Amaliy mashg’ulot 1 Mavzu: Integral mikrosxemalarini parametrlarini hisoblash


Integral mikrosxemalarning tarmoqlanish koeffitsienti


Download 322.73 Kb.
bet5/8
Sana09.02.2023
Hajmi322.73 Kb.
#1180253
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot sirtqi 4-kurs Elektronika (3)

Integral mikrosxemalarning tarmoqlanish koeffitsienti
Tarmoqlanish koeffitsienti (Kraz,N) yoki yuklama qobiliyati – bu mikrosxemaning alohida chiqish yo‘liga ulanishi mumkin bo‘lgan maksimal kirish sonlari yo‘llaridir.
Bunda kirish toklarining yig‘indisi mikrosxemaning alohida chiqish yo‘li tokidan kichik bo‘lishi kerak.
Agar mikrosxema bir nechta chiqish yo‘liga ega bo‘lsa, unda barcha chiqish yo‘llaridagi tok yig‘indisi ushbu mikrosxemaning pasportida belgilangan qiymatdan oshmasligi kerak.



N- ni aniqlash uchun j-chiqish yo‘lida mantiqiy 0 va 1 uchun kirish yo‘llarining alohida ikkita yig‘indisi aniqlanadi.


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR

  1. Integral mikrosxema iborasiga ta’rif bering.

  2. Yarim o‘tkazgichli va gibritli mikrosxemalar farqi?

  3. Analogli va rakamli signallar bilan ishlaydigan qurilmalarga misollar keltiring.

  4. Integratsiya darajasi bo‘yicha mikrosxemalarni sanab o‘ting.

  5. Integral mikrosxemalar qanday belgilanadi.

  6. Integral mikrosxemaning quyidagi KM 155 IM 3 belgilanishi nimani anglatadi?

  7. Integral mikrosxemalarning uzatish xarakteristikasini ifodalovchi grafikni tushuntiring.

  8. Integral mikrosxemaning uzatish xarakteristikasida keltirilgan belgilashlarni izohlang.

  9. Ayrim mikrosxemalarni taqqoslash natijasida qanday farqlarni sezdingiz.

  10. Integral mikrosxemalarning tarmoqlanish koeffitsientini tushuntiring.


Amaliy mashg’ulot 2
Triggerlarning parametrlarini hisoblash
EHMlarning sonli elementlari deb, mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi, axborotlarni xotirasida saqlovchi va signallarni kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi qurilmalarga aytiladi.
Sonli avtomatlarda funksiya qiymati o‘zgaruvchilarning joriy taktdagi qiymatiga bog‘liq bo‘lmay, balki oldingi taktdagi qiymatlariga ham bog‘liqdir.
Demak, sonli avtomatlar bir va undan ortiq taktdagi signallarni o‘zida saqlashi kerak. EHMlarda bu vazifalarni asosan triggerlar bajaradi.
Trigger - ikkita teng kuchli, alternativ turg‘un holatga ega bo‘lgan (0 yoki 1) va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilmadir.
Boshlang‘ich signallar ta’sirida trigger bir turg‘un holatdan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo‘liga ega: birinchisi to‘g‘ri chiqish yo‘li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo‘li teskari chiqish yo‘li deyiladi va bilan belgilanadi.
Triggerning kirish yo‘llarining soni uning bajariladigan funksiyasiga bog‘liq. Axborotlarni yozish bo‘yicha triggerlar 2 ga bo‘linadi:

Asinxron triggerlarda axborotning o‘zgarishi uchun istalgan paytda kirish signallarining berilishi bilan o‘zgaradi.


Sinxron triggerlarning chiqish yo‘lida signallarning o‘zgarishi uchun uning kirish yo‘liga qo‘shimcha sinxrosignal (boshkarish signali) berish kerak. Aks holda bunday triggerlarda axborotlarni yozib bo‘lmaydi.
EHM qurilmalarida turli funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan triggerlar qo‘llaniladi. Lekin barcha sxemalarning asosini asinxron RS trigger tashkil etadi.




    1. Download 322.73 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling