5. Avariyalarni boshlang‘ich bosqichida bartaraf etish choralari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) yong‘in sodir bo‘lgan joyga suv yuborilishini ta’minlash (nasoslarni qo‘shish, parallel quvurlarni uzish va h.);
b) statsionar o‘t o‘chirish qurilmalaridan foydalanish;
v) o‘t o‘chirish poezdini ishlatish joyiga yetkazish;
g) quvurlar staviga ega mavjud nasoslardan, pulpa, suv bexosdan yorib o‘tganda asosiy suvni chiqarish qurilmalarini suv bosishidan himoyalovchi to‘siqlardan foydalanish va h.
6. Avariyani rivojlanishini oldini olish bo‘yicha choralar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) kon qazilmagohlaridagi yong‘in lyadalari va eshiklarni bekitish;
b) yong‘in rivojlanishi ehtimoli bo‘lgan yo‘llarda suv pardalari, suv purkagichlarni qo‘shish;
v) shaxtadagi yuk ortish va tashish transport vositalarini avariya sodir bo‘lgan joyga ko‘pik va kukun yordamida o‘t o‘chirish texnikasini yetkazish uchun tayyorlash;
g) PM omborlarida yong‘in sodir bo‘lganda ulardan portlatish vositalari va portlovchi materiallarni olib chiqish;
d) vertikal va qiya ko‘tarish qurilmalarining arqonlari kuyganda idishlarning tushib ketishini oldini olish;
e) qazilimagohlarning o‘pirilishi, yong‘inni o‘chirish uchun ishlatiladigan suv bosishi natijasida shamollatish tizimining buzilishini oldini olish va h.
7. Kon-qutqaruv xizmati (HKQQ, VGK) va o‘t o‘chirish qismlarining harakatini tashkil etish:
a) odamlarni qutqarish va avariyani bartaraf etish uchun shaxtaga birinchi bo‘lib yetib kelgan HKQQ bo‘linmalari yuboriladi. Ushbu bo‘linmalarga topshiriq berayotganda HKQQ komandiri «HKQQ ning kon-qutqaruv ishlarini tashqil etish va olib borish bo‘yicha nizomi» ga rioya qiladi;
b) avariyani bartaraf etish uchun (shaxtausti bino va inshootlar, yuzaga chiqadigan qazilmalarga) o‘t o‘chirish qismlari yuboriladi;
v) HKQQ dan uzoqda joylashgan shaxtalarda uylarida bo‘lgan VGK a’zolariga xabar berish va ularni yig‘ish, yetib kelgan VGK a’zolaridan brigadalar tuzish amalga oshiriladi hamda ularga odamlarni qutqarish va avariyani bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar beriladi va h.
2.4. Rejaning operativ qismi pozitsiyalarida har qaysi tadbirni bajarilishi uchun mas’ul muhandis-texnik xodimlar va bajaruvchilar tayinlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |