Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)


Grafik materiallar va ilova qilinadigan dalolatnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha asosiy ko‘rsatmalar


Download 132.03 Kb.
bet26/37
Sana18.10.2023
Hajmi132.03 Kb.
#1708392
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
3. Grafik materiallar va ilova qilinadigan dalolatnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha asosiy ko‘rsatmalar.
3.1. Ventilyatsiya sxemasi, aksionometrik sxemalar va gorizontlar bo‘yicha ventilyatsiya rejalari «Ventilyatsiya rejalarini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma» talablariga muvofiq tuziladi.
Ushbu sxemalarda avariyalarni bartaraf etish rejasining operativ qismiga to‘g‘ri keladigan pozitsiyalar ko‘rsatilishi kerak. Normal shamollatish rejimli pozitsiya raqami qora rang bilan doira shakl ichida, reversiv shamollatish rejimli pozitsiya raqami esa uchburchak shakl ichida ko‘rsatiladi.
Bitta pozitsiyaga kiritilgan barcha qazilma va inshootlar ularning raqamini ko‘rsatuvchi doiracha yoki uchburchaklar bilan birgalikda bitta rangda bo‘yaladi.
Agar bitta qazilmagohda turli xildagi (yong‘in, o‘pirilish, suyuq kon jinslarining yorib kirishi va h) bir nechta avariya ko‘zda tutilsa, turli pozitsiya raqamlari ko‘rsatilgan barcha doiracha yoki uchburchaklar ushbu qazilma bo‘yalgan rangga bo‘yaladi.
Ventilyatsiya sxemasini bo‘yashda bir xil rangda takrorlanishi mumkin. Tutash (bir-biriga tegib turadigan) pozitsiyalar kontrast ranglar bilan bo‘yalishi kerak.
3.2. Shaxta yuzasining rejasi, shtampning joylashishi, shartli belgilar aksionometrik sxema yoki ventilyatsiya rejasidagi kabi.
Shaxta yuzasining rejasi 1:2000 masshtabda bajariladi. Asosiy, ventilyatsiya stvollari, shurflar, shtolnyalar va yordamchi stvollarga olib boruvchi barcha yo‘llar rejada qizil chiziqlar bilan belgilanadi.
3.3. Avariyalarni bartaraf etish rejasiga ilova qilinadigan shaxtaning elektr ta’minoti sxemasi ikki qismdan tashkil topadi: yuqori voltli podstantsiya yacheykalari va 1000 V (6 kVt) dan yuqori kuchlanishli kabel tarmog‘i ko‘rsatilgan sxemalar va 1000V (0,4 kVt) gacha kuchlanishli podstantsiya yacheykalari, kabel tarmog‘i va har qaysi gorizontdagi elektr qurilmalari, shu jumladan transformator podstantsiyalari ko‘rsatilgan sxemalar.
Shaxtaning elektr ta’minoti sxemasida elementlar yuzadagi podstantsiyalar fideridan yer osti qazilmagohlarigacha, ulardan elektr energiyasi iste’molchilarigacha butun elektr zanjirini kuzatish imkoniyatini ko‘zda tutgan holda joylashtirilishi kerak.
Shundan kelib chiqqan holda, elektr ta’minoti sxemasida elementlar quyidagi tartibda joylashtirilishi kerak:
a) varaqning yuqori qismida yer osti qazilmalari va iste’molchilarga elektr energiyasi uzatiladigan yuzadagi podstantsiyalarning nomi ko‘rsatiladi;
b) tarmoqlarning chiqish joylari shaxta (shtolnya) stvolining kabel bo‘linmasini ramziy tarzda tasvirlovchi to‘g‘ri vertikal (gorizontal) chiziqlar yordamida ko‘rsatiladi;
v) har qaysi gorizont podstantsiyalari to‘g‘ri burchakli bloklar ko‘rinishida tasvirlanadi, ularning yacheykalarida tarmoqlarning kirish joylari, o‘lchov asboblarini elektr bilan ta’minlash uchun elektr uskunalari va mos ravishda 6 kV va 0,4 kVkuchlanishli iste’molchilar ko‘rsatiladi. Podstantsiyani ifodalovchi har qaysi blok yacheykali sektsiyalardan tashkil topadi. Yacheykalarning soni podstantsiya fiderlari soniga to‘g‘ri keladi. Sektsiyaning har bir yacheykasida quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi: yacheykaning turi, fiderning nomi, iste’molchilar joylashgan joylar, moyli viklyuchatellar va saqlovchi apparatlarning turlari, eruvchan qurilmalarning nominal toklari va yacheykaning raqami;
Agar past volt (0,4kV) li yacheykalarning ta’minoti bir xil nomdagi yuqori voltli fiderlardan amalga oshirilsa, kirish yacheykalarida ularni ta’minlovchi fiderlarning raqamlari ko‘rsatiladi;
g) podstantsiyani tasvirlovchi to‘g‘ri burchak ustida nomi va gorizontda joylashgan joyi ko‘rsatiladi. Podstantsiyani asosiy taqsimlovchi punkt (ATP) dan ajratish uchun ularni har xil rangga bo‘yash mumkin;
d) podstantsiyalarning asosiy yerga ulagichlari barcha ta’minlovchi kabellarni kesib o‘tadigan va yerga ulangan punktir punkt ko‘rinishida tasvirlanadi. Konturning yerga ulanishini ko‘rsatuvchi shartli belgi ostida yerga ulagichlarning gorizontdagi o‘rnatilgan joylari ko‘rsatiladi;
e) vertikal bo‘yicha turli gorizontlarning podstantsiyalari shtrix chiziqlar bilan ajratiladi, ularning ustida gorizont nomi ko‘rsatiladi;
j) shaxtaning butun kabel tarmog‘i sxemada ta’minot manbalarini podstantsiyalar bilan birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziqlar bilan tasvirlanadi. Chiziqlar bo‘ylab kabelning turi, kesimi va uzunligi, eng chekka uchastkalar uchun esa liniya shikastlanganda yuzaga keladigan qisqa tutashuv toki kattaligi ko‘rsatiladi.
Keng tarmoqlangan kon qazilmagohlari va ko‘p miqdorda elektr uskunalariga ega shaxtalarda elektr ta’minoti sxemasi bir nechta standart varaqlarda tuzilishi mumkin. Bunda oldingi varaq oxirida uzilib qolgan elektr kabel liniyalari keyingi varaqning boshida bir xil tamg‘alanadi.
Varaqning pastki o‘ng burchagida korxona shtampi joylashtiriladi. Shtampning chap tomonida sxema tuzilgan sana, uni to‘ldirish uchun mas’ul shaxsning familiyasi va lavozimi ko‘rsatilgan jadval joylashtiriladi. Har qaysi varaqdagi shtampning yuqorisida sxemani tasdiqlovchi shaxsning imzosi va tasdiqlangan sana uchun joy qoldiriladi.
3.4. Mansabdor shaxslarning vazifalari shaxtadagi mavjud shtatlar strukturasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ularning vazifalariga avariyalarni bartaraf etishda talab etiladigan barcha ishlar hajmi kirishi kerak.
Avariyalarni bartaraf etish rejasiga mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilmagan 2-ilova nusxasini ilova qilish ta’qiqlanadi.
3.5. Ventilyatsiya qurilmalari reversiv qurilmalarining ishlashini tekshirish dalolatnomasida reversiv qurilmalarning ishlashini va ventilyatsiya oqimining reverslanishini tekshirgan mansabdor shaxslar ko‘rsatilgan titul varaq, shaxtaning normal va reversiv shamollatish rejimlarida ventilyatsiya tizimining aerodinamik parametrlari tavsifi, asosiy ventilyatsiya qurilmalari va reversiv qurilmalarning ishlashi hamda normal ventilyatsiya rejimidan avariyaviy rejimga va, aksincha, avariyaviy rejimdan normal rejimga o‘tkazish uchun ketadigan vaqt bo‘lishi kerak.
Ventilyatsiya oqimining reverslanishi avariyalarni bartaraf etish rejasida ko‘zda tutilgan barcha avariyaviy rejimlar bo‘yicha tekshirilishi kerak. Ushbu tekshiruv asosida reversiv ventilyatsiya rejimlari sxemalari ishlab chiqilishi, ular tegishli xizmatlarda saqlanishi va avariyalarni bartaraf etish rejasining pozitsiyalarini tuzishda ishlatilishi kerak.
3.6. Yong‘inga qarshi vositalar va uskunalarning sozligini tekshirish dalolatnomasi shaxta boshlig‘i, ChVX boshlig‘i, shaxta mexanigi va ushbu shaxtaga xizmat ko‘rsatadigan HKQQ komandiri kiritilgan komissiya tomonidan tuzilishi kerak. Dalolatnomada yong‘indan himoyalash loyihasiga muvofiq quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: yuza va yer osti yong‘inga qarshi material omborxonalarining tegishli uskuna va materiallar bilan ta’minlanganligi: shaxtausti bino va inshootlar, stvololdi maydonlar, elektr mashina va boshqa kameralar va kon qazilmalarining tegishli o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlanganligi; xalqa suv sepgichlar, stvol, shtolnya va kameralarning og‘izlari yaqinidagi yong‘inga qarshi lyadalar va eshiklarning holati; barcha gorizontlarning asosiy va chekka nuqtalaridagi suvning bosimi va sarfi ko‘rsatilgan holda yuzadagi (shaxtausti bino va inshootlar yaqinida) va shaxtadagi yong‘inga qarshi (yong‘inga qarshi-suv sepish) quvurlarining holati, nasoslar va suv havzalarining sozligi.
Yong‘inga qarshi eshiklar, lyadalar, suv sepgichlar, nasoslar, qayta ulash qurilmalari amaliyotda tekshirilishi kerak.
3.7. Tozalash zaboylari, uchastkalar va shaxtadan chiqish joylarining holatini, ularning odamlar chiqishi va respiratorlardagi kon qutqaruvchilari o‘tishi uchun yaroqliligini tekshirish dalolatnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: kirish joylarining holatini tekshirishda ishtirok etgan komissiya tarkibi, komissiya a’zolarining mansabi va familiyasi; tozalash zaboylari, uchastkalar va shaxtadan chiqish joylarining ro‘yxati; kamchiliklar va buzilishlar aniqlangan zahira chiqish joylarining nomi, bunday buzilishlarning xususiyati va ularni bartaraf etish uchun belgilangan muddat.
Buzilish va kamchiliklar avariyalarni bartaraf etish rejasi amalga kiritilgunga qadar bartaraf etilishi va bu haqida sanani ko‘rsatgan holda tegishli qaydlar bajarilishi kerak.
Tozalash zaboylari, uchastkalar va shaxtadan chiqish joylarining holatini tekshirish dalolatnomasi shaxta bosh muhandisi, HKQQ komandiri va tegishli uchastka boshlig‘i tomonidan imzolanishi kerak.
3.8. O‘z-o‘zini qutqarish vositalarida eng murakkab va uzun marshrutlar bo‘ylab odamlarning chiqishi uchun ketadigan vaqt amaliyotda aniqlanishi kerak. Odamlarning o‘z-o‘zini qutqarish vositalarida harakatlanish vaqtini amalda aniqlash natijalari maxsus dalolatnomada qayd etilishi va bunda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: tekshiruv o‘tkazilgan sana, odamlar olib chiqilgan qazilmalarning nomlari, vertikal, qiya va gorizontal kon qazilmalarining uzunligi, ushbu marshrut bo‘ylab o‘tgan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi va egallab turgan lavozimi (kasbi), ularning yoshi, ular marshrut bo‘ylab haraktlanish uchun sarflagan vaqt.
Izoh: O‘z-o‘zini qutqarish vositalaridagi odamlarning chiqish paytida ularni mexanik yetkazish piyoda harakatlanish sharoitlaridan kelib chiqqan holda hisobga olinishi kerak.
O‘z-o‘zini qutqarish vositalaridagi odamlarning alohida zaboylardan chiqish vaqtini tekshirish dalolatnomasi shaxta bosh muhandisi, uchastka boshlig‘i va HKQQ xodimlari tomonidan imzolanishi kerak.
3.9. Avariyalarni bartaraf etish rejasi uni tasdiqlashdan oldin shaxta (kon) yoki qurilayotgan yoki yer osti kon qazilmasidan foydalanayotgan boshqa sanoat ob’ekti bosh muhandisi huzurida texnik kengashda ko‘rib chiqilishi kerak.
Komanda punktida 6-grafaning qirqib olinadigan qismi mikrosxema bilan birga kechiktirmasdan HKQQ ga topshiriladi.
HKQQ ga beriladigan topshiriqlarga yoki HKQQ bo‘linmalarining harakatlanish marshrutiga o‘zgarishlar vaziyat o‘zgarishi aniq bo‘lgandan keyin kiritiladi.
Bo‘linmaga topshiriq berilayotganda harakatlanish marshruti mikrosxemaga ko‘rsatiladi.






Download 132.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling