Amaliy ish 9 Mavzu: Dizellarning ta’minlash tizimini tuzilishi va ishlashini o‘rganish
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
A 9 DTT
YOqilg‘ini mayin tozalash filtri mayda mexanik zarrachalarni yoqilg‘idan
ajratish uchun xizmat qiladi. 7-rasm. YOqilg‘ini mayin tozalash filtri 1-stakan; 2-quvursimon o‘zak; 3-parallel ulangan filtrlash elementlari; 4-rezinkali qistirma; 5, 23- shtutserlar; 6-asos; 7, 8, 10, 15-quvurchalar; 9-qopqoqli gayka; 11-klapan asosi; 12-sharikli klapan; 13, 24-tiqinlar; 14-birlashtiruvchi bo‘shliq; 16-qistirma; 17, 18-tunikali qopqoqlar; 19- karton asos; 20-tashqi parda; 21-ichki parda; 22-zichlash shaybasi Misol sifatida keltirilgan mayin filtr asos 6 dan, bir yoki ikki filtrlash element 3 lardan iborat (7-rasm), bu turdagi filtrlar odatda traktor dizellariga o‘rnatiladi. Xar bir filtr stakanni qirrasiga qistirma 16 orqali siqib qo‘yilgan. To‘kiladigan mexanik zarrachalar va suv tomchilari tiqin 24 yordamida to‘kiladi. Filtrlash 9 elementi 3 tashqi 20 va ichki 21 pardalardan iborat bo‘lib, ular yumshoq qog‘ozdan tayyorlanadi. Xar bir parda silindr shaklida elimlangan hamda tozalash sirtini ko‘paytirish maqsadida garmon shaklida bukilib tayyorlanadi. Bu turdagi filtrda o‘lchamlari 2…10 mkm gacha bo‘lgan mexanik zarrachalar ushlab qolinadi. Pardalarni asoslari kardon 19 ga elimlangan. Karkas 19, o‘z navbatida yoqilg‘i o‘tish uchun mo‘ljallangan teshikchalar bilan ta’minlangan. Filtrlar tunika qopqoq 17 va 18 larga maxkamlab qo‘yilgan. YOqilg‘i xaydash nasosi tomonidan hosil qilgan bosim ostida filtrga quvurcha 15 orqali yo‘naltiriladi. Filtrlash elementlaridan o‘tgach, tozalangan yoqilg‘i quvurli o‘zak 2 ni teshikchalaridan quvurcha 7 orqali YUBEN ni kiritish kanaliga keltiriladi. Odatda avtomobil dizellariga o‘rnatilgan filtrlar ta’minlash tizimini eng yuqori nuqtasiga joylashtiriladi. YOqilg‘ini tozalash effektini oshirish maqsadida amalda ikki pog‘onali filtrlar qo‘llaniladi. Ikki tozalash pog‘onasi xam umumiy asosda joylashgan bo‘ladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling