Amaliy mashg’ulot №1 Eritib qoplash uchun qoplamali elektrodlarni turini va rusumini tanlash Qisqacha nazariy ma’lumot
Download 260.15 Kb.
|
Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg’ulot №12 Vallarni eritib qoplash parametrlarini hisoblash
Nazorat savollari
1. Payvandlash simlari qanday belgilanadi? 2. Elektrod o‘zaklari uchun qanday ashyolar qo‘llaniladi? 3. Po‘latlarning belgilarida A harfi nima uchun va qayerda ishlatiladi? 4. Mis aralashmali qotishmalar qanday belgilanadi? Amaliy mashg’ulot №12 Vallarni eritib qoplash parametrlarini hisoblash Dvigatel bilan ish organlari vallari orasiga, shuningdek mashinaning ish organlari orasiga umuman o‘zatmalar deb ataladigan ishga tushirish va to‘xtatish, tezlikni hamda harakat yo‘nalishinn o‘zgartirish mexanizmlari o‘rnatiladi. Aylanma harakat o‘zatmalaridan mexanizm va mashinalarda keng foydalaniladi. Ular aylanish chastotasi va yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi, o‘zluksiz va bir tekis harakatni ta’minlaydi. Mashina va mexanizmlarda aylanma harakat egiluvchan (tasmali, zanjirli) o‘zatmalar hamda bikr (friksion, tishli) o‘zatmalar yordamida uzatiladi. Tasmali va friksion o‘zatmalarda ishqalanish kuchidan, tishli hamda zanjirli o‘zatmalarda esa o‘zatma elementlarining bevosita tishlashidan foydalaniladi. Har bir o‘zatmada harakat o‘zatuvchi yetakchi zveno va mazkur mexanizmning harakatini unga bog‘langan boshqa mexanizmga o‘zatuvchi-yetaklanuvchi zvenolar bo‘ladi. O‘zatish nisbati yoki o‘zatish soni aylanma harakat o‘zatmalarining eng muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Vallardan birining burchak tezligi, aylanish chastotasi (bir minutdagi aylanishlar soni) va diametrlarining shu val bilan birga aylanadigan bopqa valning xuddi shunday kattaliklariga nisbati o‘zatish nisbati ataladi va i harfi bilan belgilanadi. Yetakchi val aylanish chastotasining yetaklanuvchi valning- aylanish chastotasiga nisbati u z a t i щ soni deb ataladi, u harakatning necha marta tezlashishi yoki sekinlashishini ko‘rsatadi. Yetakchi zvenolar hamda ularning parametrlarini toq raqamlar (1, 3, 5 va hhokazo), yetaklanuvchi zvenolarni esa juft rakamlar (2, 4, 6 va hhokazo) bilan belgilash qabul qilingan. Masalan, D1, va D2 tishli g‘ildiraklar, yuldo‘zchalar va hhokazolar yetakchi hamda yetaklanuvchi shkivlarining diametrlarn; z1 va z2— yetakchi hamda yetaklanuvchi tishli g‘ildiraklar, yuldo‘zchalar tishlarining soni; p1 va p2 — aylanish chastotasi (aylanishlar soni); ω1 va ω2 - burchak tezliklar. Aylanish chastotasi (bir minutdagi aylanishlar soni) va aylanishning burchak tezligi bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun ular orqali ifodalangan o‘zatish nisbati quyidagiga teng bo‘ladi: (1) Tishli g‘ildiraklar boshlang‘ich aylanalarining diametrlarn DD va tishlarining soni z orkali ifodalangan o‘zatish nisbatlari mos ravishda teng: (2) Masalan, g‘ildiraklar aylanish chastotasining (aylanishlar sonining) va diametrlarining o‘zatish nisbatlari teng emas hamda son jihatidan teskari hisoblanadi: (3) Buyumning o‘lchamlarini o‘zgartirish yoki unga maxsus xossalar (qattiqlik, korroziyaga qarshi chidamlilik, yiyilishga chidamlilik va x. k.) berish uchun uning sirtida metall qatlamini eritish jarayoni eritib qoplash deb ataladi. Flyus ostida eritib qoplash rejimi asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: payvandlash toki, yoydagi kuchlanish, payvandlash tezligi, payvandlash simini uzatish tezligi, elektrod chiqishi. 1. Payvandlash toki kuchini quyidagi formula bilan aniqlanadi: IPAY = (80 - 100)h1 Download 260.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling