Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari


Miqdorga asoslanib formula topish


Download 1.56 Mb.
bet14/39
Sana11.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1089458
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot

Miqdorga asoslanib formula topish.
1. 2,8543 g marganes oksid alyuminotermiya usuli bilan qaytarilganda, 1,806•1022 ta alyuminiy oksid hosil bo’ldi. Qaytarilgan oksid formulasini toping.
Yechimi:

Shunday reaksiya sodir bo’lgan. Bunda reaksiya natijasida ajralib chiqqan alyuminiy oksidi tarkibidagi kislorod massasi, boshlang’ich marganes oksidi tarkibidagi kislorod massasiga teng. Chunki Mn o’rnini Al olgani uchun O massasi o’zgarmaydi. Bu moddalar massasining saqlanish qonuni asosida tushintiriladi.
Al2O3 6,02*1023 dona tarkibida ------------------ 48 g O bor.
1,806*1022 ---------------------------------- x=1,44 g O bor.
Demak, 2,8543 g marganes oksidi tarkibida 1,44 g O bo’lsa, 2.8543g−1.44 g =1.4143 g Mn bo’lgan. Bu birikmaning fo’rmulasini topamiz.

Mis va oltindan iborat 80 g qotishmadagi misning massa ulushi 65% bo’lsa, unga necha gramm oltin qo’shilganda Cu3Au tarkibli birikma birikma olinadi?

Yechimi: Cu ning massasini topamiz. 80•0.65=52 g Cu, Au esa, 80-52=28 g.Bu qoptishmaga qancha miqdorda Au qo’shsak, Cu3Au tarkibli qotishmaga aylanadi.

Au to’g’ri kelar ekan. Bundan boshang’ich qotishmadagi qismni ayirsak, keyiongi qo’shiladigan qism kelib chiqadi. 53.35-28=25.35 g Au qo’shish kerak. Mis va oltindan iborat 80 g qotishmasiga 25,35 gramm oltin qo’shilganda Cu3Au tarkibli birikma olinadi, boshlang’ich qotishmadagi Cu va Au ning massa ulushini aniqlang?
Yechimi:
X=28 g Au Qolgani 80-28=52 g Cu bor ekan.
Karrali nisbatlar qonunini.
J.Dalton 1804-yilda karrali nisbatlar qonunini kashf qildi. Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir elementning bir xil massasiga to'g'ri keluvchi boshqa element massalari o'zaro kichik butun sonlar nisbatida bo'ladi. Bu qonuni quyidagi misollar orqali tushuntiramiz.
1. SO2 va SO3 birikmalari tarkibida bir xil massali oltingugurtga turli massali kislorod to’g’ri keladi. 32g S ga birinchi birikmada 32 g kislorod, ikkinchi birikmada esa 48 g kislorod to’g’ri keladi. Bu ikki birikma tarkibidagi kislorodlar nisbati 32:48 bo’lsa, sonlarni qisqartirsak 1:1.5 nisbatda bo’ladi.
2. Quyidagi birikmalarda bir xil massadagi azotga kislorod massalarining nisbati qanday o’zgaradi? N2O, NO, N2O3, NO2, N2O5, N2O birikmada 28g azotga 16g kislorod to’g’ri keladi. NO birikmada 14g azotga 16g kislorod, N2O3 birkmada 28g azotga 48g kislorod, NO2 birikmada 14g azotga 32g kilorod, N2O5 birikmada 28g azotga 8Og kislorod to’g’ri kelsa, 14g massadagi azotga qanchadan kislorod to’g’ri kelishini hisoblab topamiz.
1-birikmada 14g azotga 8g kislorod, 2-birikmada 14g azotga 16g kislorod,
3-birikmada 14g azotga 24g kislorod, 4-birikmada 14g azotga 32g kislorod,
5-birkmada 14g azotga 40g kislorod to’g’ri keladi.
Kislorodlar nisbatini topsak, 8:16:24:32:40 bo’lsa, sonlarni qisqartirsak 1:2:3:4:5 nisbatda bo’ladi. Quyidagi jadva orqali ifodalash mumkin.

Modda

% tarkibi

Og’irlik nisbati

N

O

N

O




N2O

63,7

36,3

1

0,57

1

NO

46,7

53,3

1

1,14

2

N2O3

36,9

63,1

1

1,71

3

NO2

30,5

69,5

1

2,28

4

N2O5

25,9

74,5

1

2,80

5



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling