Amaliy ish 9 Mavzu: Dizellarning ta’minlash tizimini tuzilishi va ishlashini o‘rganish
Dizelni yoqilg‘i bilan ta’minlash tizimi
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
A 9 DTT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dag‘al filtr
- Past bosimli yoqilg‘i xaydash nasosi
Dizelni yoqilg‘i bilan ta’minlash tizimi
D-240 rusumli traktor dizelini yoqilg‘i bilan ta’minlash tizimi 4-rasmda ko‘rsatilgan. Dizelni ishlash jarayonida yoqilg‘i bak 9 dan (4-rasm) o‘zi oqib dag‘al filtr 5 ga keladi va unda katta o‘lchamli mexanik zarrachalardan tozalanadi. Dag‘al filtrdan yoqilg‘i past bosimli xaydash nasos 12 yordamida mayin filtr 6 orqali YUBEN 13 ga keltiriladi. YUBEN dan yoqilg‘i quvurcha 4 lar orqali katta bosim bilan forsunka 3 ga keltiriladi. Past bosimli xaydash nasosidan yoqilg‘i YUBEN ga ortiqcha miqdorda keltiriladi. Ortiqcha yoqilg‘i quvurcha orqali o‘tkazib yuborish klapan yordamida yana nasosga qayta kiritiladi. Dag‘al filtr yoqilg‘idagi 50…100 mkm o‘lchamdagi mexanik zarrachalarni tozalaydi. Dag‘al filtr 1 ning asosi (5-rasm) cho‘yandan quyulib uning pastiga stakan 5 maxkamlanadi. YOqilg‘i dag‘al filtrga past bosimli xaydash nasosi tomonidan hosil qilinadigan siyraklanish natijasida keltiriladi. Taqsimlash diski 2 teshikchalaridan o‘tgan yoqilg‘i konussimon qaytargich 7 dan bir tekisda oqib tushib tindirgich xajmiga stakan 5 va qaytargich 7 orasidagi tirqish orqali tushadi. Tinchlantirgichda yoqilg‘i xarakat yo‘nalishini o‘zgartiradi va filtr yuqorisiga – uning markaziy teshigiga chiqadi. YOqilg‘i yo‘nalishini o‘zgartirilganda, yoqilg‘iga nisbatan og‘irroq mexanik zarrachalar va suv tomchilari inersiya kuchi ta’sirida stakan 5 ni tagiga cho‘kadi. CHo‘kindilar ma’lum vaqt ichida tiqin 6 orqali to‘kib tashlanadi. Xarakat davomida yoqilg‘i qaytargich 7 ga maxkamlangan simli to‘r 3 orqali o‘tayotganida yanada tozalanadi. Tozalangan yoqilg‘i shtutser 9 orqali past bosimli xaydash nasosiga keltiriladi. Past bosimli yoqilg‘i xaydash nasosi yoqilg‘ini dag‘al filtrdan so‘rib olish va mayin filtrdan kichik bosim bilan o‘tkazish uchun xizmat qiladi. SHunday qilib past bosimli yoqilg‘i xaydash nasosi (PBYON) yuqori bosimli yoqilg‘i nasosning (YUBYON) kirish qismida doimiy bosimni ta’minlab turadi. Odatda ta’minlash tizimiga bir yoki ikki tomonga ishlaydigan porshenli past bosimli nasoslar o‘rnatiladi. 6 4-rasm. D-240 dizelini ta’minlash tizimi sxemasi 1-havo tozalagich; 2-forsunkadagi tirqishlardan sizilgan yoqilg‘ini bakga qayta yo‘naltiradigan quvurcha; 3-forsunka; 4-yuqori bosimli yoqilg‘i o‘tkazish quvurchalari; 5-yoqilg‘ini dag‘al tozalash filtri; 6-yoqilg‘ini mayin tozalash filtri; 7-bakdagi yoqilg‘i satxini ko‘rsatadigan datchik; 8-yoqilg‘i miqdorini ko‘rsatadigan shaffof quvurcha; 9-yoqilg‘i baklari (asosiy va qo‘shimcha); 10-jo‘mrak; 11-yoqilg‘i to‘kish jo‘mragi; 12-past bosimli yoqilg‘i xaydash nasosi; 13-YUBEN. 7 5-rasm. Dag‘al filtr 1-filtr asosi; 2-taqsimlash diski; 3-simli to‘r; 4-tindirgich; 5-stakan; 6-tiqin; 7- konussimon qaytargich; 8-shtutser; 9-past bosimli kasseta ulanadigan shtutser Nasos asosi 20 YUBYON karteriga boltlar yordamida maxkamlanadi. Porshen 8 (6-rasm) bosim xosil qilish yo‘lini tiqin 19 ga tiralib turgan prujina 7 ta’sirida bajaradi, so‘rish yo‘lini esa turtki 3 ta’sirida bajaradi. 6-rasm. Past bosimli yoqilg‘i xaydash nasosining ishlash sxemasi 1-ekssentrik; 2-rolik; 3-turtqi; 4, 7, 17-prujinalar; 5, 14-shtutserlar; 6-asos; 8, 12-porshenlar; 9, 10, 18-klapanlar; 11-sharik; 13-silindr; 15-qopqoq; 16-qo‘l bilan boshqarish moslamasi (dastagi); 19- tiqin; 20-asos; 21-nasosni o‘rnatish do‘ngchasi . Porshen prujina 7 yordamida pastga tushirilganda uning yuqorisida siyraklanish hosil bo‘lib klapan 10 ochiladi va yoqilg‘i bakdan A bo‘shlig‘iga so‘rib olinadi. SHu paytning o‘zida klapan 18 prujina 17 yordamida asosning egariga maxkam siqib qo‘yiladi va B bo‘shlig‘idagi yoqilg‘i 0,2…0,7 MPa bosim orqali mayin filtrga yo‘naltiriladi. 8 Porshenni rolikli tartqisi 3 shtok orqali yuqoriga ko‘tarilganda A bo‘shlig‘idagi yoqilg‘ini bosimi ortadi, klapan 8 prujina 10 yordamida asosdagi egarga o‘tiradi, klapan 18 esa yuqoriga ko‘tarilib A bo‘shlig‘idagi yoqilg‘ini B bo‘shlig‘iga o‘tishiga imkon beradi. Detallar orasidan sizib tushgan yoqilg‘i asosdagi kanal 6 orqali kiritish bo‘shlig‘i A ga tortib olinadi. Mexanik yuritmali nasos asosi 20 ga odatda qo‘lda ishlatiladigan nasos silindri burab qo‘yiladi. Ushbu nasos yordamida yoqilg‘i bilan ta’minlaydigan tizimga yoqilg‘i to‘latilib, bug‘ va havoni chiqarib tashlanadi (odatda dizel yurgazib yuborilmasdan). Porshen 12 boshqarish dastagi 16 ilan shtok orqali birlashtirilgan. Qo‘l nasosi ishlatilmaganda uning dastagi qopqoq rezbasiga maxkam burab qo‘yiladi. Ta’minlash tizimiga mexanik yuritmali qo‘l bilan ishlatiladigan nasos orqali yoqilg‘i to‘ldirish uchun mayin filtr qopqog‘ida joylashgan tiqin 13 bo‘shangilari va undan bug‘ pufaklari chiqib ketgungacha yoqilg‘i xaydaladi. Undan so‘ng tiqin yopilib, nasosni dastagi xam o‘z joyiga burab qo‘yiladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling