Amaliy mashg’ulot №17 Papye-mashe usulida usulida turli qo’g’irchoqlar yasash Reja
Download 99.87 Kb.
|
1 2
Bog'liq17-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq
- 4-topshiriq
Amaliy mashg’ulot №17 Papye-mashe usulida usulida turli qo’g’irchoqlar yasash Reja: 1. Pape-mashadan o'yinchoqlar 2. Pape-mashadan o'yinchoqlar texnologiyasi 1-topshiriq: Papier-mashe hunarmandchiligini tayyorlash texnologiyasi bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi: Pape-mashadan o'yinchoqlaridan ushbu o’yinchoqning tayyorlanish texnologiyasini yozing. 2-topshiriq: Pape-mashadan o'yinchoqlar yasash tarixiga bir nazar mavzusida esse tayyorlang. 3-topshiriq: Savollarga javob yozing. 1. Papye-mashe ishlari nima? 2. Papye-mashe ishining asosiy materiali nima? 3. Papye-mashe ishiga yelim qanday tayyorlanadi? 4. Qanday qog‘ozdan foydalaniladi? 4-topshiriq: Papye-mashe ishini o’zingiz mustaqil tayyorlang. 1. Papye-mashe ishlari haqida kirish (boshlang‘ich) suhbat. Suhbatni ushbu materialni ko‘rsatish bilan birga olib borish kerak: bolalar namunani ushlab ko‘rishi, shaklini, ustki qobig‘ini his qilishi, rangini ko‘rishi mumkin. 2. Mavzuni e’lon qilish va o‘yinchoq namunasini ko‘rsatish. 3. Namuna tahlili va papye-mashe yasash usullarini ko‘rsatish. Bu yerda bolalarni o‘yinchoq namunasini tahlil qilishga, papye-mashe yasash jarayonining ketma-ketligi haqida o‘z fik rini bildirishga undash maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi o‘quvchilarning javobini to‘g‘irlab beradi va ushbu material bilan ishlashning o‘ziga xosligini ajratib ko‘rsatishga bolalarning diqqatini qaratadi. 4. Oddiy piyolani olib atrofiga vazelin surtamiz. Qog‘ozni 1×2 sm o‘lchamda bo‘laklarga bo‘lib olamiz. Qog‘oz bo‘laklarini suvga botirib piyola atrofiga bir tekis yopishtirib chiqamiz. 5. Piyolaga qog‘oz bo‘laklarini bir qavat qilib yopishtirib bo‘lgandan so‘ng, ikkinchi piyolaga suv va un solib suyuq aralashma hosil qilamiz. Tayyor aralashmani cho‘tka bilan qog‘oz atrofiga surtib chiqamiz. Keyin qog‘oz bo‘laklarini ko‘ndalang qilib ikkinchi qavatga yopish tirib chiqamiz. Qog‘oz bo‘laklarini shu tariqa 7 qavat qilib yelim laymiz. Har bir qavat orasiga suyuq xamirli aralashmani surtib chiqamiz. Tayyor bo‘lgan papye-mashe ishini 3-4 daqiqa mobaynida quritishga qo‘yamiz. Quritish jarayonida yelvizak bo‘lmasligi, quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushib turmasligi kerak. Qurigan papye-mashe ishini tekis qilib kesib olinadi. Kesilgan qismi qog‘oz bo‘laklari yordamida bir-biriga yopishtirib yelimlanadi. Papye-mashe ishi ustki qismini rangli qog‘oz bo‘laklari yordamida yelimlab chiqamiz. 6. Papye-mashe ishiga oq qog‘ozdan qo‘shimcha bezak berish uchun naqshlar chizib olinadi va qirqiladi.Papye-mashe ustiga tayyor gul naqshi yelim surtib yopishtiriladi. Papye-mashe usulida piyola shakli tayyor bo‘ldi. 7. Papye-mashening bolalar tarafidan tayyorlanishi. Meh nat jarayonida o‘qituvchi bolalar ishini nazorat qiladi, asbob larni ishlatishda texnika xavfsizligiga rioya qilishlarini kuza tadi, qiynalayotganlarga yordam beradi, mozaika ishini takomil lashtirishda uni bezashda mustaqil qaror qabul qilishga undaydi, bular ning barchasi bolalar orasida o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatning shakllanishiga olib keladi. 8. Tayyor papye-mashe ishini tahlil qilish. Ushbu jarayonda bolalarda o‘zi va do‘stlari mehnatining natijalarini baholay olish qobiliyatini shakllantiradi. 9. Ish joyini tozalash, asboblarni va qolgan materiallarni yig‘ish tirish. Download 99.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling