Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari


Download 1.56 Mb.
bet12/39
Sana11.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1089458
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot

Mavzu yuzasidan misollar ishlash:
1-misol. Biror modda tarkibida ikkita element bor: biri azot, ikkinchisi kislorod. Azotdan 30,43%, kisloroddan 69,57%. Bu modda bug‘ining vodorodga nisbatan zichligi 46 ga teng. Uning haqiqiy formulasini toping.
Yechish: 1. Modda formulasini NxOy shaklida yozamiz.
2. Elementlarning massa qismlarini atom massalariga bo‘lib, elementlarning atom sonlari orasidagi nisbatni topamiz:

Ko‘ramizki modda molekulasi tarkibida azot va kislorod atom sonlari orasidagi nisbat 1:2 ga teng. Binobarin moddaning eng oddiy formulasi NO2. endi, haqiqiy formulani topish uchun avval nisbiy molekulyar massani hisoblab chiqaramiz:
Bu qiymat moddaning nisbiy molekulyar massasi 92 ekanligini ko‘rsatadi. NO2 dan topilgan Mr=46; binobarin, bu sonni ikkiga ko‘paytirish kerak. Demak moddaning molekulyar massasi: Mr=2•46=92. Uning formulasi N2O4.
2-misol. 0,68 g murakkab modda yonganda 1,28 g sulfit angidrid va 0,36 g suv hosil bo‘ldi. Shu moddaning oddiy formulasini toping.
Yechish: Murakkab modda yonganda suv va sulfit angidrid hosil bo‘lganligi uchun, uning tarkibini asosan vodorod va oltingugurt tashkil etadi. Bundan tashqari uning tarkibiga kislorod ham kirgan bo‘lishi mumkin, kislorod hisoblash orqali aniqlanadi. 1) Sulfit angidrid hamda suv massalaridan foydalanib, ular tarkibidagi oltingugurt va vodorod massalarini topamiz;
64 g SO2 da 32 g S bor b) 18 g H2O da 2 g H2 bor
1,28 g SO2 da X1 g S bor 0,36 g H2O da X2 g H2 bor

2) Modda tarkibida kislorod borligini tekshiramiz:
m (modda)=m(H)+m(C) 0,68=0,64+0,04
Demak, yondirilgan modda faqat oltingugurt bilan vodoroddan iborat. Agar bu miqdor masala shartidagi miqdordan kam chiqsa, uning tarkibida kislorod ham bo‘lar edi.
3) endi masalani yuqoridagi usul bilan echamiz.

Murakkab moddaning formulasi H2S ekan.
3–masala. Tarkibida 63,22% - Mn, 36,78% - O bo’lgan moddaning eng oddiy formulasini toping.
Yechish:
Mn : O ­­
Demak: MnO2
4–masala. Tarkibida 36,84% - N, 63,16% - O bo’lgan moddaning eng oddiy formulasini toping.
Yechish:
N : O ­­
Demak: N2O3
5–masala. Tarkibida 90,66% - Pb, 9.34% - O bo’lgan moddaning eng oddiy formulasini toping.
Yechish:
Pb : O ­­
Demak: Pb3O4
6–masala. Tarkibida 35,63% - P, 64,37% - S bo’lgan moddaning eng oddiy formulasini toping.
Yechish:
P : S ­­
Demak: P4S7
7–masala. Tarkibida 83,33% - C, 16,67% - H bo’lgan moddaning eng oddiy formulasini toping.
Yechish:
C : H ­­
Demak: C5H12
8–masala. Tarkibida 28% - Fe, 24% - S, 48% - O bo’lgan moddaning eng oddiy formulasini toping.


Yechish:
Fe : S : O ­­
Demak: Fe2S3O12 yoki Fe2(SO4)3

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling