Amaliy mashgulot №12 Osteoparoz kassaligi. Davolash va profilaktikasi gipoparatireoz (Osteoparoz)
Download 137.46 Kb. Pdf ko'rish
|
mavzu-12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyosiy tashxis.
Tashxis Anamnez malumotlari, klinik belgilar va laborator natijalarga
(umumiy va ionlashgan kalsiyning qonda kamayishi, fosforning ortishi) ko‘ra asoslanadi. Siydikda kalsiy va fosfor miqdori juda past bo‘ladi (Sulkovich sinamasi manfiy). PTG miqdori qon zardobida kamaygan bo‘ladi. EKGda Q–T intervalining cho‘zilishi, izoelektrik S–T intervalini, sezilarli darajadagi gipokalsemiyada aritmiya, kam ehtimol bilan yurak to‘xtashini qayd qilish mumkin. Rentgenologik tekshiruvda suyak to‘qimasida osteoporoz, skelet tizimida deformatsiya, subperiostal rezorbsiya aniqlanadi. Bazi bemorlarda mushaklarda, buyraklarda kalsifikatlar, bosh miya KT tekshiruvida – bazal gangliylarda kalsifikatlar aniqlanadi. Bemorlar oftalmolog (kataraktani o‘z vaqtida aniqlash uchun) va nevropatolog tomonidan ko‘rilishi kerak. Qiyosiy tashxis. Gipokalsemiya bilan kechuvchi kasalliklar bilan o‘tkazish mumkin: gipo- va avitaminoz D, malabsorbsiya sindromi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, o‘tkir pankreatit, diareya (tabl). Uzoq muddatli to‘xtovsiz qusish yoki giperventilyasiya natijasida kelib chiqqan alkaloz, bundan tashqari kalsiyni bog‘lab oluvchi (qonning sitratli mahsulotlari), suyak osteoklastlari rezabsorbsiyasini ingibirlovchi (bifosfonat, mitramitsin), buyraklarda kalsiy reabsorbsiyasini to‘xtatuvchi (furosemid) preparatlar kiritilganda tetaniya keltirib chiqarishi mumkin. Talvasa epilepsiyadagi talvasadan (hushini yo‘qotish bilan, tilni tig‘lab olish bilan, og‘izdan ko‘pik chiqishi, ixtiyorsiz siydik ajratish va defekatsiya bilan kechadi), gipoglikemik talvasadan (qonda qand miqdori pasaygan, talvasadan oldin kuchli ochlik hissi, terlash, oqarish, yurakning tez urishi, ko‘pincha qandli diabet bemorlarda kuzatilishi) qiyosiy tashxis o‘tkaziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling