Amaliy mashg‘ulot 1-Mavzu: Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish


Probikadan Petri likopchasiga ekishda qo‘yidagi ishlar amalga oshiriladi


Download 2.19 Mb.
bet2/31
Sana04.11.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1745100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Amaliy mashg

Probikadan Petri likopchasiga ekishda qo‘yidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Petri likopchasining ustiga mum qalam yordamida talabaning ismi, guruhining raqam soni, sana yoziladi.
2. Yuqorida aytilganday, probirkadan ilmoq bilan kultura solinadi.
3. Bo‘sh qo‘l bilan Petri likopchasining qopqog‘i ochiladi, lekin stolga qo‘yilmaydi va likopcha ustida ushlab turiladi.
4. Petri likopchasidagi oziqli muhitga ilmoqdagi kultura "shtrix" usulida ekiladi. Bunda agarni o‘ymasdan extiyot qilib ekish lozim.



6-rasm
5. Petri likopchasi yopiladi.
6. Ilmoq flambirlanadi va joyiga qo‘yiladi. Ekmalar 280С da keyingi darsgacha o‘stiriladi.
Aseptika usullari antiseptika turlari haqida.
O‘tgan asrning o‘rtalarida eng yengil operatsiyadan keyin ham yaralar o‘rni yiringlab, operatsiya qilingan bemorlarning 80%i haѐtdan ko‘z yumgan. Jarrohlar infeksiya to‘g‘risida hech narsa bilishmagan, ularni o‘zlarining harakatlari, qilgan ishlari bilan ko‘pincha yarani zararlantirishgan va natijada bu holat o‘limga olib kelgan.
Aseptika bir necha turlarga bo‘linadi.
1. Qaynatish.
2. Yuqori bosim ostida bo‘g‘ yordamida sterilizatsiyalash.
3. Yuqori temperaturada quruq sterilizatsiya qilish.
4. Kimyoviy sterilizatsiya qilish.
5. Yondirish orqali sterilizatsiya qilish.


Qaynatish usuli bilan shpritslar, jarohat kengaytirgichlar, pensitlar sterilizatsiya qilinadi.
Bo‘g‘ yordamida esa holatlar, oqliklar, choyshablar va niqoblar sterilizatsiya qilinadi.
Kimyoviy usul bilan esa o‘tkir tig‘li asboblar (qaychilar, ignalar) rezinka qo‘lqoplar, tikish uchun ishlatiladigan iplar sterilizatsiya qilinadi.
Paqirlar hamda tog‘oralar yondirish orqali sterilizatsiya qilinadi.
Quruq issiqlik bilan yuqori temperaturaga chidamli yonmaydigan issiqqa bardoshli jismlarni shishalarni, metall yoki farforni sterilizatsiya qilish mumkin.

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling