Amaliy mashg’ulоt №1 Ishning nomi: Ovoz, grafik kodlash. Matnli axborotlarni kodlash. Kompyuter


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana02.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1243330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliy 1

ShK qotib qolishi. Agar ShK tez-tez qotib qoladigan bo’lsa, unda bu holatning asosiy 
sababi quyidagilar: kompyuterning qizib ketishi, sifatsiz quvvat manbai, bir yoki bir necha 
komponentlarining notekis ishlashi, dasturiy ta’minotdagi (operatsion tizim, drayverlar
qo’shimchalarda) xato yuz bergan bo’lishi mumkin. 
Tizimning qaysi bir komponenti qizib ketayotganligini aniqlash uchun monitoring 
dasturlari biridan foydalanish kerak bo’ladi. Shundan keyin ShK eng ko’p qotib qoladigan 


sharoitlarni hosil qilish kerak. Monitoringni kuzatib borib, kompyuterda nima qizib 
ketayotganligini aniqlang va qo’shimcha sovitish manbai kiritish to’g’risida o’ylang. Agar 
hammasi joyida bo’lsa ham, muammo bartaraf etilmayotgan bo’lsa, quvvat manbai blokiga e’tibor 
qarating. Birinchi navbatda, quvvat manbai bloki bilan korpusni arzon narxda sotib olganlar 
shunday qilishlari kerak. Arzon bahoda sotib olgan bo’lsangiz, ishlab chiqaruvchilarning 
bloklarini ko’rasiz. Aytib o’tilgan «brendlarning» mahsulotlar sifati yaxshi emas. Bundan tashqari, 
uy sharoitlarida blokni test sinovlaridan o’tkazish metodikasini ham o’rganib qo’ygan ma’quldir. 
Moviy ekran muammosi. Monitor moviy ekrani ko’pincha bir yoki bir necha qurilmalar 
ishida nosozliklar bo’lganida hamda dasturiy ta’minotda muammolar bo’lganida paydo bo’ladi. 
Kompyuter qotib qolishidan BSOD’ning farqi ShK ishlamay qolganida moviy fonda oq rangli 
matn ko’rinishida ogohlantirishga ulguradi. Ba’zida ekranda umuman o’qib bo’lmaydigan 
«yozuvsimon shakllarni» ko’rish mumkin. Agar o’chib qolish sabablari to’g’risidagi axborotni 
o’qib ulgursangiz BSOD bergan axborot qaysi qurilmaga taalluqli ekanligini aniqlashga urinib 
ko’ring. Agar aniqlay olmasangiz, Internetdagi temirlar to’g’risidagi saytlar forumiga yordam 
bilan murojaat eting. 
Shundan keyin BSOD tomonidan shikoyat qilingan qurilmani almashtirish yoki test 
sinovidan o’tkazish bilan ayb qayerda ekanligini aniqlashga harakat qiling. Agar moviy ekran 
paydo bo’lib, tezda yo’q bo’lsa va ShK qayta yuklana boshlasa, operativ xotira va quvvat blokini 
tekshiring. Operativ xotirani boshqa kompyuterda tekshirib ko’rish mumkin. Ba’zida kontaktlarni 
oddiy qalam bilan tozalab keyin spirt bilan artish ham yordam beradi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling