Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar
Download 389.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy material
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meda yarasi kasalligi.
Shilliq pardaning giperplaziyasi - Monetrie kasalligi. Bu kasallik burmalar
gigantizmi, giperplastik - eki o’smasimon G. deb ham nomlanadi. Kasallikning patogenezi aniq emas. Klinik alomatlari ham turli hil. Rentgenologik belgilari: Me'da burmalari soni va balandligi ortadi. Ular ko’proq me'da tanasining katta egriligida kuzatiladi. Kichik egrilikka va antral bo’limga tarqamaydi. Giperplaziyalangan shilliq qavat ba'zan polipsimon, raksimon to’lishish defektlari beradi. Rakdan farqi: 1) Me'dada tarqalishi ma'lum soha, me'da tanasi bilan cheklangan. 2) Me'da devori elastikligi saqlangan. 3) Peristaltika saqlangan. 4) Me'da hajmi odatdagidek yoki biroz kattalashgan. 5) Palpatsiyada to’lishish defekti shakli o’zgaradi yoki butunlay yo’qoladi. Rakda esa bularning teskarisi kuzatiladi. Me'da yarasi kasalligi. Me'da yarasining rentgenologik belgilari ikki guruhga rentgenomorfologik (organik) va funksional belgilarga bo’linadi. Rentgenomorfologik belgilar me'da yarasida kuzatiluvchi organik o’zgarishlarning tasviri bo’lib ular yara borligini bevosita ko’rsatuvni belgilardir. Ular quyidagilar: yara chuqurchasi (nisha), yara gardishidagi yallig’lanish do’mboqligi (yazvennyy vospolitelnyy val) va shilliq burmalar konvergensiyasi. Me'da yarasi, asosan kichik egrilik bo’ylab, deyarli 50% holda me'da tanasi, 1/3 prepilorik qismda, 10% orqa egrilikda, juda kam hollarda kardiya va katta egrilikda kuzatiladi. Yara chuqurchasi kichik egrilik bo’ylab etganda me'daning kontrastli soyasining qirrasida kengligi va chuqurligi birnecha mm-dan bir necha sm-gacha kattalikda cheklangan bo’rtma sifatida aks etadi. Bo’rtma, yara chuqurchasining kattaligi va shakli yaraning utkir eki surunkali ekanligiga bog’liq. O’tkir yaralar, uchburchaksimon, uchli, ko'pincha kichik, surunkali yaralar yarim oval, ko'pincha yirik bo’ladi. Me'da devorini teshib kushni organlarga chikkan epik (penitratsiyalovchi) yaralar chuqurchasida uch qatlam soya - bariy, suyuqlik va havo tasviri ko’rinadi. Konturda yotgan yaraning kengligi va chuqurligi o’rganiladi. YAra me'da orqa devorda joylashgan taqdirda uning tasviri shilliq parda relyefini o’rganishi paytida aniqlanadi. Bemorga kontrast moddaning ozroq portsiyasini ichirib uni me'da yuzasiga palpatsiya va kompressiya vositasida tarqatilganda yara chuqurchasiga kirib qolgan bariy shilliq parda burmalari orasida turg’un yumoloq dog’ sifatida ko’rinadi. Bu relyefdagi chuqurcha (nisha) deyiladi va u yara og’zining diametrini aniqlashga imkon beradi. Yara chuqurchasi me'da soyasining chetida etgan taqdirda uning atrofidagi yallig’lanish infiltratsiyasi va qadoq (mozol') "nisha" chetlarida yarim oval botiqlik - to’lishish defektlari sifatida ko’rinadi, yara "nisha"si orqa devorda yotganda, chuqurchada qolgan yumoloq bariy dogi gardishida bariy saqlanmagan halqasimon tasvirini beradi. Me'da yarasi asosan xronik kechuvchi jarayon bo’lib unda chandiqlanish rivojlana boshlaydi. Chandiq shilliq pardaning yaraga yo’nalgan burmalarini vujudga keltiradi. Burmalar konvergenciyasi yara bitgandan so’ng, yoki yara chuqurchasi turli mahsulotlar - ovqat qoldiqlari, shilimshiq, ivigan qon bilan to’lgan taqdirda ham saqlanadi va yara boriligidan dalolat beradi. Me'da yarasi chandiqlanishining davom etishi organning yaraga hos deformatsiyasini keltirib chiqaradi. Agar chandiqlanish asosan ko’ndalang yo’nalishda rivojlansa dastlab me'daning qumsoatsimon deformatsiyasi (1). Keyinchalik yara sohasidan ovqat mahsulotlarining o’tishi buzilishi natijasidan ikki kameraga bo’lingan me'da yuzaga keladi. Ovqat o’tishga to’sqinlik paydo bo’lib, me'daning ko’p havzasi kengaya boshlaydi, katta egrilik pastga cho’zilib tushadi, natijada ikki hovzali "sharsharasimon" me'da (kaskadnyy jeludok) - (2) paydo bo’ladi. Me'da yarasining chandiqlanishi ko’proq bo’ylama tarqalgan hollarda kichik egrilik qisqaradi, antral bo’lim kardiyaga yaqinlashadi. Ayni vaqtda pilorik kanal yo’qoriga siljigani va boshqa sabablar bilan me'daning evakuatsiyaning buzilishi, unda ovqatning ko'p soatlab turib qolishi, katta egrilikning pastga tomon osilishiga olib keladi. Bu holda me'da tomaki haltasimon shaklni oladi (kisetnyy jeludok). Me'da yarasi orqa devorda kichik egrilikka yaqin etgan taqdirda chandiqlanish, kichik egrilik qisqarishi bilan birga antral qisim orqaga burilishiga olib keladi, natijada chig’anoqsimon deformatsiya (ulitkaobraznyy jeludok) yuzaga keladi. Rentgenofunksional belgilar, me'da yarasida doimiy bo’lmagan holda kuzatiladi. Ular yara borligini isboti bo’la olmaydilar. Ular yaraning ikkilamchi yoki vositali rentgenologik simptomlari hisoblanadilar. Bu simptomlar asosan me'daning sekretor, motor-evakuator funksiyasining buzilishlaridan iborat. Ular quyidagilar. 1. Gipersekretsiya. Bu belgi me'da shirasining giper-gipoasidlik, gipoacidi anocidligiga bog’liq emas. 2. Shilimshiqning ko'pligi. 3. Tonusning o’zgarishi: ko'pincha gipertonus kuzatiladi; me'da deformatsiyasi ruy bergan, evakuatsiya buzilgan davrda gipotonus bilan almashinadi. 4. Peristaltikaning o’zgarishi. Giperperistaltika, ayni vaqtda yara sohasida peristaltikaning so’nishi. Kechki, asoratli davrlarda peristaltikaning kuchsizlanishi. 5. Evakuatsiyaning buzilishi, yara sohasida tezlanishi. Pilorospazm va pilorostenoz rivojlanganda evakuatsiyaning sekinlashi, uning dinamikasining buzilishi. 6. Yara sohasida katta egrilikning regionar, spazmi. Bu "ko’rsatgich barmoq" simptomi deb ham ataladi. 7. Rentgenopalpatsiyada yara sohasida lokal og’riq. YA'ni rentgen nazorati ostida me'da paypaslanganda eng kuchli og’riq yara sohasida kuzatiladi. 8. Me'da yarasida kuzatiluvchi yana bir ikkilamchi belgi - yo'ldosh (sooputstvuyuщiy) gastrit. Download 389.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling