Teri qoplamlarida tranzitor o‘zgarishlari
Hamma yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining 1-chi haftasida kuzatiladi.
Oddiy eritema — terini qizarishi, teri surtmasini
artgach va birinchi
cho‘miltirishdan so‘ng yuzaga keladi. Dastlab u sianotik tusda bo‘lib, 2-chi
kunga kelib, eritema yorqin ifodalanadi, keyinchalik kamayib birinchi hafta
oxirida butunlay yo‘qoladi. Chala tug‘ilgan
bolalarda bu xolat kuchli
rivojlanadi.
Fiziologik teri tashlash - bola hayotining 3 - 5 kunida yirik kipaksimon
yoki plastinkali teri tashlash ko‘rinishida, ba’zi bolalarda
esa eritema yorqin
ifodalanadi. Qornida, ko‘krak qafasida ko’proq joylashadi. Fiziologik teri
tashlash ayniqsa muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalarda kuchli rivojlangan
bo‘ladi va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Toksik eritema — 25 — 30% bolalar hayotining 2 - 5-chi kuni biroz
zichlashgan eritematoz dog‘lar, ba’zan kulrang sarg‘ish
tusdagi papulalar
yoki pufakchalar ko‘rinishida bo‘ladi. Dog‘lar qo‘l-oyoqlarning yozilish
yuzalarida, bo‘g‘imlar atrofida, dumbalarida, ko‘kragida, ba’z an qorin va
yuzida kuzatiladi. Tosh malar ko‘pligidan ba’zan butun badanni qoplaydi.
Shu bilan birga ular hech qachon qo‘l - oyoq kaftlarida
va shilliq pardalarda
bo‘lmaydi. Toshmalar 1- 3 kun davomida kuchayib boradi, so‘ngra esa 2 - 3
kun ichida izsiz yo‘qoladi, ammo toshmalar juda ko‘p bo‘lganda bola
bezovta bo‘ladi, diareya, mikropoliadeniya,
jigar va taloq kattalashuvi,
eozinofiliya kuzatilishi mumkin.
Toksik eritema allergik reaksiya bo‘lib, u sovuqqotish, ichakda
parchalanmagan proteinlar so‘rilishi, birlamchi bakterial flora, endotoksinlari
ta’sirida mediatorlar miqdorini ortishi xisobiga
tezkor allergik reaksiyalar
vujudga keladi. Alohida davolashni talab qilmaydi, biroq toshmalar
ko‘payganda qo‘shimcha suyuqlik va antigistamin
preparatlar tayinlash
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: