Amaliy mashgulot №12 Osteoparoz kassaligi. Davolash va profilaktikasi gipoparatireoz (Osteoparoz)
Download 137.46 Kb. Pdf ko'rish
|
mavzu-12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik ko‘rinishi.
Patogenez.Qalqon oldi bezi funksiyasining pasayishi yoki yo‘qolishi sababli
kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaruvchi PTG ishlab chiqarilishi kamayadi. Bunda qonda kalsiy miqdori birinchi navbatda ionlashgan fraksiyasi hisobiga kamayadi va noorganik fosfor miqdori ortadi. Giperfosfatemiya PTG sintezi yetishmovchiligi hisobiga buyrak kanalchalarida fosfor reabsorbsiyasini kuchayishi sabablidir. Organizmda PTG miqdorining kamayishi buyrak proksimal kanalchalarida vitamin D 3 ning faol metaboliti — 1,25(OH) 2 D 3 sintezining pasayishiga olib keluvchi omillardan biri bo‘lishi mumkin va bu hodisa ichakda kalsiy so‘rilishini, buyrak distal kanalchalarida reabsorbsiyasi buzilishiga va gipokalsemiyaga olib keladi. Gipoparatireozda elektrolitlarning o‘zaro nisbati buziladi. Kalsiyning kamayishi kaliyning nisbatan ortishiga olib keladi. Kalsiy nerv-mushak apparatining qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi, kaliyni esa orttiradi Tetaniya patogenezida kislota-ishqoriy muvozanatning ishqoriylik tarafga siljishi (alkaloz) va oqsil almashinuvi mahsulotlari bilan organizmning zaharlanishi katta rol o‘ynaydi. Klinik ko‘rinishi. GPTning yaqqol (o‘tkir va surunkali) va yashirin (latent) shakllari farqlanadi. Kasallikning klinik ko‘rinishida davriy yuzaga keluvchi tonik talvasalar bilan kechuvchi mushak apparatining nerv-reflektor qo‘zg‘aluvchanligining ortishi asosiy o‘rinni egallaydi. Yaqqol tetaniyada talvasalar beixtiyor, kuchli og‘riq sezgilari bilan bir-birini quvib o‘tuvchi qisqa xurujlar, xurujlararo vaqt juda qisqa bo‘lishi, talvasa holati uzoq bo‘lishi bilan kechadi. Bemorlar hushini yo‘qotmaydi. Talvasa qorinda og‘riq bilan boshlanadi (oldingi qorin devori mushaklari va ichaklar silliq mushaklarini tetaniyasi sababli), undan keyin mushaklarning tonik rigidligi, boshni orqaga tashlash va sianoz kuzatiladi. Shu sababli GPT birqancha holatlarda epilepsiya deb xato tashxislanadi. Talvasalar bosh og‘rig‘i, qusish, bosh ichki bosimining ortishi, ko‘ruv nervi diskining shishi bilan birga kechib, bu holat miya o‘smasiga noto‘g‘ri ravishda taxmin qilishga sabab bo‘ladi. Tetaniyaning og‘ir ko‘rinishi – bu hiqildoq va bronx muskullari spazmidir. Latent tataniyaning engil darajasi ko‘z ilg‘amaydigan tashqi belgilarsiz kechishi mumkin. Bunday bolalar oyoq-qo‘llarida yoqimsiz paresteziyalar, spazmlar, chumoli yurishi sezgisi, muzlash kabilarning his qilishi mumkin. Latent shaklida nerv-reflektor qo‘zg‘aluvchanlikning ortishini harakatlantiruvchi nervlarni mexanik va elektrik qo‘zg‘atish orqali aniqlash mumkin. Yuz nervini chiqish joyiga barmoq yoki bolg‘acha yordamida tuqillatib urib ko‘rilganda (quloqdan 1 sm oldinda) yuz muskullari qisqarishi yuzaga keladi (Xvostek simptomi). Yuz nervi fenomenining 3 ta darajasi farqlanadi: − I — Yuz nervi innervatsiya qiluvchi barcha muskullar qisqaradi − II — Faqat og‘iz burchagi va burun qanotlari muskullari qisqaradi. − III —Faqat og‘iz burchagi muskullari qisqaradi Ko‘z kosasi tashqi qismiga urib ko‘rilganda orbital muskullar qisqaradi (Veys simptomi). Yelkaga jgut yoki rezina tonometr manjeti taqilsa 2 – 3 daqiqadan so‘ng muzlash, paresteziya yuzaga kelib, shundan so‘ng “akusher qo‘li” ko‘rinishida barmoqlarning tortishib qisqarishi kuzatiladi (Trusso simptomi). Tizza bo‘g‘imida bukilmagan tik oyoqning chanoq-son bo‘g‘imida passiv tez bukilishida, son va oyoq kafti yozuvchi muskullarining qisqarishi (Shlezinger simptomi). Kichik boldir suyagi boshchasiga urib ko‘rilaganda (Lyust simptomi) karpopedal spazm – ot tuyog‘i (tovon ichkariga qayrilgan, barmoqlar pastga qayrilgan, to‘rtta spazmga uchragan barmoqlar bosh barmoqni qoplab oladi). GPTning yashirin shakli infeksiya intoksikatsiya va boshqa omillar tufayli yaqqol shakliga o‘tishi mumkin, talvasa xurujlari bilan namoyon bo‘ladi.Talvasa tanlov xarakterida bo‘lib, tananing ikkala tarafida simmetrik mushak guruhlarini shikastlaydi. Ko‘pincha qo‘llarda mushaklar shikastlanadi, asosan bukuvchi, shu sababli xuruj paytida qo‘llar o‘ziga xos ko‘rinishga kiradi: qo‘llar tanaga yaqinlashgan va tirsak bo‘g‘imidan yarim bukilgan barmoqlar yarim bukilgan va oldinga cho‘zilgan. Oyoqlar gipokalsemik talvasada cho‘zilgan, tovon ichkariga qayrilgan; qorin, diafragma mushaklari keskin tortilgan, xarakatsiz, shu sababli nafas olish qiyinlashadi. Tetaniyada bemorlar yuzi xarakterli ko‘rinishga kiradi:”baliq og‘zi”(lab va chaynash muskullari spazmi hisobiga), yarim ochilgan qovoqlar, qoshlar chimirilgan bo‘ladi. GPT bilan xastalangan bolalarda sochlar (ingichka, siyrak sochlar, erta oqarishi va o‘choqli yoki total allopetsiya, kiprik va qoshlarning to‘kilishi), tirnoqlar (ingichka, chiziqlar tushgan, oson sinuvchan), tishlar (emaldagi ko‘plab nuqsonlar, karies, tishlarda ko‘ndalang chiziqlar)ning shikastlanishi, teri quruqligi, teri va shilliq qavatlar kandidozi, o‘sishdan ortda qolish kuzatiladi. Kasallik uzoq vaqt cho‘zilganda katarakta, keratokonyuktivit yuzaga keladi, suyaklar demineralizatsiyasi, teri osti klechatkaga, ko‘z gavhariga, bazal gangliylarga kalsiyning cho‘kishi kuzatiladi. Bolalarda xotira susayadi, uyqusizlik paydo bo‘ladi, spontan ravishda agressiya va depressiya xurujlari yuzaga keladi. Download 137.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling