Mavzu yuzasida misollarni yechimlari:
1. Massasi 0,728 g bo’lgan metall kislorodda yonganda 0,9072 g metall oksidi hosol qildi. Metallning valentligi II ga teng. Metallning ekvivalentini va metalni aniqlang?
Berilgan:
mMe=0,728g
mmetal oksidi=0,9072g
EMe=?
|
Yechish:
Metallning ekvivalentini topish uchun qancha koslorod biriktirganini aniqlaymiz. Metall oksididan metall massasini ayirsak birikgan kislorod massasi kelib chiqadi.
mO= mmetal oksidi- mMe =0,9072g-0,728g=0,1792g O2 birkgan.
bu fo’rmulaga qo’yish orqali metallning ekvivalentini topamiz.
0,728g·8g=EMe·0,1792g
EMe=32.5g bo’lsa, valentligiga ko’paytirsak nisbiy atom massasi lelib chiqadi.
32.5·2=65g bu metall Zn- ruxdir.
|
Mustaqil ishlash uchun:
1. 5g metall yonganda 9.44 g metall o’ksidi hosil bo’ldi. Metallning ekvivalent massasini aniqlang?
2. Narmal sharoitda 0,195 g metall suvdan 56 ml vodorodni siqib chiqargan bo’lsa, metallning ekvivalentini aniqlang?
3. Fosfit kislota 0,471 g miqdorini neytrallash uchun 0,644 g KOH sarflangan. Kislotaning ekvivalentini aniqlang?
4. 1.04 g biror metallning kislota eritmasi bilan o’zaro ta’siridan 0.448 l vodorod ajralib chiqdi. Shu metallni aniqlang?
5. 10 g metal suv bilan o’zaro ta’sir ettirilganda 5.6 l vodorod ajrakdi. Shu metall o’z birikmalarida II valentli bo’lishi bilgan holda, bu qaysi metall elanligini aniqlang?
6. 2,07g metall butunlay yonishi uchun 2,4g kislorod talab qilinadi. Shu metal!dan 1,38 g suvga ta’sir ettirilganida, necha g vodorod ajralib chiqadi? (Javob: 0,2g).
7. Oksid tarkibida 70,97 % nikel bor. Uning solishtirma issiq!ik sigimi 0,46 J/g. Nikelning aniq atom massasini toping?
Do'stlaringiz bilan baham: |