Amaliy ish 9 Mavzu: Dizellarning ta’minlash tizimini tuzilishi va ishlashini o‘rganish
Ishlab bo‘lgan gazlarni chiqarib yuborish tizimi
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
A 9 DTT
Ishlab bo‘lgan gazlarni chiqarib yuborish tizimi
Xarorati 600…800 o S bo‘lgan gazlar silindr tashqi muxitga yuqori tezlikda chiqarilib dvigatellarni shovqinligini asosiy sababchisi xisoblanadi. Undan tashqari traktor va avtomobillar qishloq xo‘jaligida o‘rim-yig‘im ishlarida band bo‘lganida yong‘inni sababchisi bo‘lishi mumkin. 15 10-rasm. D-240 rusumli traktor dizeli rostlagichini ishlash sxemasi I-dizelni yurgazib yuborishda richaglar va yuklarni xolati; II-dizelni salt yurishda, ya’ni tirsakli valni maksimal aylanishlar chastotasidagi richaglar va yuklarni xolati; III-dizel tirsakli valini nomanal aylanishlar chastotasidagi richaglar va yuklarni xolati; IV-dizelni o‘ta yuklanishida richaglar va yuklarni xolati; 1-mufta; 2-yuklar; 3-korrektor prujinasi; 4-rostlagich richagi prujinasi; 5-boyitgich prujinasi; 6-YUBEN reykasi; 7-tortqi; 8-prujina; 9-korrektor shtoki; 10-shpilka; 11-tirsakli valni nominal aylanishlar chastotasini rostlaydigan bolt; 12-korrektor asosi; 13-oraliq richag; 14-asosiy richag; 15-boshqarish richagi; 16-tirsakli valning maksimal aylanishlar chastotasini rostlagich bolti Ishlab bo‘lgan gazlarni chiqarib yuborish tizimi quyidagi qismlardan iborat: chiqarish kollektori, turbokompresorni gaz turbina qismi (agar o‘rnatilgan bo‘lsa), chiqarish quvuri, so‘ndirgich va xavo tozalagichdan changni so‘rish ejektori. So‘ndirgichlarda shovqinni kamaytirish uchun ikki usul qo‘llaniladi: dissipativ va reaktiv. Dissipativ usuli shovqin energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish usuliga asoslangan. Bu jarayon gazlarni maxsus to‘siqlardan o‘tkazilishi natijasida uni oqimini maydalashtirib pulsatsiyasini kamaytiriladi. Reaktiv usulida ishlab bo‘lgan gazlar qashyor, turli xajmdagi akustik kameralardan o‘tib tezligi kamayadi va bu xisobiga shovqini so‘ndiriladi. KamAZ avtomobilida ishlab bo‘lgan gazlarni motor tormozida xam foydalaniladi. Avtomobilni dvigatel yordamida tormozlanganida chiqarish kollektoridagi to‘siq ishlab bo‘lgan gazlarni tashqi muxitga chiqarilishni to‘xtatadi, 16 bu tadbir silindr ichidagi xarakatlanayotgan porshenga qarshilik ko‘rsatadi. Bu xolat sodir bo‘layotganida dvigatelga yoqilg‘i uzatish avtomatik ravishda to‘xtatiladi. Qishloq xo‘jalikda ishlatiladigan avtomobillarda albatta uchqun so‘ndirgich o‘rnatiladi. Uchqun so‘ndirgich qizigan qurum zarrachalarni so‘ndirgichni to‘siqlari va devorchalarga o‘rilishi natijasida issiqlik energiyasi nisbatan sovuqroq devorchalarga o‘tkazilib so‘ndiriladi. Ishlab bo‘lgan gazlarni so‘ndirgichi turli prinsipda ishlashi mumkin. Kombinatsiyalangan so‘ndirgichlar keng tarqalgan bo‘lib ularda tirqishli faol so‘ndirish bilan birga rezonatorli kameralar xam qo‘llaniladi. Gazlar ular orqali o‘tishi natijasida tezligini yo‘otadi, bu o‘z navbatida shovqin bosim darajasini kamaytiradi. Ushbu turdagi so‘ndirgich teshikli xamda to‘siqli quvurdan va uni o‘rab turgan kengayish kameradan iborat. Ejektorga xavo tozalagichdan so‘riladigan quvurcha kiritib qo‘yilgan ejektorni yuqorisidagi uchiga sharnirli qopqoq o‘rnatilgan. Dizel ishlamaganida u yopilib tashqi muxitdan turli jismlarni kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling