallar, ayniqsa mis, shuningdek 
ruh, kumush va boshqalar suvli eritma sifatida oksidlanish zonasining pastki qismlariga, ya`ni 
grunt suvi sathiga siljib borib birlamchi rudalar yoki kimyoviy aktiv yon jinslar (ohaktoshlar) bilan 
reaksiyaga kirishini ko`rsatib o`tish kerak. Mis sulfid konlarida shunday paytlarda ikkilamchi 
sulfidli boyish zonasi hosil bo`lib, zona rudalaridagi mis miqdori ancha ortadi.


Kimyoviy nurash jarayonlarida iqlimiy faktorlar (yillik o`rtacha temperatura va 
yog`ingarchilik miqdori) katta rol o`ynaydi. Namgarchilik kam va yillik o`rtacha harorat yuqori 
bo`lgan paytlarda oksidlanish va kimyoviy birikmalarning to`planishi birmuncha tezroq boradi. 
Bunda o`sha joyning relefi ham katta ahamiyatga egadir. Tog`li rayonlarda erozion faoliyat kuchli 
bo`lganligi uchun kimyoviy nurash mahsulotlari to`planib ulgurmay yuvilib ketadi. Relyefi past 
bo`lgan rayonlarda butunlay boshqacha holni ko`ramiz. Nurash jarayonida yuzaga kelgan 
konlarning shakli odatda unchalik to`g`ri bo`lmagan uyasimon yoki qatlamsimon uyumlardan 
iborat bo`lib, yerning yuzasiga birmuncha parallel ravishda yotadi. Katta-katta yoriqlar
maydalanganda jinslar zonasi bo`ylab hamda fizik va kimyoviy xususiyatlari turlicha bo`lgan 
jinslar kontakti bo`ylab, ya`ni yer yuzi nurash agentlari chuqurroqacha bora oladigan o`sha 
joylarida tik joylashgan, chuqurlasha borgan sari ingichkalanadiyu yo`q bo`lib ketadigan ruda 
mahsulotlari uyumi yuzaga kelishi mumkin. 


Download 214.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling