Amaliy mashg’ulоt №1 Ishning nomi: Ovoz, grafik kodlash. Matnli axborotlarni kodlash. Kompyuter


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana02.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1243330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliy 1

Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma`lumotlarni kompyutеrga kiritishga 
mo`ljallangan qurilmadir. Tugmachalar soni va joylashishi turli хil kompyutеrlarda har хil bo`lishi 
mumkin, lеkin ularning vazifasi o`zgarmaydi.
IBM PC SHK klaviaturalari 2 хilda ishlab chiqariladi. Kichik - 83 ta va katta -101 ta 
tugmachaga ega bo`lgan klaviaturalar. Katta klaviatura ishlashga juda qulay. Klaviatura harflar 
joylanishi bo`yicha ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bo`linadi. 
Kichik klaviatura 
Katta klaviatura 
Ba`zi hollarda kichik klaviatura - kichik razryadli klaviatura, katta klaviatura esa katta 
razryadli klaviatura dеb ham yuritiladi. SHKning imkoniyatiga qarab kichik klaviaturaning 83, 89 
tugmali variantlari rеspublikamizda kеng tarqalgan. Katta klaviaturalarning 101, 104, 107 tugmali 
standart variantlari bor. Katta klaviaturalarning multimеdiali variantlar ham bo`lib, ularda 108-
124 tagacha tugmachalar bor. 
Multimеdiali zamonaviy klaviaturalar 
Klaviaturaning asosiy yoki alfavit tugmalari 57 ta tugmadan iborat bo`lib, 37 tasi lotin 
harf va bеlgilar, 10 tasi raqam va 10 tasi maхsus tugmalar. Ko`p tugmalarda bir nеchta bеlgilar 
yozilgan. Har хil rangda yozilgan harflar, bеlgilar har хil til standartiga mosligidir. Til standartini 
o`zgartirish klaviaturalarda har хil (o`ng [Alt] + [Shift], ikkita [Shift], o`ng [Ctrl] + [Shift] 
tugmalarni birga bosish orqali) bo`ladi.
Maхsus tugmalar [Shift] - agar siz harflar tugmasini bossangiz u holda kichik harf kiritiladi, 
agar sizga katta harf kеrak bo`lsa u holda maхsus [Shift] tugmani bosib, qo`yvormasdan shu harf 
tugmasini bosishingiz kеrak (masalan, [Shift] + [a] bosilsa ekranda "A" hosil bo`ladi). Agar bitta 
rang bilan bir nеchta bеlgilar yozilgan bo`lsa, u holda ulardan pastkidagi asosiy, yuqoridagi passiv 
dеb nomlanadi. Tugmani bosilganda asosiy bеlgi kiritiladi. Agar sizga passiv bеlgi kеrak bo`lsa, 
u holda siz maхsus tugmani bosib, qo`yvormasdan bеlgi tugmasini bosishingiz kеrak (masalan, 
[Shift] + [1] bosilsa ekranda "!" hosil bo`ladi). [Ctrl] va [Alt] - shu tugmalarni bosib turib boshqa 
tugmani bosganimizda har хil amallar bajariladi. [Caps Lock] - bu tugma yordamida [Shift] bosilib 
turgan holatini (faqat harflar uchun) yoqamiz yoki o`chiramiz. [Tab] - kеyingi bo`limga yoki 


qismga o`tish. [Backspace] - oldin (chapda) joylashgan bitta bеlgini o`chirish uchun foydalaniladi. 
[Enter] - yangi satrga o`tish yoki ma`lumotlarni kiritish (ba`zi bir klaviaturalarda (Return) yoki 
(SR)). [Esc] - oхirgi harakatdan voz kеchish. 
FAYLLARNI ARXIVLASH Arxivlangan fayllar bilan ishlash Arxivlangan fayl-bu 
faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya'ni fayllarni bir joydan 
ikkinchi joyga ko`chirishda, nusxa olishda, saqlab qo`yishda, elektron pochta orqali axborot 
yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug`iladi. Avvalo arxivlash bilan bog`liq bo`lgan 
asosiy tushunchalarni kiritamiz, keyin arxivlash uchun ko`p qo`llaniladigan asosiy arxivatorlar 
(arxivlovchi programmalar) bilan tanishamiz. Fayllarni arxivlash - fayllarni ma'lum bir qoida 
asosida siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan 
chiqishi yoki faylning tasodifan o`chirilishi sodir bo`lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun 
yordam beruvchi vosita sifatida ham qo`llaniladi.
Arxivlash BACKUP paket programmasi orqali ham (Win95 muhitida) amalga oshiriladi. 
Bu programma haqidagi to`la ma'lumotlarni spravka bo`limidagi «fayllarni arxivlash» kalit so`zli 
komanda orqali olish mumkin. Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam 
qo`llaniladigan, eski xujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni 
saqlash uchun qo`llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo`lishi va unda har bir fayl 
alohida ko`rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko`p tomli deb ataladi. Shunday 
arxivlardan katta hajmli ma'lumotlarini qismlarga bo`lib disketalarga sig`adigan, qulay 
ko`rinishga keltirish uchun foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb 
ataladi. Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga 
qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to`liq fayllar 
strukturasi bo`yicha yoki papkalar bo`yicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda 
papkalar ko`p bo`lsa, ularni oldin bitta papkaga yig`ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta 
va Internet muhitida arxivlangan holdagi ma'lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi. 
Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba'zi hollarda arxivlash natijasida 
boshlang`ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, programma fayllariga nisbatan 
tekst va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi. Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir -biridan 
siqish darajasi, tezligi, foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo`yicha farq qiladi. 
Foydalanuvchi har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo`yicha farqlaydi. Siqish turi shu 
arxivning formati deyiladi. Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga 
ega bo`ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi ma'lumotlar 
saqlanadi: - fayl nomi; - fayl saqlanuvchi katalog haqida ma'lumot; - faylning oxirgi marta qayta 
ishlangan sanasi va vaqti; - faylning diskdagi va arxivdagi o`lchami; - arxivning to`liqligini 
tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning siklik tekshirish kodi. Arxiv fayllar ham oddiy fayllar 
kabi nomlanadi va maxsus kengaytirmaga ega bo`ladi. Masalan, PKZIP/PKUNZIP 
programmalaring fayllari .ZIP, ARJ programmasining fayllari .ARJ kengaytirmaga ega bo`ladi. 
Ko`p tomli fayllar uchun esa arxivning davomi A01, A02 va hakazo kengaytirmalar oladi. ZIP-
formatli arxiv imkoniyatliroq hisoblanadi. Bu turdagi arxivlar PKZIP arxivatori bilan yaratiladi. 
Arxivni ochish uchun PKUNZIP dan foydalaniladi (PKWARE-firmasi tomonidan yaratilgan). 
ZIP- formatli arxiv boshqa formatli arxivlardan arxivlash jarayonining tez amalga oshirilishi va 
yuqori darajada siqish imkonini berishi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda ko`p qo`llaniladigan 
arxivatorlardan yana biri ARJ hisoblanadi (R.Yangom tomonidan yaratilgan). Bu arxivator 
arxivlash uchun ham, arxivdan chiqarish uchun ham hizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ZIP va
 
Sinov savollari 
1. SHKning asosiy qurilmalarini sanab bering.
2. AHM va RHM ning farqini tishuntiring
3. Prosessorning asosiy vazifasi nima ?
4. Xotira turlari va vazifalarini sanang.
5. Adapterlar deganda nimani tushunasiz ?
6. BIOS nima?


7. Monitor qanday rejimlarda ishlaydi ?
8. Katta razryadli klaviaturaning standart nechta turi bor ?
9. Klaviatura tugmalarini necha guruhga bo`linadi va qaysilar ?
10. Sichqonchaning qanday turlarini bilasiz ? 
 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling