Amaliy mashg`ulot № karyer ishchi hodimlari tarkibini o`rganish ularga qo`yiladigan talablar. Karyer hodimlarini o`qitish va instruksiya turlari. (4Soat)
Elektr ta’minoti tizimining ish rejimi
Download 132.03 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Xabar berish va odamlarni olib chiqish choralari.
3. Elektr ta’minoti tizimining ish rejimi:
a) portlash yuz berganda shaxtaga elektr energiyasi berilishi to‘xtatilishi kerak; b) reversiv shamollatish tizimida shaxtaga elektr energiyasi berilishi to‘xtatilishi kerak. Odamlarning shaxtadan tez va xavfsiz chiqib ketishlarini ta’minlash uchun shaxtaga yoki uning alohida qazilmagohlariga elektr energiyasi berilishi ruxsat etiladi. Bunday hollarda elektr energiyasi odamlar to‘liq olib chiqilgandan keyin uzib qo‘yiladi; v) yong‘in, bexosdan otilish sodir bo‘lgan uchastkalarga va ulardan chiqayotgan oqimning harakat yo‘lidagi uchastkalarga elektr energiyasi berilishi to‘xtatiladi; g) havo oqimi chiqadigan shaxtausti binolar (shurflar, shtolnyalar) va boshqa shaxtausti inshootlarda, alohida havo oqimi bilan shamollatiladigan kameralar (elektrvoz deposi, PM ombori va h.) da yong‘in chiqqanda ushbu ob’ektlarga elektr energiyasi berish to‘xtatiladi; d) chiqadigan oqimli qazilmalarda yong‘in chiqqanda faqat ushbu qazilmagohlarga beriladigan elektr energiyasi to‘xtatiladi; e)gaz xavfi bo‘lgan boshi berk qazilmada yong‘in chiqqanda avariyaviy qazilmagohga elektr energiyasi berish to‘xtatiladi, lekin uning ventilyatsiyasini ta’minlovchi mahalliy shamollatish tizimi ventilyatoriga elektr energiyasi berish saqlanadi; j) agar kon qalilmalarida pnevmatik energiyadan foydalanilsa, portlash, bexosdan otilishlar, o‘pirilish sodir bo‘lganda, shuningdek gaz xavfi bo‘lgan boshi berk qazilmagohlarda yong‘in chiqqanda shaxtaga siqilgan havo berilishi ta’minlanishi kerak; z) boshqa barcha holatlarda elektr ta’minoti rejimi avariyalarni bartaraf etish ishlarining mas’ul rahbari tomonidan OVGSV komandirlari bilan birgalikda belgilanadi. 4. Xabar berish va odamlarni olib chiqish choralari. Bunday choralarni rejalashtirishda quyidagilarga rioya qilinishi lozim: a) shaxtada ishlovchi barcha shaxslar sodir bo‘lgan avariya to‘g‘risida xabardor etilishi kerak. Ishchilarga avariya to‘g‘risida xabar berish tizimi shaxtadagi barcha mavjud xabar berish vositalari - «Yer - 3m», yorug‘lik, tovush va hidli signalizatsiya, telefon aloqasi va h. larni ko‘zda tutishi kerak. Avariya signalizatsiyasi va boshqa avariya to‘g‘risida xabar berish tizimlarining sozligi HKQQ bilan kelishilgan muddatlarda, lekin kamida bir haftada bir marta tekshirilishi, tekshiruv natijalari qayd etildishi kerak. Agar avariya signali sifatida elektr tarmog‘idan tok bilan ta’minlanadigan shaxta yoritish tizimidan foydalanilsa, chiroqning har 10-20 sekundda takrorlanadigan ko‘p marotaba (kamida besh marta) o‘chirib-yoqilishini avariya signali deb qabul qilinishi kerak. Shaxtalarda avariya signalizatsiyasi avariya signalining butun shaxta bo‘yicha bitta nuqtadan berish imkoniyatini hisobga olgan holda qurilishi kerak (dispetcherlik punkti bo‘lganda avariya signali faqat dispetcher tomonidan berilishi kerak). Birinchi navbatda avariya va xavf paydo bo‘lgan uchastkalardagi odamlarga xabar beriladi; b) gaz yoki chang portlaganda, asosiy shamollatish tizimi ventilyatorlari reverslanganda, shuningdek yuzaga faqat ikkita chiqish joyi bo‘lgan shaxtalarda yong‘in chiqqanda barcha odamlarni shaxtadan chiqarish ko‘zda tutilishi kerak; v) yuzaga ikkitadan ortiq chiqish joyi bo‘lgan shaxtalarda yong‘in chiqqanda, agar normal shamollatish rejimi saqlansa, xavf yuzaga kelgan uchastkalardan yonish mahsulotlari kirishi mumkin bo‘lgan barcha qazilmagoh va uchastkalardan odamlarni olib chiqish ko‘zda tutilishi kerak. Izoh: Agar avariya natijasida uchastka gazlanishi mumkin bo‘lsa yoki undan chiqish joylari bo‘lmasa, u xavf yuzaga kelgan uchastka hisoblanadi. g) ma\alliy ahamiyatdagi avariyalarda odamlar faqat avariyaviy va xavf yuzaga kelgan uchastkalardan olib chiqiladi; d) avariyaviy uchastka (shaxta) dan odamlarni evakuatsiya qilishni tezlashtirish uchun odamlarni ish joylariga yetkazish uchun qo‘llaniladigan barcha turdagi ko‘tarish transportidan foydalanish mumkin. Ushbu transportdan HKQQ bo‘linmalarining avariya joyiga harakatlanishlari uchun ham foydalaniladi; e) asosiy chiqish joylari (masalan, klet stvoli) gazlanganda odamlarni chiqarish hamda HKQQ bo‘linmalari va VGK a’zolarini tushirish uchun zahira chiqish joylarini tayyorlash tartibi ko‘rsatiladi; j) avariyaviy uchastkalardan odamlar yuzaga yoki toza havo oqimli qazilmagohga qisqa vaqt ichida va xavfsiz chiqish mumkin bo‘lgan qazilmalardan olib chiqilishi kerak. Yong‘in o‘chog‘igacha joylashgan kon qazilmagohlaridan odamlar toza havoga qarama-qarshi yuzaga chiqish joyiga olib chiqilishi kerak. Yong‘in o‘chog‘idan keyin joylashgan kon qazilmagohlaridan odamlar o‘z-o‘zini qutqarish vositalari yordamida eng qisqa yo‘l orqali toza havoli qazilmaga, undan keyin yuzaga olib chiqilishi kerak. Izoh: «Yong‘in o‘chog‘igacha» va «yong‘in o‘chog‘idan keyin» atamalari avariyalarni bartaraf etish rejasining ushbu pozitsiyasida ko‘zda tutilgan avariyaviy ventilyatsiya tizimida ventilyatsiya oqimining yo‘nalishi yo‘li bo‘yicha hisoblanishi kerak. Avariya sodir bo‘lgan uchastkalardan gazlangan qazilmagohlar orqali chiqayotgan odamlarning harakatlanish yo‘llarini aniqlashda ushbu qazilmalarning holati va uzunligi, odamlarning ular orqali chiqish vaqti va o‘z-o‘zini qutqarish vositalarining himoya ta’siri muddati ko‘zda tutilishi lozim. O‘z-o‘zini qutqarish vositalarining ta’siri muddati mobaynida toza havo oqimiga chiqish imkoniyati bo‘lmagan odamlarni zaharli gazlardan himoyalovchi vaqtinchalik choralar sifatida yangi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish vositalariga o‘tiladigan maxsus kameralardan foydalanish mumkin. O‘z-o‘zini qutqarish vositalaridagi odamlarni eng murakkab va uzun marshrutlar bo‘ylab olib chiqish uchun ketadigan vaqt avariyalarni bartaraf etish rejasini kelishishdan oldin bir guruh odamlarni o‘quv-mashq o‘z-o‘zini qutqarish vositalarida ushbu marshrutlar orqali olib chiqish yo‘li bilan amaliyotda aniqlanadi; z) odamlarni olib chiqish yo‘llari har bir ish joyi va har bir avariya holati uchun avariyalarni bartaraf etish rejasining operativ qismida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunda avariyaviy uchastkadagi odamlarning toza havoli qazilmalarga chiqish yo‘llari batafsil ko‘rsatilishi, shundan keyin faqat odamlar olib chiqiladigan oxirgi punkt ko‘rsatilishi kerak. Avariyaga uchramagan va avariya xavfi bo‘lmagan uchastkalardagn odamlarni olib chiqish yo‘llari batafsil ko‘rsatilishi shart emas. Avariyalarni bartaraf etish rejasining operativ qismidagi «Odamlarning chiqish yo‘llari» grafasida birinchi navbatda avariyaviy uchastkalardan, keyin esa avariya xavfi bo‘lgan va bo‘lmagan uchastkalardan odamlarning chiqish yo‘llari ko‘rsatiladi. Boshi berk zaboylar (tozalash, burg‘ilash gorizontlari va h.) da, shuningdek tayyorlov qazilmagohlarida ishlaydigan odamlarning yong‘in sodir bo‘lganda xavfsizligini ta’minlash uchun, konkret sharoitlarni hisobga olgan holda, avariyalarni bartaraf etish rejasining operativ qismida yong‘inning boshlang‘ich davrida kon ishchilarining nima qilishlari hamda yong‘inni o‘chirish va xavfsiz joyga chiqish imkoniyati bo‘lmaganda o‘z-o‘zini qutqarish usullari (siqilgan havodan foydalanish, to‘siq qurish va h.) ko‘zda tutilishi kerak. Shu maqsadlarda ushbu qazilmalarda doim zarur materiallar bo‘lishi kerak. Kompressor stantsiyasi ishini to‘xtatish (ayniqsa avariya uchastkasiga havo yuborishni to‘xtatish) ga shaxta (avariya sodir bo‘lgan uchastka) dan barcha odamlar olib chiqilgandan keyingina ruxsat etiladi. Avariyalarni bartaraf etish rejasining operativ qismida quyidagi mazmunda yozuvlar bo‘lishi tavsiya etiladi: «Butun shaxta bo‘ylab yoki faqat avariya sodir bo‘lgan uchastkaga (konkret qaysi avariya uchastkasisiga ko‘rsatilsin) siqilgan havo yuborish uchun kompressor stantsiyasining uzluksiz ishlashi ta’minlansin». Download 132.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling