Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar


Download 389.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana28.12.2022
Hajmi389.61 Kb.
#1023981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1 - Nazariy material

Pilorostenoz (P). P. Me'da chiqish qismi, 12 barmoq ichak piyozining asos 
qismi yoki pilorik kanal yarasining chandiqlanish asoratidir. Bu holda ichirilgan 


bariy bo’tqasi ko'p soatlab kengaygan me'dada turib qoladi. Evakuatsiya 
subkompensatsiyalangan 
stenozlarda 
6-12 
soat, 
dekompensatsiyalangan 
stenozlarda - 24 s va undan ortiq vaqtga cho’ziladi. Me'da kengayadi, uning tubi 
kichik chanoqqa qadar osilib tushadi. Bariy qoldig’i chanoqda kosa tubida 
to’plangandek tasvir beradi. Soyaning uch qatlamliligi kuzatiladi. 
Me'da tonusi pasayadi, peristaltiki kuchsiz, vaqt-vaqti bilan paydo bo’ladi, 
ammo ko'pincha evakuatsiya chaqirmay yana uzoq vaqtga so’nadi. Ichaklarda gaz 
va evakuatsiya bo’lgan bariy miqdori kamayadi. 
Havfsiz o’smalar. Me'dada havfli o’smalarga nisbatan kamroq uchraydi. 
Gistologik tuzilishiga binoan epitelial (poliplar, adenomalar), va noepitelial 
o’smalar (leyomiomalar, fibromalar, nevrinomalar, neyrofibromalar, lipomalar, 
angiomalar va boshqalar) tafovutlanadi. 
Poliplar eng ko'p uchraydigan hovfsiz o’smalar bo’lib, soni bir eki bir necha, 
ba'zan polipoz gastrit tariqasida kuzatiladi. Rentgenologik tekshirishda bir yoki 
ko'p sonli yumoloq eki bo’lakchali poliplarda noto’g’ri shaklli to’lishish defektlari 
kuzatiladi. 
Defektlarning kattaligi odatda 1 sm-dan oshmaydi, konturlari aniq, silliq, 
bo’lakchali polipda notekis. Oekchali polipda defekt siljuvchan. Shilliq parda 
rel'efi polip atrofida o’zgarmaydi. Me'da devori elastik, peristaltika saqlanadi. 
Polipning malignizaciyasida uning kattalanishi, shaklining o’zgarishi, qirralarining 
notekislanishi, aniqligining yo’qolishi me'da devoriga o’smaning infiltratsiyasi 
tufayli elastiklik va peristaltikaning o’zgarishi ro’y beradi. 
Leyomioma va boshqa tugunli hovfsiz o’smalar, me'da devorida yotgan 
yumoloq, chegaralari aniq to’lishish defekti sifatida aks etadi. Shilliq parda 
burmalari uzilmasdan defektni aylanib o’tadi. Me'da devorining elastikligi va 
peristaltika saqlanadi. 

Download 389.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling