Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)
Download 132.03 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Umumiy qoidalar.
9. Suv ta’minoti
6.9.1. Korxona barcha ishchilarni ichimlik suvi, ochiќћavoda ishlayotganlarni esa choy bilan ta’minlashi shart. Ochiq kon va yer osti suvlaridan xo‘jalik-ichimlik eћtiyojlari uchun foydalanishga sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan ћolda ruxsat etiladi. 6.9.2. Ochiq konga changni bostirish uchun suv uzatish ichimlik suvi bilan bogliќ bo‘lmagan quvur orqali amalga oshirilishi kerak. Nazorat qilinmaydigan manbalardan ichish maќsadida suv olish taqiqlanadi. 6.9.3. Suvning yuza manbalari bosimli suv qurilmalari, shuningdek quduqlar va suvni yigish qurilmalari ifloslanishdan ћimoyalangan va suvni ћisoblash asboblari va qurilmalari bilan jiћozlangan bo‘lishi kerak. Ichimlik suv ta’minoti manbalari uchun albatta sanitariya-ћimoya zonasi o‘rnatiladi. 6.9.4. Ichimlik suvi idishlari sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan ћolda yengil tozalanadigan i dezinfektsiyalanadigan materiallardan yasalishi kerak. Ular ќulfga yopilgan ќopќoќlar bilan ifloslanishdan ћimoya ќilinishi, ћaftada kamida 1 marta bu uchun maxsus tayinlangan xodimlar tomonidan yuvilishi va dezinfektsiya ќilinishi lozim. 6.9.5. Ichimlik suvini tayyorlash bo‘yicha idishlar va maћalliy ќurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar amaldagi sanitariya me’erlariga muvofiќ tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak. AMALIY MASHG`ULOT № 4.XUSUSIY IDORALARDA TOG`-KON VA QAYTA ISHLASH OBYEKTLARIDA FAVQULOTDA VAZIYATLARNI BARTARAF ETISH BO`YICHA ISHLAR OLIB BORISH. AVARIYALARNI BARTARAF ETISH REJALARINI TUZISH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA. 1. Umumiy qoidalar. 1.1. Avariyalarni bartaraf etish rejasihar qaysi foydalanilayotgan, rekonstruktsiya qilinayotgan yoki qurilayotgan shaxtalar, boshqa sanoat ob’ektlari, qurilayotgan yoki foydalanilayotgan yer osti kon qazilmalari uchun tuziladi. 1.2. Avariyalarni bartaraf etish rejasi har yarim yilda shaxta bosh muhandisi yoki avariya-qutqaruv ishlariga mas’ul rahbarlik qilish huquqiga ega boshqa mansabdor shaxs va Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi komandiri (vzvod komandirining profilaktika ishlari bo‘yicha yordamchisi) tomonidan ishlab chiqiladi, mazkur ob’ektga xizmat ko‘rsatuvchi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv bo‘linmasi yoki O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasining Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi Shtabi bilan kelishiladi va amalga kiritilishidan 15 sutka oldin avariya-qutqaruv ishlariga mas’ul rahbarlik qilish huquqiga ega yuqori texnik rahbar tomonidan tasdiqlanadi. 1.3. Avariyalarni bartaraf etish rejasi shaxtadagi haqiqiy holatga muvofiq ishlab chiqiladi. Rejada ko‘zda tutilgan odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun moddiy va texnik vositalar soz holatda va zarur miqdorda bo‘lishi, tadbirlarning bajarilishi uchun mas’ul shaxslar esa ulardan foydalanishni bilishlari kerak. Bu vositalarning sozligini va rejada ko‘zda tutilgan tadbirlarni bajarish imkoniyatini aniqlash uchun uni kelishishdan oldin quyidagilar tekshiriladi: a) shaxtaning o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlanganligi va ularning holati; b) ventilyatsiya qurilmalarining holati, shu jumladan asosiy ventilyatsiya qurilmalari reversiv qurilmalarining sozligi, rejada ko‘zda tutilgan ventilyatsiya rejimilarini bajarish imkoniyati; v) qazilmagohlardagi ventilyatsiya oqimlarining yong‘inning issiqlik depressiyasi ta’siriga barqarorligi, ventilyatsiya oqimlarining o‘z-o‘zidan og‘ishini oldini olish va barqaror shamollatish avariya rejimini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar; g) shaxta, gorizont va tozalash qazilmagohlarining zahira chiqish joylari bilan ta’minlanganligi, ularning odamlar harakatlanishi va respiratorli kon qutqaruvchilari o‘tishi uchun yaroqliligi; d) nasos stantsiyalari, suv o‘tkazmaydigan kashaklar va kon qazilmagohlarini suv bosishini oldini olish bo‘yicha avariyalarni bartaraf etish rejasida ko‘zda tutilgan boshqa vositalarning holati; e) gazlangan qazilmagohlarda harakatlanish vaqtining shaxta qabul qilingan o‘z-o‘zini qutqarish vositalarining himoya ta’siri muddatlariga muvofiqligi; j) kon ishchilarini qutqarish vositalarining mavjudligi, holati va joylashishi (o‘z-o‘zini qutqarish vositalari guruhda saqlanadigan joylar, zahira o‘z-o‘zini qutqarish vositalariga ulanish punktlari va h.); z) VGK a’zolari qurilmalari va VGK ko‘zda tutilgan shaxtalarda ularni joylashishi; i) avariya to‘g‘risida xabar berish vositalarining mavjudligi va holati; k) VMP to‘xtab qolganda boshi berk zaboylarning gazlanish vaqti; l) yong‘inga qarshi asosiy quvurdagi va uning havo quvuri bilan xalqalangandagi suv sarfi va bosimi. Yong‘in sodir bo‘lganda ventilyatsiya oqimining reverslanish zonasi, bexosdan suyuqlik yoki gaz otilib chiqishi, suvr (pulpa) yorib o‘tishi va kon zarblari xavfi bo‘lgan qazilma va zonalar aniqlanadi. Tekshiruv materiallari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi va avariyalarni bartaraf etish rejasi hujjatlariga ilova qilinadi. 1.4. Avariyalarni bartaraf etish rejasining to‘g‘ri ishlab chiqilishi uchun javobgarlik shaxta bosh muhandisi, intiluvchilar artelining texnik rahbari va ushbu reja kelishilgan Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi komandiriga yuklatiladi. Shaxtadagi odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etish uchun zarur moddiy va texnik vositalarning butligi va sozligi uchun javobgarlik shaxta (kon) boshlig‘i (direktori), intiluvchilar arteli raisiga yuklatiladi. 1.5. Yangi uchastka va qazilmagohlarni foydalanishga kiritish yoki ishlatib bo‘linganlarini bartaraf etilganda, ventilyatsiya va odamlar chiqish joylari sxemalari o‘zgartirilganda shaxta bosh muhandisi bir sutka ichida avariyalarni bartaraf etish rejasiga tegishli tuzatish va qo‘shimchalarni kiritishi va shaxtaga xizmat ko‘rsatadigan alohida kon-qutqaruv vzvodi komandiri bilan kelishishi kerak. Avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABR) ning qayta ko‘rib chiqilgan va o‘zgartirilgan qismlari, shuningdek avariyalar yoki instsenirovkalar (o‘quv trevogalari) paytida ishlatilganlari bir sutka ichida rejaning barcha nusxalarida yangilari bilan tiklanishi kerak. Ko‘rsatilgan muddatda tegishli o‘zgartirishlar kiritilmagan yoki ABR shaxtadagi haqiqiy holatga to‘g‘ri kelmagan hollarda vzvod komandiri qoidabuzarlikning katta-kichikligi va xususiyatiga qarab o‘zi bilan kelishilgan rejadan umuman shaxta bo‘yicha yoki uning ayrim qismlaridan imzosini qaytarib olish huquqiga ega. O‘zining imzosini qaytarib olganligi to‘g‘risida Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi komandiri tegishli choralar ko‘rishlari uchun shaxta, kon bosh muhandisi (intiluvchilar artelining texnik rahbari), shuningdek "Sanoatkontexnazorat" Davlat inspektsiyasining mahalliy organlari va HKQQ Shtabiga yozma ravishda bildiradi. 1.6. Avariyalarni bartaraf etish rejasida quyidagilar ko‘zda tutilishi kerak: a) shaxtada avariyada qolgan odamlarni qutqarish bo‘yicha tadbirlar; b) avariyalarni ular yuzaga kelgan dastlabki bosqichda bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar; v) avariya sodir bo‘lganda muhandis-texnik xodimlar va ishchilarning xatti-harakati; g) avariyalarning dastlabki bosqichida HKQQ va VGK ning xatti-harakatlari. 1.7. Avariyalarni bartaraf etish rejasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: a) belgilangan shakl (1-ilova) da tuzilgan operativ qism; b) avariyalarni bartaraf etishda ishtirok etadigan ayrim shaxslar o‘rtasida vazifalarni taqsimlanishi va ularning harakatlanish tartibi 2-shakl bo‘yicha (2-ilova); v) avariya to‘g‘risida zudlik bilan xabar yetkaziladigan mansabdor shaxslar va muassasalar ro‘yxati (3-ilova); Shaxta, kon yoki kombinatning telefon stantsiyalarida, qaysi stantsiya va aniq qaysi shaxslar chaqirilishiga qarab, ushbu ro‘yxatning nusxasi yoki undan olingan tegishli ko‘chirmalar bo‘lishi kerak. g) namunaviy qoidalar asosida ishlab chiqilgan avariya paytida shaxta (kon) xodimlarining o‘zini tutish qoidalari (4-ilova). 1.8. Avariyalarni bartaraf etish rejasidan foydalanish qulayligini ta’minlash uchun har bir qazilmagoh (qazilmagohlar guruhi, shaxta usti bino) ga avariya sodir bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan joylarga muayyan raqam beriladi va u ventilyatsiya sxemasi (kon qazilmagohlari rejasi) da belgilanadi.Pozitsiya yuzadan boshlab ventilyatsiya oqimining harakat yo‘nalishi bo‘ylab raqamlanadi.Agar shaxtada bir nechta havo yuboriladigan stvol mavjud bo‘lsa, pozitsiyani raqamlash shaxtaga eng ko‘p miqdorda havo yuboriladigan stvoldan boshlanadi. Bitta pozitsiyaga mansub qazilmagohlar ventilyatsiya sxemasida bir xil rangda bo‘yaladi. Avariyalarni bartaraf etish rejasining operativ qismida pozitsiyalar yoshiga qarab joylashtiriladi. Bunda har qaysi pozitsiyaning raqami operativ qism pozitsiyasi raqamiga to‘g‘ri kelishi kerak. Avariyalarni bartaraf etish rejasida uni ishlab chiqqan, kelishgan va tasdiqlagan shaxslarning imzolari, mundarijadan tashkil topgan titul varag‘i (6-ilova) va o‘zgartirishlarni kiritish varag‘i (7-ilova) bo‘lishi kerak. 1.9. Avariyalarni bartaraf etish rejasining operativ qismigaquyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak (9-ilova): a) «Ventilyatsiya rejalarini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma» talablariga muvofiq tuzilgan shaxta (kon) ventilyatsiyasi sxemasi. Ventilyatsiya sxemasida qo‘shimcha ravishda boshi berk zaboylarning chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan kontsentratsiyalargacha gazlanish vaqti, VKG punktlari ko‘rsatiladi; b) yong‘inga qarshi qurilmalar sxemasi (o‘t o‘chirish vositalari ko‘rsatilgan kon qazilmalari rejasi), avariya to‘g‘risida xabar berish vositalari sxemasi («Yer- 3m, odorizatsiya qurilmasi, telefon qurilmalari va h.), avariya paytida ishchilarni qutqarish vositalari (o‘z-o‘zini qutqarish vositalarini saqlash punktlari) sxemasi, shaxtaga suv havzalari, rezervuarlar va boshqa manbalardan suv berish printsipial sxemasi; v) shurflar, shtolnyalar va boshqa yuzaga chiqish joylari va ularga boriladigan yo‘llar, suv havzalari va sig‘imi ko‘rsatilgan rezervuarlar, nasoslar, diametrlari, bosimi va shaxta (kon) sanoat maydonchasiga beriladigan suv miqdori ko‘rsatilgan vodoprovodlar, gidrantlar, ventillar, o‘t o‘chirish gaykalari, yong‘inga qarshi materiallar va uskunalarning joylashishi ko‘rsatilgan shaxta (kon) yuzasining rejasi; g) shaxta (kon) ning elektr ta’minoti sxemasi; d) havo harakati yo‘nalishi, telefon o‘rnatilgan joylar va ularning raqamlari, dispetcher va bosh muhandisning telefon raqamlari, asosiy kon qazilmalarining uzunligi va qiyalik burchaklari ko‘rsatilgan kamida 10 nusxada shaxta (kon) qazilmagohlari mikrosxemasi (faqat HKQQ da saqlanadigan reja nusxasiga ilova qilinadi); e) tekshiruv dalolatnomalar. 1.10. Avariyalarni bartaraf etish rejasi tegishli ilovalari bilan birgalikda kon dispetcheri, bosh muhandis va sanoat ob’ekti (shaxta, kon, metro qazilmagohlari va h.) ga xizmat ko‘rsatadigan AHKQV komandirida bo‘lishi kerak. Uchastka boshliqlarida ularning uchastalariga taalluqli odamlarning shaxtadan chiqish yo‘llari va avariya paytida xodimlarning o‘zini tutish qoidalari ko‘rsatilgan ABR ko‘chirmalari bo‘lishi kerak. Kon dispetcheridagi avariyalarni bartaraf etish rejasi nusxasiga avariya paytida odamlarni shaxta tushirish uchun maxsus ruxsatnoma blanklari (10-ilova), operativ jurnali ilova qilinishi kerak. 1.11. Avariyalarni bartaraf etish rejasi shaxta (kon) texnik nazorat xodimlari tomonidan u amalga kiritilgunga qadar bosh muhandis rahbarligi ostida o‘rganiladi. Bunda muhandis-texnik xodimlar tomonidan avariyalarni bartaraf etishda ishtirok etadigan mansabdor shaxslarning vazifalari (2-ilova) o‘rganiladi. Ishchilar avariya sodir bo‘lganda o‘zini tutish qoidalari va zahira chiqish joylari bilan ishga kirayotganda va keyinchalik har yarim yilda avariyalarni bartaraf etish rejasi amalga kiritilgunga qadar, shuningdek uning ushbu uchastkaga taalluqli qismi o‘zgartirilganda uchastka boshlig‘i tomonidan tanishtiriladi. AHKQV ning shaxsiy tarkibi avariyalarni bartaraf etish rejasini xizmatga chiqish grafigida ko‘zda tutilgan kunlarda vzvod komandiri rahbarligi ostida o‘rganishadi. Avariya sodir bo‘lganda o‘zini tutish qoidalari va zahira chiqish joylari bilan tanishgandan keyin ishchilar buni «Ishchilarni zahira chiqish joylari bilan tanishtirishni qayd etish jurnali» va «Ishchilarga xavfsiz ish usullari bo‘yicha instruktaj berishni qayd etish jurnali» ga imzo qo‘yib tasdiqlashadi. 1.12. Avariyalarni bartaraf etish ishlarining mas’ul rahbari shaxta (kon) bosh muhandisi, u yetib kelgunga qadar esa kon dispetcheri hisoblanadi. Ayrim hollarda, dispetcherlik xizmati tashkil etilgunga qadar, kechki va tungi paytlarda avariyalarni bartaraf etish ishlari mas’ul rahbarlarining vazifalari shaxta (kon) bosh muhandisi yetib kelgunga qadar umuman shaxta bo‘yicha kon ishlariga rahbarlik qiluvchi va mas’ul rahbar yetib kelgunga qadar avariyani bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish huquqiga ega muhandis-texnik xodimlardan tayinlangan navbatchilarga yuklatilishi mumkin. Artellarda avariyalarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar uchastka texnik rahbari hisoblanadi; qazib olish chuqurligi 60 m gacha va ishlab chiqarish quvvati yiliga 30 ming tn kon massasi bo‘lgan shaxtalarda avariyani bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar vazifalari uchastka boshlig‘iga, u komanda punktiga yetib kelgunga qadar esa uning o‘rinbosarlaridan biriga yuklatilishi mumkin. Agar kon bitta ventilyatsiya tizimiga kiruvchi bir nechta shaxtadan tashkil topgan bo‘lsa, avariyani bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar kon (kon boshqarmasi) bosh muhandisi hisoblanadi. 1.13. Kunduzgi paytda dispetcherlik xizmati bo‘lmaganda bosh muhandis kondan tashqarida bo‘lganda mas’ul rahbar vazifalari uning o‘rnida qolgan shaxsga yuklatilishi, bu tegishli farmoyish bilan rasmiylashtirilishi kerak. Kon dispetcheri kon-texnik ma’lumotiga ega bo‘lishi, shaxtani bilishi va yer ostida ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. 1.14. Ushbu smenada avariyani bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbarlik yuklatilgan shaxslar yer osti ishlari uchastkalari bilan tegishli aloqa va signalizatsiya bilan jihozlangan komanda punktida turishlari kerak. 1.15. Buyruq yoki farmoyish bilan avariyani bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish yuklatilgan barcha muhandis-texnik xodimlar «Ruda, noruda va sochma holdagi konlarni yer osti usuli yordamida qazib olishda xavfsizlik qoidalari» va «HKQQ ning kon-qutqaruv ishlarini tashqil etish va olib borish bo‘yicha nizomi» bo‘yicha imtihon topshirishlari kerak. Download 132.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling