Amaliy mashg'ulot №1
Nordon siydikli infarkt -
Download 321.39 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Nazariy material
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy kriz
- Deskvamativ vulvovagnit
Nordon siydikli infarkt - yig‘uvchi naychalar yorig‘ida siydik kislota
tuzlarini kristall ko‘rinishida to‘planishi xisoblanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 25%da uchraydi, chala tug‘ilgan bolalarda kamroq uchraydi. Siydik bunda sariq qizg‘ishga o‘xshagan rangda, xira bo‘ladi, choyshabda dog‘ qoldiradi. Cho‘kmasida gialin va donadaor silindlar, leykotsitlar va epiteliylar ani qlanadi. Nordon siydikli infarkt bola hayotining birinchi haftasida kuzatiladi va ikkinchi haftaga kelib o‘tib ketadi. Siydik orqali kislotani ko‘p miqdorda yo‘qotish modda almashinuvi katabolik yo‘nalishda ekanligidan va ko‘p miqdorda xujayralarni parchalangan idan darak beradi. Chunki xujayra o‘zagidagi nuklein kislotalarni parchalanishida siydik kislota purin va piramidin kislota yakuniy mahsuloti sifatida xosil bo‘ladi. Jinsiy kriz (gormonal kriz, kichik pubertat) — yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni 2/3 qismida uchrab, ko‘prok qizaloqlarda ko‘rinadi. Ko‘krak bezlarining bo‘rtishi (fiziologik mastopatiya) - bola hayotining 2 - 4 kuni boshlanadi, bez o‘lchamlari kattalashadi va maksimal kattalashish 8—10 kunga to‘g‘ri keladi. So‘ngra kichrayib normallashadi. Bezlarni kattalashuvi simmetrik ravishda boradi, paypaslaganda kulrang yoki o q tusdagi suyuqlik ajraladi. Bu sekret tarkibi bo‘yicha o‘g‘iz sutiga yaqin. Davolash talab qilinmaydi. Agar ezilsa yoki siqilsa infeksiya tushishi havfi tug‘iladi. Ko‘krak bezlari kattalashuvi barcha chaqaloqlarning (qizlarda va o‘g‘il) yarmida uchraydi. Deskvamativ vulvovagnit - qizaloqlarning 60 - 70% da jinsiy yorig‘idan kulrang oq tusdagi shilliq ajratma ko‘rinishda hayotning 1 - 3 kunida kuzatiladi. Qindan qon ketish (metroragiya) qizaloqlarning 5 - 10%da hayotining 5 -8 kuni anqlanadi. Davomiyligi 1—2 kun. Jinsiy krizga shuningdek ko‘krak so‘rg‘ichi atrofida va yorg‘oqda giperpigmentatsiya, tash qi jinsiy a’zolarda yengil gidrotsele kiradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda jinsiy kriz yuzaga kelishining sababi, xomilada ona estrogeni ta’sirida ko‘krak bezlari va bachadon strukturasi bo‘limlarini o‘sishi va rivojlanishini kuchaytiradi. Bola tug‘ilgandan so‘ng prolaktin ta’sirida estrogen miqdorini keskin kamayishi yuz beradi. Bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloq bachadonning shilliq qavati funksional qatlami ajralishiga qadar reaksiyani chaqiradi. Download 321.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling