Amaliy mashg’ulоt №1 Ishning nomi: Ovoz, grafik kodlash. Matnli axborotlarni kodlash. Kompyuter
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliy 1
kattaliklar deb, uzluksiz kattaliklar vositasida olinadigan axborotlar uzluksiz axborotlar deb
ataladi. Masalan: jism massasi, isitilgan yoki yortilganlik darajasi, vaqt va x.k. Ma‘lum bir to’plamda cheklangan miqdordagi turli xil, alohida-alohida qiymatlar qabul qila oladigan kattaliklar uzlukli (diskret) kattaliklar deb, uzlukli kattaliklar vositasida olinadigan axborotlar uzlukli axborotlar deb ataladi. Masalan: odamlar soni, olamdagi elektronlar soni, kitob varag’ini tartib raqami, uyning soni, masalaning soni qiymati va x.k. Aynan ana shu uzlukli kattaliklar orqali axborotni ifodalash usuli kompyuterlarda qo’llaniladi. Kundalik hayotimizda uzlukli axborotni biz so’zlar orqali o’zlashtirib kelamiz. So’zlar esa o’z navbatida harf va maxsus belgilardan tashkil topadi. Bu turdagi axborotlar matnli axborot deb ataladi. Misollar: 1) Koptok sakkizta qutidan birida joylashgan degan xabarda - axborot noaniqligi 8 ga teng. Axborot noaniqligini teng ikki martaga kamaytiradigan ma‘lumot, bu axborot o’lchov birligi bit deb ataladi. 2) Kitob javonining ikki qatoridan birida kitob joylashgan. Kitob birinchi qatorda deb aytsak, 1 bit axborot bergan bo'lamiz. Zamonaviy kompyuterlarda axborotni signallarning ketma-ketligi yordamida kodlashning ikki usuli ishlatiladi. Birinchi holatni 0 raqami bilan ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan. Bunday kodlash ikkilik kodlash deyiladi, 0 va 1 raqamlari esa bit (binary digit ya‘ni bit- ikkilik raqam) deb ataladi. Matnli axborotni ikkilik kodlashda har bir belgiga uning kodi- belgilangan miqdordagi 0 lar va 1 lar ketma-ketligi mos keladi. Kompyuterda bir belgiga bayt (byte) deb ataladigan 8 ta 0 va 1 dan tashkil topgan ketma-ketlik mos keladi. Bu turdagi ketma- ketliklar jami 2 = 256 ta bo’lib, turli belgilarni kodlash imkonini beradi. Demak, har qanday belgi bayt yoki 8 bit axborot hajmiga ega. Uzatish tezligi-1 sekundga uzatiladigan bitlar soni bilan o’lchanadi (masalan 19200 bit/sek.). Bir sekundda bajara oladigan amallar soni kompyuterning hisoblash tezligi deb ataladi (masalan 500000 amal/sek.). Ikkilik ma‘lumotlardagi axborot miqdorini o’lchash uchun bit va baytlardan tashqari, quyildagi birliklardan ham foydalaniladi. 1 kbayt (bir kilobayt) = 2^10 = 1024 bayt (1 ming bit) 1 mbayt (bir megabayt) = 2^20 = 1048576 bayt 1 gbayt (bir gegobayt) = 2^30 = 1 mlrd. bayt 1 tbayt ( bir terabayt) = 2^40 = 1 tlrd. bayt Yuqorida aytganimizdek ikkilik kodlashdagi 0 va 1 raqamlarini kompyuterda ifodalash uchun turg’un holati ikkita bo’lgan elementdan foydalaniladi. Elementning turg’un holatlaridan biri 0 ni ifodalasa, ikkinchisi 1 ni ifodalaydi. Ikkita turg’un holati bor bo’lgan elementni texnik jixatdan yaratish, 8 ta yoki 10 ta turg’un holatli elementni yaratishga qaraganda osonroq. Demak, har qanday sonlar 0 va 1 ning termalaridan (kombinatsiya) iborat bo’ladi. Shuning uchun ham ikkilik sanoq sistemai kompyuterning arifmetik asosi deyiladi. Odatda axborotlar biz o’rgangan o’nlik sanoq sistemaida kompyuter xotirasiga kiritiladi. Kompyuterning dasturiy ta‘minoti ana shu kiritilgan ma‘lumotlarni, oraliq 8 lik sistemasi vositasida, ikkilik sanoq sistemasiga utkazadi. O’nlikdan sakkizlik sanoq sistemasiga o’tish gruppalash (triada) bilan amalga oshiriladi. Kundalik turmushda turli ko`rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to`gri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yigish, saqlash va g.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo`lgan axborot qurilmalari kerak bo`ladi. Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o`ta kuchli prosessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma bo`lib, uning asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma'lumot (signal)larni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan iborat. Xozirgi kunda ta'lim sohasida o`qitishni avtomatlashtirishga katta e'tibor berilmokda. Chunki zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O`qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga qo`yidagilarni kiritish mumkin: a) ta'lim tizimining barcha pogonalarida axborotlashtirishning etakchi bug`inligini ta'minlash; b) barcha sohalar bo`yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi; v) axborotlashtirish sohalarida me'yoriy bazalarni yaratish (koordinasiyalar, metodlar, ilmiy-metodik birlashmalar va x,.k.); g) texnik ta'minotni — kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari (fotoapparatdan mikroskopgacha), ularga xizmat ko`rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish; d) telekommunikasiya (xavo orqali, erning sun'iy yuldoshlari va boshqa aloka kanallari) tarmoqlari; e) ta'minot resurslari (dasturiy ta'minot, internetdagi axborotlar majmui, ma'lumotnomalar va x.k.). Kompyuter texnikasidan foydalanishda unda yuzaga keladigan ayrim nosozliklarni aniqlash metodikalari va ularni yo’qotish usullariga doimo katta e’tibor qaratiladi. Bu masalada shaxsiy kompyuter (ShK) nosozliklarini tashhis qilish va sozlash bo’yicha axborotlarni umumlashtirib, o’rganish katta ahamiyatga ega. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling