Amaliy mashg'ulot №1
Chaqaloqlarni dastlabki tana vaznini tranzitor yo‘qotishi (DTVY)
Download 321.39 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Nazariy material
Chaqaloqlarni dastlabki tana vaznini tranzitor yo‘qotishi (DTVY)
Chaqaloqlarni dastlabki tana vaznini tranzitor yo‘qotishi ochlik (hayotining birinchi kunlarida sut va suv defitsiti hamda suvsizlanishi (70-75% nafas olish va 20-25 terlash ) suv yo‘qotish xisobiga yuzaga keladi. Tug‘ilganda tana vaznini qancha bo‘lganidan qat’iy nazar bola hayotining 3-4 ba’zida 5 kuniga kelib tana vaznini maksimal yo‘qotish (DTVMY) yuzaga keladi. DTVMY tug‘ilgandagi tana vazniga nisbatan xisoblanadi va uning tebranish chegaralari 3-10% tashkil etadi. DTVMY katta ko‘rsatkichlarga moyillik tug‘diruvchi omillar: chala tug‘ilganlik, tug‘ilgan vaznini kattaligi, tug‘ruq jarayonining cho‘zilishi, tug‘ilish davri shikastlari, onasidagi gipogalaktiya, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar xonasida yoki kuvezda xarorat va namlikning yuqoriligi, chaqaloqning ko‘p issikliq yo‘qotishi (krovat va kuvezlarni sovuq “ko‘chaga qaragan” devori ostida joylashganda) va h.k.. DTVMY o‘rtacha 6% tashkil etadi. Shu bilan birga DTVMY qizlarda gormonal kriz boshidan kechirayotgan bolalarda, hayotining birinchi soatida emizilgan erkin ovqatlantirishdagi bolalarda DTVMY ko‘rsatkichlari nisbatan past bo‘ladi. DTVMY 3 darajasi farqlanadi. I daraja DTVMY (6%) dan kam, klinikasida eksikoz belgilarianiklanmaydi, nisbatan ochlik bilan emadi, ba’zan bezovta, laboratoriya analizlarida hujayra ichida gipogidratatsiya belgilardan qon zardobida natriy, eritrotsitlarda kaliy miqdorining ko‘payishi, siydikda kalii/azot koeffitsientning yuqori ko‘rsatkichlaridan darak beradi. II daraja DTVMY (6-10%) gacha kuzatilib, asosan chanqoqlik, teri rangparligi hamda shilliq pardalar yorqinligi, teri burmalarining sekin yozilishi, taxikardiya, xansirash, bezovtalik, tajanglik belgilari nomayon bo‘ladi. Laboratoriya taxlillarida esa hujayra gipogidratatsiya va xujayradan tashqari suvsizlanish, gemotokrit soni, umumiy oqsil miqdorini ortishi, oliguriya, siydik nisbiy zichliginingn ko‘tarilishi belgilari aniq ko‘rinadi. III daraja DTVMY (10%) va undan dan ortiq bo‘lib, chanqoqlik, shilliq pardalarning va terining quruqligi, teri burmalarining sekin yozilishi, liqildoqning ichiga tortilishi, taxikardiya, xansirash, ba’zan gipertermiya, tremor, xarakatsizlik, bezovtalik, ba’zan adinamiya, arefleksiya, yurak tonlari bo‘g‘iqligi, teri marmarsimonligi, akrotsianoz belgilari ko‘riladi. Laboratoriya tekshiruvida hujayra ichi va tashqarisi gipogidratatsiyasi belgilari aniqlanadi. DTVMY yuqori ko‘rsatkchilarini oldini olish tadbirlari. Emizishga erta berish, talabga qarab suyuqlikni “erkin” ichirish (hayotini birinchi 5 kunida 6 ml/kg kuniga), 6 kundan boshlab o‘rtacha 40-50 ml/kg kuniga va tana xarorati 37 0 S dan yuqori bo‘lsa, har bir gradusga qo‘shimcha 5ml/kg kuniga xisobidan suyuqlik beriladi. Shu bilan birga bir kun davomida chaqaloq ichadigan sut va suyuqliklarning miqdori 60-70ml/kg dan ortmasligi kerak. Tana vaznini tiklanishi odatda 6-7 kuni, ayrim xollarda 10 kuni yuz beradi va 3 chi hafta oxiriga kelib sog‘lom yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qotgan vaznni tiklaydi. Download 321.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling