Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)


Qabul qilinadigan avariyaviy ventilyatsiya rejimi


Download 132.03 Kb.
bet23/37
Sana18.10.2023
Hajmi132.03 Kb.
#1708392
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
2. Qabul qilinadigan avariyaviy ventilyatsiya rejimi.Odatda, odamlarning gazlanmagan qazilmagohlardan olib chiqilishini ta’minlashi va barqaror bo‘lishi kerak. Ventilyatsiya tizimini tanlashda quyidagilar ko‘zda tutilishi lozim:
a) gaz yoki chang portlaganda, bexosdan otilib chiqqanda avariyagacha mavjud bo‘lgan ventilyatsiya oqimi yo‘nalishi saqlanadi, avariya uchastkalariga havo yuborilishini ko‘paytirish usullari ko‘zda tutiladi;
b) toza havo o‘tadigan shaxta usti binolar, stvollar, stvololdi maydonlarda yong‘in chiqqanda ventilyatsiya oqimini reverslash ko‘zda tutiladi.
Havo yuboriladigan oqimli boshqa asosiy qazilmagohlarga reverslash zonasini kengaytirish masalasi konkret kon-texnik sharoitlarni hisobga olgan holda reja ishlab chiqilayotganda hal qilinishi kerak;
v) havo oqimi chiqariladigan stvollarda ventilyator kanalidan yuqorida, bu stvollarning shaxtausti binolarida (so‘rish orqali shamollatish rejimida) yong‘in chiqqanda avariyaviy stvolning asosiy shamollatish tizimi ventilyatorining normal ishlashi ta’minlanishi, ventilyatori bexosdan to‘xtab qolganda avariyaviy stvol bo‘ylab chiqadigan oqimning barqarorligini ta’minlash maqsadida shaxta asosiy shamollatish tizimining boshqa ventilyatorlari (agar ular bo‘lsa) reverslanishi kerak;
g) ventilyator binolari va kanallarida yong‘in chiqqanda (so‘rish orqali shamollatish rejimida) shaxtaning noavariyaviy ventilyatorlari (agar ular bo‘lsa) reverslanishi, shundan keyin ventilyator to‘xtatilishi, ventilyator kanali shiber bilan bekitilishi, shaxta usti binodagi shlyuz eshiklar ochilishi kerak; bosim ostida shamollatish rejimida avariyaviy ventilyator to‘xtatiladi, qolgan ventilyatorlar esa normal rejimda ishlaydi;
d) havo chiqadigan shamollatish rejimli qiya qazilmalar uchun ventilyatsiya oqimining issiqlik depressiyasi ta’sirida og‘ishini oldini olish maqsadida parallel qazilmalar va ularning o‘rtasidagi sboykalarda qarshilikni oshirish choralari ko‘zda tutilishi lozim; barqaror havo chiqadigan shamollatish rejimini yaratish imkoniyati bo‘lmaganda ventilyatsiya oqimini mahalliy yoki umumshaxta reverslash ko‘zda tutilishi kerak;
e) havo kiradigan shamollatish rejimli qiya qazilmagohlar uchun parallel qazilmagohlarda ventilyatsiya rejimi buzilishini, havo chiqishi yo‘nalishining o‘zgarishini va yonish mahsulotlarining toza oqimga qo‘shilishini oldini olish maqsadida yuzaga kelgan issiqlik depressiyasi bosimining ta’sir darajasini kamaytirish choralari (yong‘in o‘chog‘igacha eshiklarni bekitish va h.) ko‘zda tutilishi lozim;
j) gazli boshi berk zaboyda yong‘in chiqqanda unda normal shamollatish rejimi saqlanishi lozim;
z) boshqa qazilmagohlarda yong‘in chiqqanda asosiy shamollatish tizimi ventilyatorlarining normal ish rejimi saqlanishi lozim.
Avariyaning turi va u sodir bo‘lgan joy, avariya uchastkasida gaz ajralishi va h. larga qarab havo sarfini kamaytirish yoki ko‘paytirish, ventilyatorlarni to‘xtatish, ventilyatsiya oqimini yong‘in gazlari bilan qisqartirish, ventilyatsiya oqimini mahalliy reverslash ko‘zda tutilishi mumkin.

Download 132.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling