Amaliy mashg‘ulot №1


Download 148.19 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi148.19 Kb.
#1405837
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


amaliy mashg‘ulot №1.
KARERNING HAJMI, ISHLAB CHIQARISH QUVVATI VA KARERNING XISOBLANGAN ZAXIRASI BО‘YICHA HIZMAT QILISH MUDDATINI ANIQLASH.
Ishdan maqsad: Oddiy sharoitlarda karerning hajmi, ishlab chiqarish kuvvati va karerning xisoblangan zaxirasi bо‘yicha hizmat qilish muddatini aniqlashni о‘rganish.
Foydali qazilma konlarini qazib olish uchun yer yuzasidan turib bajariladigan barcha ishlab chiqarish jarayonlari majmui ochiq kon ishlari deyiladi.
O chiq kon ishlari ikkita asosiy ishlar, ya’ni qoplama jinslarni qazib olish (kon yotqizig‘i ustini ochish) va bevosita usti ochilgan foydali qazilmani qazib olish ishlaridan tashkil topgan. Konni ochiq usulda qazib olish uchun xizmat qiladigan ochiq kon lahimlari majmui karer (kо‘mir konlarida esa razrez) deyiladi. Bitta karer orqali qazib olishga ajratilgan foydali qazilma koni yoki uning bir uchastkasi karer maydoni, karerning asosiy obyektlari uchun yer yuzida ajratilgan maydon esa yer ajratmasi deyiladi va uning maydoni karer maydonidan bir necha marta katta bо‘ladi (3,1-rasm).
1,1-rasm. Karer yer ajratmasi: 1-karer maydoni; 2 - qoplama jinslar otvali; 3-temiryо‘l stansiyasi; 4-ma’muriyat binosi; 5-maydalash-saralash fabrikasi; 6-yer ajratmasining chegarasi.
Karerda ochish ishlari vaqt va makon bо‘yicha foydali qazilmani qazib olish ishlaridan о‘zdirib bajariladi, natijada karer maydoni pog‘onasimon kо‘rinishga ega bо‘ladi (1.1-rasm).
1,2-rasm. Karerning vertikal qirqimda (a) va planda (b) kо‘rinishi: 1-karerning oxirgi chegarasi; 2-karerning ishchi bortining qiyalik tekisligi; 3-qazish pog‘onasi; 4-ishchi qoplama jins pog‘onalari; 5-ishlamaydigan qoplama jins pog‘onalari; 6- muhofaza bermalari; 7-transport bermasi; 8-ishchi maydoncha; 9 -karer tubi; 10 - foydali qazilma; βo - karer ishlamaydigan bortining qiyalik burchagi; (βi - karer ishchi bortining qiyalik burchagi; Nj-karerning joriy chuqurligi; Nox.ch - karerning oxirgi chuqurligi.
Karer tepasi yer yuzasi bilan chegaralanadi. Yon tomonlaridagi karerni chegaralovchi pog‘onasimon tekisliklar karer yonbag‘iri (borti), karerni chuqurlik bо‘yicha chegaralovchi tekislik esa, karer asosi (tubi) deyiladi. Karer yonbag‘rining yer yuzasi bilan kesishish chizig‘i karerning ustki chegarasi, asosi bilan kesishish chizig‘i esa ostki chegarasi deb yuritiladi. Karer ustki va ostki chegaralari orqali о‘tkazilgan shartli tekislik karer yonbag‘ri qiyaligi, uning gorizontal tekislik bilan kesishishidan hosil bо‘lgan burchak esa karer yonbag‘ri qiyalik burchagi deyiladi.
Kon qazish ishlari olib boriladigan karer yonbag‘ri ishchi yonbag‘ir, (borti) faqat transport vositalari harakatlanishiga xizmat qiluvchi yonbag‘ir esa ishlamaydigan yonbag‘ir deb yuritiladi. Karer asosi (tubi) bilan usti о‘rtasidagi о‘rtacha masofa karer chuqurligini tashkil qiladi. Konlarni ochiq usulda qazib olishda kon yotqizig‘i va qoplama jinslar gorizontal qatlamlarga ajratib qazib olinadi. Bunda ustki qatlamni ostki qatlamdan о‘zdirib qaziladi. Shu sababli karer yonbag‘ri pog‘onasimon kо‘rinishga ega bо‘ladi (3,1-rasmga qarang). Pog‘onasimon kо‘rinishga ega bо‘lgan har bir jins yoki foydali qazilma qatlami pog‘ona deb ataladi.
Karer maydonidan qazib olinadigan kon massasi hajmi, karer chuqurligi, karer tubi о‘lchamlari, yonbag‘ir qiyalik burchagi, karer maydonidagi foydali qazilma zaxirasi, qoplama jinslar hajmi, karerning yer yuzi bо‘yicha о‘lchamlari kabi kо‘rsatkichlar karerning asosiy parametrlari hisoblanadi.
Karer hajmi va о‘lchamlari, foydali qazilma zaxirasi va о‘rtacha qoplanish koeffitsiyentini hisoblashni bajaring.


Ishni bajarish tartibi.
1.1. Yuza relyefi tekis bо‘lganda va yotqiziqning tushishi qiya yoki tik bо‘lganda karerning hajmi alohida geometrik figuralarning yig‘indisidek aniqlash mumkin (3.1 rasm):
Vk=V1+V2+V3 (1.1)
bu yerda: Vk - karer hajmi, m3
V1 – asosi S= bо‘lgan prizma hajmi, m3;
- karer tubi yuzasi, m2;
- uyumning yotishi bо‘yicha uzunligi, m;
- uyumning gorizontal qalinligi, m;
V1= (1.2)
bu yerda: – karer chuqurligi, m;
V2 - hajmning tо‘rt tomoniga jipslashib tо‘rgan prizmaning
uchburchak kesimining yig‘indi hajmi, m3;
(1.3)
bu yerda: R - uyumning perimetri (karer tubi) R=2(L+M) , m.
V3 – karerning burchakdagi uchastkalarida joylashgan, alohida
qismlarga bо‘lingan konusning yig‘ma hajmi, (V3´ va V3´´), m3.
= (1.4)
bu yerda: sr - karerning ish olib borilmaydigan bortining о‘rtacha qiyalik burchagi grad.

Download 148.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling