Amaliy ish №5 Fizik sathda malumotlar almashinishni tashkil qilishning xususiyatlari.(2 soat) Ishni bajarishdan maqsad
Download 460.5 Kb.
|
5-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism. IP manzil turlari.
- IP- manzillarda niqoblardan foydalanish.
- 3. Laboratoriya ishi bo‘yicha topshiriq.
- IP adresiga
Amaliy ish №5 Fizik sathda malumotlar almashinishni tashkil qilishning xususiyatlari.(2 soat) Ishni bajarishdan maqsad: TCP/IP tarmoqlarida manzillash qoidasini o‘rganish va niqob(maska) yordamida IP manzillar belgilashni o‘rganish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish. Nazariy qism. IP manzil turlari. TCP/IP bu tarmoq protokoli hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi tarmoqda ma’lumotlar uzatishdan iborat. TCP/IP protokolida kompyuterlar maxsus raqamlardan iborat manzilga ega bo‘lib bu manzil IP manzil dasturi tomonidan beriladi. Bundan tashqari kompyuterning MAC manzili xam mavjud bo‘lib bu manzil o‘zgarmas hisoblanadi va manzil sifatida tarmoq kartasining maxsus kodi olinadi. IP manzilni o‘zgartirish imkoniyati mavjud. MAC manzilda IP manzillar uchun 4 bayt joy ajratiladi va u quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin 109.26.17.100. IP manzilning guruxi tarmoq adminstratori tomonidan o‘rnatiladi. IP manzilning oxirgi 2 ta raqami tarmoq nomerini va kompyuter raqamini bildiradi. Misol uchun yuqorida keltirilgan IP manzil 17–tarmoq nomeri, 100–kompyuter raqami. IP manzillarning 5 ta sinfi mavjud bo‘lib, 1-A guruxga manzil nol dan boshlansa IP manzilning ikkilik kodi noldan boshlansa A guruxga tegishli, ya’ni 1 dan 126 gacha (0 ishlatilmaydi 127 raqami maxsus maqsadlar uchun rezerf sifatida foydalaniladi).
1- rasm IP-manzil sinflari (c- tarmoq raqamiga taaluqli bit, y -tugun raqamiga taaluqli bit, a - multikast guruxi manziliga taaluqli bit, z - zaxiralangan manziliga taaluqli bit). A guruxida 224 ta ya’ni 16777216 tagacha kompyuter bo‘lishi mumkin. Bu yerda s-bit tarmoqka tegishli nomer u u-bit tugunga kompyuterga tegishli nomer a-bit multikast guruxiga kiruvchi nomer z-bit zaxiraga kiruvchi manzil. Agar tarmoq manzilning 2 lik kodining 1-2 tasi 10 ga teng bo‘lsa u xolda IP manzil V guruxga tegishli bo‘ladi. Bunda tarmoq nomeri va tugun nomeri uchun 16 bit joy ajratiladi. B guruxida 216 ya’ni 65536 gacha kompyuterlar bo‘lishi mumkin. Agarda IP manzilning 2 lik kodining 1-3 ta rakami 110 bo‘lsa u holda IP manzil S guruxga tegishli hisoblanadi. Bu holda tarmoq nomeri uchun 24 bit joy ajratiladi. Tugun nomeri uchun 8 bit joy ajratiladi. Bu gurux keng tarqalgan bo‘lib, kompyuterlar soni 28 yani 256 gacha bo‘lishi mumkin. Agarda IP manzilning 2 lik kodi 1110 dan boshlansa, u holda manzil D guruxga tegishli xisoblanadi va multikast guruxiga tegishli muxim manzilliligini bildiradi. Bunday guruxdagi IP manzillardan jo‘natilayotgan paketda IP manzil D guruxga tegishli bo‘lsa u holda paket shu guruxga tegishli barcha kompyuterlarga jo‘natiladi. Agarda IP manzilning 2 lik kodi 11110 dan boshlansa, unda IP manzil E guruxga tegishli hisoblanadi. Bu guruxdagi manzil keyinchalik qo‘llash maqsadida zaxiraga olingan hisoblanadi.
Tarmoqning tarmoq osti tarmoqlarga bo‘linishda IP -manzilning kompyuter raqamiga birlashtirilgan qismini ishlatadi. Tarmoq admistratori IP -manzilning bir qismini niqoblashi mumkin va uni tarmoq osti tarmoqlarni raqamlash uchun qo‘llashi mumkin. Amalda manzilning ikkiga bo‘linish usuli kompyuter manziliga tarmoq osti tarmoqlarga bo‘lishni amalga oshiradigan tarmoq IP -manzili tomonidan qo‘llanadi. Tarmoq osti tarmoq niqobi - bu tarmoq osti tarmoq raqamini olish uchun IP -manzilga biriktiriluvchi 4 baytli ma’lumot. Masalan: 255.255.255.0 niqobi V sinf tarmog‘ini 254 tarmoq osti tarmoqga, xar biriga 254 tagacha tugun ulash imkonini beradi. Tarmoq osti tarmoqlar nafaqat muammolarni hal etadi balki, bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Masalan, manzillarning yo‘qolishi sodir bo‘ladi. Bu jarayon fizik cheklovlar sababli emas balki, tarmoq osti manzillarini qurish vaqtida yuzaga keladi. Tarmoqning standart sinflari uchun niqoblar quyidagi qiymatlarga ega: Sinf A- 11111111. 00000000. 00000000. 00000000 (255.0.0.0); Sinf B- 11111111. 11111111. 00000000. 00000000 (255.255.0.0); Sinf C- 11111111. 11111111. 11111111. 00000000 (255.255.255.0). Xar bir IP-manzilni niqoblab manzillar sinflari atamasidan voz kechish mumkin va manzillashtirish tizimini mustahkamlash mumkin. Misol uchun 185.23.44.206 manzil 128-191 oraliqga tushadi bu manzil V sinfga tegishli. Mos tarzda tarmoq raqami ikkita nol qo‘shilgan birinchi ikki bayt - 185.23.0.0 bo‘lib, tugun raqami esa - 0.0.44.206 bo‘ladi. Agar bu manzilga 255.255.255.0 ko‘rinishdagi niqobni qo‘llasak, tarmoq osti raqami 185.23.0.0 emas balki 185.23.44.0 bo‘ladi. Niqoblarda tarmoq raqamini chegarasini aniqlovchi birlar soni ketma ketlikda manzilni baytlarga bo‘lishni qaytarish uchun 8 likda keltirilgan bo‘lishi majburiy emas. Olaylik 129.64.134.5 IP-manzil uchun 255.255.128.0 niqob ko‘rsatilgan bo‘lsin, bu esa ikkilik ko‘rinishda: IP-manzil 129.64.134.5 – 10000001.01000000.10000110.00000101 Niqob 255.255.128.0 – 1111111.11111111.10000000.00000000 Agar tarmoq raqami chegarasini aniqlash uchun niqob qo‘llanilsa, IP-manzilda “joylashtirilgan” niqobdagi 17 ta ketma ket birlar ikkilikdagi tarmoq raqami sifatini aniqlaydi: 10000001.01000000.10000000.00000000 yoki o‘nlik ko‘rinishda– tarmoq raqami 129.64.128.0, tugun raqami 0.0.6.5.
1. Nazariy material bilan tanishish. 2. Berilgan (A, B, yoki C) sinflar bo‘yicha tarmoq osti tarmoqlar miqdori N va kompyuterlarning maksimal soni M ni aniqlashni o‘rganish.
A, B va C sinflar bo‘yicha tarmoq osti tarmoqlar soni N va kompyuterlar maksimal soni M ni aniqlang. IP (Internet Protocol) – paketlarni uzatuvchi protokol, tarmoq protokollari jumlasiga kiradi. Xozirgi kunda internet tarmog‘ida keng qo‘llaniladigan adres tizimi IPv4 (1981y.) ko‘rinishdagi IP adres tizimidir. IP protokoli tarmoqdagi xar bir kompyuterga yoki tizimga to‘rt xonalik IP – manzil (4 oktetli) mos qo‘yiladi. Shu bilan birga kuyi tarmoqdagi kompyuterlar manzilning umumiy boshlang‘ich bitlari bilan birlashtiriladi. Internat tarmog‘iga ulangan xar bir kompyuter o‘zining noyob IP adresiga ega bo‘ladi. IP-adres - Nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta sondan (oktet )iborat noyob son. Har bir son 0-255 oralig‘ida bo‘lishi lozim. Masalan, 212.134.145.156. Kompyuterdan osonroq erkin foydalanish uchun odatda uning domen nomidan foydalaniladi. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda IP manzillar provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi. Masalan IP adres 192.168.0.1 Maska 255.255.0.0 2n = 27 =2*2*2*2*2*2*2*2=128 128+26 =192 Provayder tomonidan berilgan IP manzilga ega bo‘lmagan kompyuterlar (yo‘naltirish to‘g‘ri sozlanganda) mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi IP manzillarga ega bo‘lib, boshqa mahalliy kompyuterlar bilan ishlashi mumkin SIDR: 192.168.0.1 - 192.168.255.255 172.16.0.1 - 172.16.255.255 10.0.0.1 - 10.255.255.255 Ushbu kompyuterlar proksi serverlar yoki NAT texnologiyasi yordamida Internetga ulanishi mumkin. IP – adres N=232=4 294 967 296 ta adreslar Xamma oktetlar 0 lardan iborat (0.0.0.0) – berilgan joriy tugun adresi, tizim tomonidan kayta yuklanayotganda ishlatiladi. Adres bitlari fakat 1 lardan iborat (255.255.255.255) – lokal tarmok ichida xammaga mulljallangan adres (kanal pogonasida, tarmokdagi 1-chi marshrutizatorgacha uzatiladi). V sinfiga oid adresning Xost kismida xammasi 1 (masalan, 135.202.255.255) - anik tarmokdagi xammaga mulljallangan ma’lumotlar. 127.xx.xx.xx (masalan, 127.0.0.1) - localhost, loopback, teskari aloka (fakat ishlatilayotgan kompyuter TCP/IP protokollar stekini tekshirish uchun kullaniladi). Berk tarmoklar(sinonimlari: xususiy tarmok VPN, intranet tarmogi, real bulmagan IP adreslar CIDR, ) Ular kuyidagi diapazonlarda : 10.0.0.0 - 10.255.255.255 172.16.0.0 - 172.31.255.255 192.168.0.0 - 192.168.255.255
Ishlatilishi: marshrutlash xamda broadcast ma’lumotlarini chegaralash. IP Maska – ketma-ket logik 1 lardan xamda ketma-ket 0 lar katori bilan tugallandigan va umumiy uzunligi 32 bit bulgan maxsus adres. masalan, A sinfiga mansub IP adres maskasi: 11111111 00000000 00000000 00000000 V sinfiga mansub IP adres maskasi: 11111111 11111111 00000000 00000000 S sinfiga mansub IP adres maskasi: 11111111 11111111 11111111 00000000 Uzunligi 22 bit li maska: 11111111 11111111 11111100 00000000 Kupincha maska kuyidagicha ifodalanishi xam mumkin: 134.171.0.14/25. Global tarmok IP adreslarini tarkatish InterNIC (Network Information Center), tomonidan boshkariladi. Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling