Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar
Download 389.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy material
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12 barmoq ichak yarasi.
Bezoarlar - me'dada turli moddalardan paydo buluvchi et jisim tuguni bo’lib,
tarkibiga qarab fitobezoarlar-hurmo, boshqa mevalar tuhumi, ip va tolali mahsulotlar tuguni, trixobezoarlar-soch tolalari, pilobezoarlaro’ng tolalari, sebobezoarlar-yog’li modalar va boshqa bezoarlari tafovutlanadi. Ko'p hollarda bezoarlar murakkab tarkibga ega. Me'dada hal bo’lmaydigan ovqat qoldiqlari bir- biriga yopishib soch, ip, o’simlik tolalari bilan o’rashib jips tugunsimon massa hosil qiladi. Rentgenologik tadqiqotda bazoar me'dada yumoloq shakilli to’lishish defekti hosil qiladi. Defektining konturlari aniq, ko'p hollarda silliq, palpatsiyada erkin siljuvgan. Defekt me'da soyasining O’rtasida etadi. Me'da hajmi deyarli o’zgarmaydi, devorlar elastikligi, Peristaltika saqlanadi. Bezoarlar kattalanib borib me'da bo’shlig’ini to’ldirishi, uning shaklini takrorlashi mumkin. 12 barmoq ichak yarasi. Ko’proq esh erkaklarda organning piyoz qismida uchraydi. Asosiy rentgenologik belgilar: yara chuqurchasi, uning gardishidagi yallig’lanish, shilliq parda burmalarining konvergensiyasi. Yara nisbatan kichik, (0,3-0,8) organ piyozining deformatsiyasi o’ziga hos,-yara tomonda devorning qisqarishi, qarshi tomon sinusining divertikulsimon burtishi, "piyoz" boshchasining uch yaproqsimon (trilistnik) deformatsiyasi kuzatiladi. Ko'p hollarda pilorospazm, pilorik kanalga yaqin joylashgan surunkali yaralarda pilorostenoz rivojlanadi. Me'dada yo'ldosh gastrit kuzatildi. Funksional o’zgarishlar. Ko'pincha pilorospazm, evakuatsiyaning o’zgarishi, me'dada segmentlovchi peristaltika kuzatiladi. 12 barmoq ichak piyozida evakuatsiya tezlashadi. Me'da shilliq pardasining 12 barmoq ichakka tushishi (prolapsi) tez uchrab turuvchi, ammo ko'p vrachlarga noma'lum, keyinchi yillarda o’rganilgan patologiya. Asosiy belgisi "piyoz boshi"-ning asosi va O’rtasida zamburugsimon, qirralari burmalik to’lishish defekti. Bu defektdan pilorik kanal orqali me'daning chiqishi qismiga shilliq parda burmalari yo’nalgani kuzatiladi. Me'danin chiqish qismining konturi silliqligini yo’qotadi, notekislanadi va shakli qisman o’zgaradi. 12 barmoq ichak divertikullari-ko’proq pastga tushuvchi qisim, Fater surgichi sohasida, kuzatiladi. Divertikul xaltasimon birnecha sm kattaligidagi bo’rtma sifatida tasvir beradi. Divertikulning bo’yinichasi ingichka bo’lgan hollarda kontrast modda unda ko'p soatlar turib qolishi mumkin. Bemorni vrachga murojaat qilishga ko'pincha divertikulit rivojlanishi majbur qiladi. Divertikullar ovqat hazimi traktining boshqa qisimlarida ham ko'p uchraydigan patologiya hisoblanadi. Yo’g’on ichak raki usish harakteriga binoan ikki hil ekzofit va endofit o’smalar tafovutlanadi. Ekzofit rak ichak ichiga qarab o’sadi va ‘z navbatida ikki hil bo’ladi: zamburugsimon (fungoz, polipoz) va kosasimon raklar. Endofit rak, ichak devorida infiltratsiyalab o’sadi, uni halqasimon qisib kataytirib boradi. Rak sohasidagi torayish rak kanalining konturi aniq, ammo notekis. Bu sohada ichak devori kotgan, elastiklik va peristaltika yo’qoladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling