Amaliy ish №5 Mexatronik elektryuritmalarning kinematik sxemasini loyihalash
Download 432.23 Kb.
|
11-амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish uchun namuna
- Ishni bajarish tartibi
- Variant 1. Topshiriq
- Variant 2. Topshiriq
- Variant 3. Topshiriq
- Variant 4. Topshiriq
- Variant 5. Topshiriq
- Takrorlash uchun savollar
5.2-jadval. Kinematik sxemadagi elementlarning shartli belgisi
Ishni bajarish uchun namuna: Mexatronik modulning quyidagi kinematik sxemasi berilgan: Modul tarkibiga quyidagilar kiradi: valining aylanishlar soni ndv=1400 ayl/min bo`lgan elektrodvigatel 1, tasmali uzatma 2, bir boshqichli silindrik qiyshiq tishli reduktor 4, zanjirli uzatma 6 va valining aylanishlar soni nr.o.=12 ayl/min bo`lgan ishchi organ. I va II vallardagi aylanishlar sonini aniqlash kerak bo`ladi. Kinematik sxemadagi umumiy uzatishlar sonini (5.2) formula bilan aniqlaymiz: 2. (5.3) formulaga asosan umumiy uzatishlar sonini alohida bosqichlarga bo’lishda uzatishning umumiy soni har bir boshqich uzatish soni ko’paytmasiga teng bo’ladi. Bizning holatda 3 ta uzatishlar mavjud (tasmali uzatma, bir bosqichli reduktor va zanjirli uzatma), shuning uchun: = bu yerda u1; u2 va u3- tasmali uzatma, reduktor va zanjirli uzatma uzatishlari soni. 5.1-jadvalga asosan reduktor va zanjirli uzatma uchun uzatishlarni sonini belgilaymiz, tasmali uzatmani (5.4) formuladan hisoblaymiz. u2 =6; u3=5, Unda u1 = uum / ( = 116,67 / (6∙5)= 3,9 Kinematik sxemaning haqiqiy uzatishlar soni: =6∙5∙3,9=117 Ishchi organning haqiqiy aylanishlar soni: nh= ndv / = 1400/117=11,966 ayl/min Ishchi organ valining berilgan va hisoblangan aylanishlar soni orasidagi xatolikni (5.5) formula yordamida aniqlaymiz: ∆n = ((n – nh) / n) ∙ 100 % = ((12-11,966)/12)∙100%=0,28% Ishni bajarish tartibi Talabalar o`qituvchi tomonidan berilgan ma`lumotlar asosida 1 ta mexatronik yuritma uchun kinematik sxema qurib, uzatishlar soni hisoblanadi. Talaba bajargan ishlari bo`yicha o`qituvchiga yozma hisobot tayyorlab topshiradi. Variant 1. Topshiriq: Quyida keltirilgan kinematik sxema uchun har qaysi bosqich vallarining aylanishlar sonini aniqlang: Elektrodvigatel vali aylanishlar soni ndv=1600 ayl/min; Ishchi organnning vali aylanishlar soni ni.o.=35 ayl/min. Elektrodvigatel, yassi tasmali uzatma va ikki bosqichli silindrik reduktordan tarkib topgan mexanizmning kinematik sxemasini ishlab chiqing. Variant 2. Topshiriq: Quyida keltirilgan kinematik sxema uchun har qaysi bosqich vallarining aylanishlar sonini aniqlang: Elektrodvigatel vali aylanishlar soni ndv=1800 ayl/min; Ishchi organnning vali aylanishlar soni ni.o.=30 ayl/min. Elektrodvigatel, zanjirli uzatma, ochiq tsilindirik tishli uzatma va bir bosqichli chervyakli reduktordan tarkib topgan mexanizmning kinematik sxemasini ishlab chiqing. Variant 3. Topshiriq: Quyida keltirilgan kinematik sxema uchun har qaysi bosqich vallarining aylanishlar sonini aniqlang: Elektrodvigatel vali aylanishlar soni ndv=1400 ayl/min; Ishchi organnning vali aylanishlar soni ni.o.=20 ayl/min. Elektrodvigatel, tasmali uzatma, ochiq konussimon tishli uzatma va bir bosqichli chervyakli reduktordan tarkib topgan mexanizmning kinematik sxemasini ishlab chiqing. Variant 4. Topshiriq: Quyida keltirilgan kinematik sxema uchun har qaysi bosqich vallarining aylanishlar sonini aniqlang: Elektrodvigatel vali aylanishlar soni ndv=1600 ayl/min; Ishchi organnning vali aylanishlar soni ni.o.=30 ayl/min. Elektrodvigatel, tasmali uzatma, bir bosqichli chervyakli reduktor va zanjirli uzatmadan tarkib topgan mexanizmning kinematik sxemasini ishlab chiqing. Variant 5. Topshiriq: Quyida keltirilgan kinematik sxema uchun har qaysi bosqich vallarining aylanishlar sonini aniqlang: Elektrodvigatel vali aylanishlar soni ndv=1600 ayl/min; Ishchi organnning vali aylanishlar soni ni.o.=30 ayl/min. Elektrodvigatel, bir bosqichli chervyakli reduktor, zanjirli va tasmali uzatmadan tarkib topgan mexanizmning kinematik sxemasini ishlab chiqing. Takrorlash uchun savollar: Kinematik sxema qaysi maqsadda quriladi? Kinematik sxemada qanaqa parametrlar ko`rsatiladi? Uzatishlar soni qanday hisoblanadi? Umumiy uzatishlar sonini aniqlashda qaysi tavsiyalarga e`tibor berish kerak? Download 432.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling