Amaliy mashg’ulоt № 1
Ishning nomi: Ovoz, grafik kodlash. Matnli axborotlarni kodlash. Kompyuter
va mobil qurilmalar operasion tizimlari. Xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va
utilitalar. Qurilmalarni sistema blokiga ulash. Sistema bloki va ona platalar
komponentlarini o’rganish. Antivirus dasturiy vositalari bilan ishlash.
Shikastlangan fayllar va disklarni tiklash
Ishning maqsadi: Talabalargaovoz, grafik kodlashumumiy tavsifini o’rgatish.
Kompyuter va
mobil qurilmalar operasion tizimlari. Xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitalari haqida amaliy
ma’lumotlar berish. SHKning asosiy qurilmalari
va keng tarqalgan turlari, protsessor va
mikroprotsessor turlari, xotira turlari, adapter va disk yurituvchilar qurilmalar, BIOS ning vazifasi,
monitor va uning videoadapterlari (MDA, CGA, EGA, VGA, SVGA), ishlash
rejimlari, turlari,
klaviatura va uning turlari, klaviatura tugmalarining guruhlari va vazifalari, sichqoncha va uning
ishlash tamoyili, turlarini o’rganish.
Ishning metodik ta‘minoti: O’quv-uslubiy adabiyotlar,mashg’lot ihlanmasi, kompyuter
sinfi
Ish haqida nazariy ma’lumotlar
Axborotni abstrakt tushunchalar qatoriga, masalan matematik
formulalar qatoriga quyilsh
mumkin, lekin u har doim moddiy-quvvat shaklida fizik asosga ega bo’lgan holda namoyon
bo’ladi va shuning uchun ham uni o’lchash mumkin. Uzunlik, massa, vaqt,
tok va boshqalarni
o’lchash uchun asboblar va o’lchash usullari o’ylab topilgan.
Turli xildagi hodisa va ashyolarning vaqt va fazodagi holati fizik kattaliklar bilan
aniqlanadi. Fizik kattaliklar turli qiymatlar qabul qilishi mumkin. Ma‘lum
bir tuplamda cheksiz
ko’p miqdordagi bir-biriga juda yaqin turli qiymatlar qabul qila oladigan kattaliklar
uzluksiz