Yelimli birikmalarni hisoblashga doir masalalar
1 – masala. Yelimli birikmaga F =5 kN kuch ta‘sir etadi. Birikmada alyuminiy detal fenolonitrilkauchuk yelim bilan yelimlangan. Birikmaning eni b = 10 mm, yelim qalinligi 0,1 mm. birikmaning mustahkamligidan uning o‘lchamlarini hisoblang.
Yechish. (8.12) – jadvalda birikma 60 sutka qotganiddan keyin deb qabul qilamiz.
,
l = 16 mmdeb qabul qilamiz.
2 – masala. Alyuminiy detalga epoksid yelim bilan birikma biriktirilgan. Ta‘sir etuvchi kuch F =5 kN, yelim qalinligi 0,15 mm, birikma eni b = 20 mm, uning uzunligini hisoblang. l = ?
Yechish: (8.12) – jadvaldan tanlaymiz.
,
l = 26 mm deb tanlaymiz.
9. Payvand birikmalarni hisoblash.
Payvand birikmalar ajralmaydigan birikmalarga kiradi. Ular payvandlanib tayyorlanadi va qo‘shimcha bog‘lovchi detallarni talab qilmaydi.
Mashinisozlikda payvand birikmalarning ikki turi keng tarqalgan: yoyli va kontaktli payvandlash. Elektr yoy payvandlar elektr yoy issiqligi yordamida metallni erishiga asoslangan. Kontakt payvandlash detallarning tutashish joyida yuqori Om qarshiligidan foydalanishga asoslangan. Om qarshigi asosida detallarning tutashuvidagi katta issiqlik ularni plastik (yumshoq) holda keltiradi va keyingi detallarga bosim kuchi bilan ta‘sir etish oqibatida ular bir biriga yopishib yoki payvandlanib qoladi.
Payvand birikma eng ma‘sul ajralmaydigan birikma hisoblanadi: payvand birikmalarda detallarning teng mustahkamlik sharti bajariladi; payvandlangan detalda massa va birikmaning tannarxi kamayadi.
Payvandlash faqat birikmalar hosil qilish usuli bo‘lmay, detallarni tayyorlash usuli ham hisoblanadi. Payvand birikmalar ko‘p hollarda quyma va bolg‘alangan detallarni almashtirishga imkon yaratadi.
Uchma-uch payvand birikmalarni mustahkamlikka hisoblash
Uchma – uch payvand birikma eng sodda va ishonchli hisoblanadi. Uni iloji bo‘lgan hollarda qo‘llagan ma‘qul. Bu birikmalarni biriktirayotgan detallar qalinligiga qarab ularning chetlariga ishlov berib yoki ishlov bermasdan qo‘llash mumkin.
Uchma-uch payvand birikmalar normal kuchlanish ta‘siridan ishdan chiqishi mumkin. Bu kuchlanishlar quydagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi:
cho‘zilishda
; (9.1)
egilishda
; (9.2)
Formulalarda b va biriktirilayotgan detalning eni va qalinligi; birikmaga ta‘sir qiladigan chozuvchi kuch, birikmaga ta‘sir qiluvchi eguvchi moment; payvand kuch uchun ruxsat etilgan kuchlanish. Uning qiymatlari jadvallarda payvandlanayotgan materialga qarab beriladi. Payvand chokda chok uchun ruxsat etilgan kuchlanishga nisbati payvand birikmaning mustahkamlik koeffitsienti deyiladi
; (9.3)
Odatda - bo‘ladi.
Agar birikmaning mustahkamligini oshirish zarur bo‘lsa, u holda qiyshiq rasm qo‘llanadi (9.1-rasm). Ko‘pincha qiyshiq chokda bo‘ladi.
|
9.1-rasm. Qiyshiq chok joylashishi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |