Amaliy mashg‘ulot 1-Mavzu: Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish


Download 2.19 Mb.
bet8/31
Sana04.11.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1745100
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
Amaliy mashg

Metodik kо‘rsatmalar
Mikroskopdan tо‘g‘ri foydalanish uchun, avvalo mikroskopni tо‘g‘ri о‘rnatish, kо‘rish maydoni va preparatdagi yorug‘lik еtarli darajada bо‘lishi kerak. Sо‘ng mikroskop ostida preparatni turli obyektiv yordamida kо‘rish mumkin. Yorug‘lik tabiiy (kunduzgi) yoki sun’iy bо‘lishi mumkin. Buning uchun turli maxsus yorug‘lik manbalaridan (masalan, yoritkich OI-7 dan) foydalaniladi.
Hozirgi mikroskoplarda yorug‘lik manbasi mavjud. Preparatni immersion obyektiv bilan mikroskopda kо‘rganda ma’lum tartibda ishni ketma-ket olib borishga qat’iy rioya qilish kerak:
1) tayyorlangan va bо‘yalgan surtmaga immersion moyidan kichkina tomchi tomiziladi va preparat buyum stoliga qо‘yiladi (qisqich bilan qistirib qо‘yish shart emas);
2) revolver immersion obyektivdagi 100 belgiga qadar buraladi;
3) asta-sekin mikroskop tubusi immersion moyga tekkuncha tushiriladi;
4) mikrometr vinti yordamida preparatning oxirgi fokusi aniqlanadn.
Obyektiv preparatga tegmasligi kerak, chunki u preparatni yoki frontal linzani sindirishi mumkin (immersion obyektivning preparat bilan bо‘yalgan oralig‘i 0,1—1 mm bо‘lishi kerak).
Ish tamom bо‘lgach, immersion obyektivdagi moyni maxsus material bilan yaxshilab artish va revolverni kichik, quruq 8-obyektivga aylantirib qо‘yish shart.


Nazorat uchun savollar:
1. Mikrobiologik laboratoriya tarkibini aytib bering?
2. Mikrobiologik laboratorida ishlash qoidalarini sanab bering?
3. Laboratoriya ishi olib borilayotgan stolda bо‘lishi kerak bо‘lgan vositalarni sanang?
4. Laboratoriya jarayonida navbatchining vazifalari nimalardan iborat?
5.Mikrоskоpning kаshf etilishi hаqidа nimаlаrni bilаsiz?
6. Mikrоskоp turlаrini sаnаb bering vа оddiy vа mаktаb mikrоskоpi vа biоlаm mikrоskоp tuzilishlаridа gifаrklаrni sаnаng?
7. Biоlаm mikrоskоpining tuzilishini tushuntirib bering?
8. Kоndensоrning vаzifаsi nimаdаnibоrаt?
9. Mikrоskоpning оptik qismi qаndаy tuzilgаn vа uning ishlаsh mexаnizmi tо‘g‘risidа tushuntiring?
10. Quruq vа immersiоn оbъekt qаndаy tаyyorlаnаdi?

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling