Amaliy ish mavzu: Jizzax viloyatida ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladigan o’simlik turlari


Download 1.66 Mb.
bet3/3
Sana01.04.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1316512
1   2   3
Bog'liq
badiy bezash amaliy ish

Yong’oq
Shumtol
Oddiy shumtol (Fraxinus excelsior L.). Katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 25 m, diametri 1—1,5 m gacha, tik o!sadi, shox-shabbasi tuxumsimon, tanasining po‘stlog‘i kul rang, katta yoshida bo‘yiga yoriladi. Novdasi tuksiz, yashil-kul rang, kurtaklari yirik, qora. Barglarining bo‘yi 40 sm, toq patsimon, 3—6 juft ycnbargchaiari bor, qarama-qarshi joylashadi. Bargchalari bandsiz, oval shaklda, uchi o‘tkir, tuksiz, orqa tomoni tukli, cheti tishchali. Oddiy shumtol aprel—may oylarida gullaydi. Gullari ikki jinsli va ayrim jinsli, ba’zilariniki ikki uyli, mevasi sentabrda yetiladi va asta-sekin to‘kila boshlaydi, bir qismi kish bo‘yi daraxtda saqlanadi, bahorda barg yozish vaqtida hammasi to‘kilib ketadi. Urug‘idan ko'payadi, tez o‘sadi. Yorug‘sevar, havoning issiqligi va quruqligidan zararlanmaydi. Oddiy shumtol juda keng tarqalgan daraxt. U Rossiyaning Yevropa qismidagi o‘rmonzorlarda, Qrim va Kavkazda ko‘p uchraydi. Rossiyadan tashqari, Finlyandiya va Skandinaviya yarim orolinmg janubida, 0 ‘rta hamda G'arbiy Yevropvada, Shimoliy Italiyada, Bolqon yarim orolida va Kichik Osiyoda uchraydi. Yog‘ochi og‘ir, qattiq, oq, o'zagi tiniq qo‘ng‘ir rangda, egiluvchan bo‘lib, kam yoriladi va yaxshi pardozlanadi.
Tog‘terak (Populus densa Кош.) bo‘yi 15 (18) m, diametri 80 sm keladigan daraxt. Tanasi sershox, shox-shabbasi tuxumsimon. Po‘stlog‘i yashil, qo‘ng‘ir, oq, awal silliq, so‘ng bo'yiga yorilgan bo'ladi. Shoxi yumaloq, kul rang, yupqa po‘st tashlab turadi, tuksiz. Bargi tuxumsimon, bo‘yi 5—6 sm, eni 3—4 sm. Cheti tishchali, yuz tomoni yashil, orqa tomoni oqish rangda. Barg bandining uzunligi 12—14 mm, chiziqli yoki yumaloq, tukli. Novdalari kalta, qirrali, qo‘ng‘ir-sariq rangda, kalta tukli yoki tuksiz. Barg kurtaklarining bo‘yi 20—21 mm, butilkasimon, o'tkir uchli, yelimli, qo‘ng‘ir-yashil rangda, tuksiz.
Yog‘ochi oq, yumshoq, o'zagi sariq bo‘lib, o‘q ildizi sershox. Ildizining po‘stlog"i och jigar rangda, yog‘ochi och sariq. Yog'ochida 51 % selluloza bor. U tog‘lardagi toshli yerlarda o‘sadi. Bu terak G‘arbiy Tyan-Shanda, Pomir-Oloydagi tog‘ tizmalarining janubiy qiyaliklarida, Qizilsuv daryosining yuqori qismida uchraydi. U urug‘idan va qalamchadan ko‘payadi. Sekin o‘sadi, kasallik va hasharotlarga chidamli.
Terak

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling