Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari


Elementlarning ekvivalentini topish


Download 1.56 Mb.
bet17/39
Sana11.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1089458
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot

Elementlarning ekvivalentini topish: elementning nisbiy atom massasini shu elementning valentligiga nisbati orqali topammiz.


E-elmentning ekvivalenti.
Ar-elmentning nisbiy atom masasi.
V-elmetning valentligi.
Masalan:
1. Al ning ekvivalentini aniqlang?
ga teng.
2. Mustaqil ravishda Cu(II), Fe(III), C(II,IV), P(III), Hg, Au, Ag, Zn larning ekvivalentini aniqlang?
Oksidlarning ekvivakentini topish: Buning uchun oksidning malekulyar massasini oksid hosil qilgan elemet soni va valentligi (indeksidagi son) ko’paytmasining nisbatidan topamiz.

E-oksidning ekvivakenti.
Mr-oksidning molekulyar massasi.
V-oksid hosil qilgan elementning valentligi.
n-oksid hosil qilgan element soni.
Masala:
1. Al2O3 ning ekvivalentini aniqlang?
Birnchi navbatda Al2O3 ning malekulyar massasini topaniz.
Mr(Al2O3)=2Ar(Al) + 3Ar(O)=2·27 + 3·16 = 54+48=102 gr/mol ga teng.
ga teng.
2. Mustaqil ishlash uchun: CuO, CrO3, Cl2O7, P4O10, Na2O larning ekvivalentini aniqlang? Asoslarning ekvivalentini topish: Buning uchun asosning malekulyar massasini asos tarkibidagi - OH lar soniga nisbati orqali topamiz.

E-asosning ekvivalenti. M-asosning molekulyar massasi. n-OH lar soni.
Masala:
1. Al(OH)3 ning ekvivalentini aniqlang?
Mr(Al(OH)3)=Ar(Al) +3Ar(O) +3Ar(H)=27 + 3·16 + 3·1 = 78 gr/mol
ga teng.
Agarda asoslarning reaksiya paytidagi ekvivalentini aniqlash kerak bo’lsa, asosning reaksiya paytida nechta gidroksil gruppasini almashgan bo’lishiga qaraladi.
2. Mustaqil ishlash uchun: Cr(OH)3, Ca(OH)2, Fe(OH)3, Pb(OH)4 larning ekvivalentini aniqlang? Kislotalarning ekvivalentini topish: Buning uchun kislotaning molekulyar massasini kislota tarkibidagi vodorod atomlari soniga nisbati orqali topamiz.

Ekislota-kislotaning ekvivakenti. Mkislota- kislotaning malekulyar massasi. nH-kislota tarkibidagi vodortodlarning soni.
Masala:
1. H2SO4 ning ekvivalentini aniqlang?
Mr (H2SO4)=98 gr/mol

Agarda kislotaning reaksiya paytidagi ekvivalentini aniqlash kerak bo’lsa, kislota reaksiya paytida nechta vodorod atomi almashgan bo’lishiga qaraladi.
Masalan:
H3PO4 + NaOH → NaH2PO4 + H2O
Bu reaksiyada H3PO4 tarkibidagi 3 ta vodorod atomining 1 tasi metall bilan almashgan shuning uchun kislotaning malekulyar massasini almashgan vodorod atomi soni 1 ga nisbati orqali topamiz.

H3PO4 + 2NaOH=Na2HPO4 + 2H2O
Bu reaksiyada H3PO4 tarkibidagi 3 ta vodorod atomining 2 tasi metal bilan almashgan shuning uchun kislotaning malekulyar massasini almashgan vodorod atomi soni 2 ga nisbati orqali topamiz.

H3PO4 + 3NaOH=Na3PO4 + 3H2O
Bu reaksiyada H3PO4 tarkibidagi 3 ta vodorod atomining 3 tasi metal bilan almashgan shuning uchun kislotaning malekulyar massasini almashgan vodorod atomi soni 3 ga nisbati orqali topamiz.

Demak, kislota tarkibidagi vodorod atomlarining nechtasi metall bilan almashgan bo’lsa, shu songa nisbati orqali topamiz.
3. Mustaqil ishlash uchun: HCl, HNO3, H3PO4, CH3COOH, H3BO3, H2CO3 larning ekvivalentini aniqlang?
4. 1.5 mol NaOH bilan 1.5mol H2SO4 bilan reaksiyaga kirishgani aniqlandi. Kislotaning ekvivalentini aniqlang? Tuzlarning ekvivalentini topish: Buning uchun tuzning malekulyar massasini tuz hosil qilgan metallning soni bilan valentligi ko’paytmasiga nisbati orqali topamiz.

Etuz- tuzning ekvivalenti. Mr- kislotaning malekulyar massasi. VMe-tuz hosil qilgan metalning valentligi. nMe-tuzdagi metall soni.
1. Al2(SO4)3 ning ekvivalentini aniqlang?
Mr(Al2(SO4)3)= 342g/mol

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida oksidlovch va qaytaruvchilarning ekvivalentini topish: Buning uchun oksidlovchi bo’lsa, qabul qilgan elektro’nlar soniga nisbati orali qaytaruvchiniki esa bergan elektro’nlar soniga nisbati orqali topamiz.


HCl + KMnO4 + H2SO4 = Cl2 + K2SO4 + MnSO4 + H2O
quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasidagi oksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalentini topamiz. Bu reaksiyada oksidlovchi - KMnO4 Qaytaruvchi - HCl dir. Ularning oksidlanish darajasining o’zgarishiga qaraymiz.
Mn+7 dan Mn+2 ga o’zgardi yani 5 ta elekton qabul qildi.
Cl-1 dan ClO ga o’zgargan yani 1ta electron bergan.


Elementlar bir-biri bilan o’zaro ekvivalentlariga proporsianal miqdorda birikadi.Bu qonunga asosan reasiaga kirishuvchi moddalar massalarining yoki birkmadagi elementlar massa ulushlarining bir-biriga nisbati ularning ekvivalent massalarining nisbatiga teng.

Bu tenglamada biror element ekvivalenti E1 ni topish uchun massa ulushi yoki modda massalari nisbatidan tashqari E2 malum bo’lishi kerak. E2 vodorodli birikmada vodorodning, kislorodning yoki element massasi aniq bo’lgan biror elementning ekvivalent massasidir.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling