Amaliy mashg’ulot-12. Qoyiw ekstraktlar oliw texnologisi o'zine ta'n ta'repleri. O'nim sipatina baha beriw
Download 16.9 Kb.
|
12 амелий уз
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuq ekstraktlar
- Quyuq va quruq ekstraktlar
Amaliy mashg’ulot-12. Qoyiw ekstraktlar oliw texnologisi o'zine ta'n ta'repleri. O'nim sipatina baha beriw. Dorivor o'simliklardan ta'sir etuvchi moddasi ya'ni tarkibidan biologik faol moddalarni yig'indisini ajratib olishda sanoatda asosan ajratma olishning ilmiy-nazariy asoslaridan foydalaniladi. O'simlik xom ashyosidan ajratma olish uning fizik-kimyoviy va mexanik xossalariga va hujayralarning strukturasiga bog'liq bo'ladi. Biologik faol moddalar hujayra ichida bo'lganligi sababli ekstragent uning ichiga kirib, hujayraning to'suvchi bar'erlarini yorib o'tishi kerak. Yangi terilgan yoki quritilgan xom ashyodan ajratma olish mumkin. Bunda yangi maxsulotda biologik faol moddalar hujayra ichida bo'ladi, quritilgan mahsulotda esa quruq konglomeratlar holida bo'lib, hujayra ichida (hujayra bo'shliqlarida adsorbirlangan) bo'ladi. Mahsulotni quritish jarayonida hujayra o'z xossasini o'zgartirib plazmoliz holatiga o'tadi. Quritilgan mahsulotdan dori vositasini ajratib olish juda murakkab jarayon bo'lib quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: bo'kish, birlamchi shirani hosil bo'lishi va hujayra ichidagi modda almashinuvi. Dorivor o'simlik xom ashyosidan biologik faol moddalarni to'liq va tez ajratib olish mahsulotning qator xossalariga bog'liq bo'ladi: mahsulot namligiga, ta'sir etuvchi moddasiga va ekstraktiv moddalariga, o'simlik to'qimalarining ichki bo'shliqlarining katta-kichikligiga, bo'kish xossasiga va ajratmani ma'lum miqdorda ushlab qolish xossasiga. Mahsulotning bo'kish tezligi esa, bosim kuchi va haroratga ham bog'liq bo'ladi. Sanoat miqyosida fitopreparatlar ishlab chiqarishda ularning turg'unligini ta'minlovchi ajratuvchilarni tanlab olish muhim ahamiyatga ega. Biologik faol moddalarni ekstraktsiya qilishda ekstragentlarni tanlash katta ahamiyatga ega. Сhunki u o'simlik hujayrasi ichiga kirib, hujayra ichidagi biologik faol moddalarni eritib, oxirida biofaol moddalarni o'simlikdan tashqariga olib chiqishi kerak. Dorivor o'simlik xom ashyosidan ta'sir etuvchi moddani to'liq ajratish mahsulotning quyidagi texnologik xossalariga bog'liq bo'ladi: mahsulot namligi, o'simlikning maydalik darajasi va ta'sir etuvchi moddasiga. Dorivor o'simliklardan ekstraktlar olishda ishlatiladigan ajratuvchilarga quyidagi talablar qo'yiladi: -ta'sir etuvchi moddani to'liq ajratib olishi (diffuzion qobiliyati yuqori bo'lishi); -ta'sir etuvchi moddaga va asbob uskunalarga salbiy ta'sir etmasligi; -zaharli va oson alangalanuvchan bo'lmasligi, hidsiz, rangsiz, mazasiz va arzon bo'lishi; -nisbatan past haroratda oson uchuvchan, lekin turg'un bo'lishi kerak. Ekstraktlar (Extracta) deb o'simlik xo mashyosidan biologik faol moddalari suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba’zan butunlay bug'latilgan ajratmalarga aytiladi. Ekstraktlar quyuq-suyuqligi (konsistensiya)ga qarab tasniflanadi. Suyuq ekstraktlar (Extracta fluida) — konsentriangan ajratm alar bo'lib, 50% dan ko'p namlik saqlaydi, ajratuvchi sifatida har xil quo‘atdag etil spirti ishlatiladi. Quyuq ekstraktlar (Extracta spissa) o'ta qovushqoq, idishdan to'kilmaydigan asalsimon cho ziladigan massa bo 'lib , 25% gacha namlik saqlaydi, ular 3:1, 4 :1 , 5:1, 6:1 nisbatlarda tayyorlanadi. Quyuq ekstraktlar (Extracta siccs) tolqon yoki tolqonga aylanadigan massa bo'lib , 5% g acha namlik saqlaydi.
Suyuq ekstraktlar oson qo'zg'aluvchan spirt-suvli ajratmalar bo'lib , 1:1 nisbatda, ya’ni bir og'irlik qism xom ashyodan bir hajmiy qism mahsulot olinadi. Suyuq ekstraktlar tayyorianishi nisbatan osonligi, ta’sir qiluvchi mod dalar majuasining tabiiyligi, xomashyo va tayyor mahsulot nisbatining oddiyliligi bilan tibbiyotda keng ko'lamd aishlatishga imkoniyat beradi. Shu bilan birga ular ekstraktiv moddalarga to'yingan bo 'lib, saqlash harorati pasayishi yoki spirtning bir qismi uchib ketishi bilan cho'kma hosil qiladi, bu esa suyuq ekstraktlarni tashish va saqlashni ancha chegaralab qo'yadi. Suyuq ekstraktlar perk o la tsiya, reperkolatsiya va boshqa usullarda olinishi mumkin. Quyuq va quruq ekstraktlar Quyuq va quruq ekstraktlar turli sinflarga mansub va tarkibida biofaol moddalar bo'lgan o'simlik xomashyolaridan olinib , maxsus guruhni tashkil qiladi. Ularni olishda ajratuvchi sifatida har xil quvatli etil spirti, dietil spirti, xloretan, suv, xloroform , a m m ia k , nordonlashtirilgan suvlar, metilen xlorid ishlatish m um kin. Chunki tayyor mahsulot tarkibida ajratuvchi deyarli bo'lmaydi. Quyuq ekstraktlaming o 'ziga xos xususiyati shundaki, nam joyda suyuqlanadi va mog'orlaydi, quruqda esa nam ligini yo‘q otib , qattiq bo'laklar hosil qiladi. Quruq ekstraktlar ishlab chiqarish ko'lami tez sur’atlar bilan o'smoq da , chunki ularni ishlatish ancha qulaydir. Lekin quruq ekstraktlar ishlab chiqarishda ham ba’zi muamm olar mavjud. Ko‘pchilik quruq ekstraktlar sochiluvchan tolqon bo‘lib, idish og‘zi ochilishi bilan namlikni shim ibolib, qotib qoladi, bu esa ishlatishni g'oyat qiyinlashtiradi. Bu qiyinchilikni bartaraf etish uchun shunday ajratuvchi va ajratma olish usulini tanlash lozimki, u quruq ekstrakt namlanishiga sabab bo‘ladigan ekstraktiv moddalami xomashyodan deyarli ajratmasin, lekin biofaol moddalarni iloji boricha to'la ajratsin. Bundan tashqari, maqsadga muvofiq to‘ldiruvchilami ilm iy asosda tanlash ham katta ahamiyatga ega. Download 16.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling