Amaliy mashg'ulot №1
Download 321.39 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Nazariy material
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tranzitor ichak katari (fiziologik dispepsiya)
- Buyrak funksiyasi tranzitor xususiyatlari.
- Albuminuriya
Tranzitor disbakterioz – chaqaloq ichi kelishi nosozligiklari bolalar
hayotining 1 haftasi o‘rtalarida kuzatiladi. Bola tug‘ilganda steril bo‘ladi va tug‘ilish vaqtida teri va shilliq pardalariga onaning tug‘ish yo‘llari mikroflorasi o‘tadi. So‘ngra esa mikroorganizmlar tibbiy xodimlar qo‘li, parvarishlash predmetlari, havo va ona suti orqali o‘tadi. Ichakni birlamchi bakterial flora bilan qoplanish fazalari: 1. Aseptik faza - tug‘ilgandan so‘ng 10 - 20 soatni tashkil etadi. 2. Ichakda bakteriyalar o‘tishini ortib borishi, ya’ni bunda jarayon 3-5 kun davomida ichak bifido-bakteriyalari, ichak tayoqchasi, kolibiakteriyalar o‘tadi. 3. transformatsiya bosqichi 1-chi hafta oxiridan boshlanib, 2 hafta davom etadi va bundan boshqa bakteriyalarni bifido flora tomonidan siqib chiqarilishi yuz beradi. O‘tib ketuvchi katar genezida ovqatlantirish xarakteri odatda fiziologikxolat xisoblanadi. Tranzitor ichak katari (fiziologik dispepsiya) - tranzitor ichak katari odatda fiziologik xolat xisoblanadi, ko‘rinishi turlicha bo‘lib, kuniga 4 - 5 marta suyuq ich kelishi bilan xarakterdanadi. Biroq, sanitar epidemik rejimga rioya qilinmaganda, sun’iy ovqatlantirilgan, parvarishlash nuqsonlari bo‘lganda, ikkilamchi infeksiyani tushishi yoki endogen infeksiyani faollashuvi yuz berishi oqibatida patologik ich ketishiga o‘tib ketishi mumkin. Buyrak funksiyasi tranzitor xususiyatlari. Oliguriya - yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hammasida hayotini 2-3 kuni aniqlanadi. Oliguriya deb, sutkalik siydik hajmi 15ml/kg dan kam bo‘lganda xisoblanadi. Hayotining birinchi 12 soatida chaqaloqlarni 2/3 qismi siydik ajratadi. Oliguriya yuzaga kelishiga olib keluvchi sabablar: 1. Qonda antiduiretik gormon konsentratsiyasi yuqoriligi. 2. Fiziologik ochlik va nafas olish xisobiga kompensator moslashuv reaksiyasi xisoblanadi. Albuminuriya — yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hammasida uchraydi. U buyrak koptokchasi va naychasi epiteliysini yuqori o‘tkazuvchanligi tufayli yuzaga keladi. Download 321.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling