Amaliy mashgulot №2 baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish nafas olish va yurak faoliyatining tо‘xtashi


Download 30.05 Kb.
bet3/4
Sana14.10.2023
Hajmi30.05 Kb.
#1703168
1   2   3   4
Bog'liq
2 (3)

Yaralanish va qon ketishi

Yaralar yuzaki (faqat teri yoki parda shikastlansa) va chuqur bо‘ladi. Chuqur yaralar ichkariga о‘tishi mumkin va ichki a’zolarning shikastlanishi bilan kuzatiladi. Yaralantirish quroliga va tо‘qimalarning jarohatlanishiga qarab ular kesilgan, chopilgan, yirtilgan (tilingan), teshilgan, lat yegan va tishlangan (chaqilgan) larga ajratiladi.О‘qdan yaralanish alohida kо‘rinishga ega, ular teshib о‘tuvchi va “kо‘r” bо‘ladi.


Belgilari. Har qanday yaralanish og‘riq bilan kuzatiladi. Og‘riq darajasi va uni sezish uning о‘lchami, xarakteri va yaralanish joyiga bog‘liq. Ba’zan jabrlanganning og‘ir ahvolini keltirib chiqaradigan kuchli og‘riq bо‘ladi. Yaralanish muhim alomati bо‘lib qon ketishi hisoblanadi, qon ketishining kuchliligi va xarakteri qon tomirlarining jarohatlanish turiga bog‘liq bо‘ladi.
Birinchi yordam qon ketishini tо‘xtatish va yaraning ikkilamchi ifloslanishidan himoyalashdan iborat.
Qon ketishini tо‘xtatish. Arterial, vena, mayda va parenximatoz qon oqishlariga ajraladi. Arterial qon ketishi ancha xatarli bо‘lib, alvon rangli qon yaradan о‘qting‘о‘qtin otilib chiqadi.Vena qon ketishida tо‘q qizil rangli qon yaradan qon tо‘xtovsiz sekin oqadi. Mayda tomirlar shikastlanganda qon butun yara sathiidan sizib chiqadi. Parenximatoz qon ketishi jigar, о‘pka va boshqa organlarning shikastlanishidan sodir bо‘ladi.
Tashqi qon ketishda qon tashqariga teri yarasidan yoki shilliq pardalardan chiqadi, ichki qon ketishda esa – qorin bо‘shlig‘iga va tо‘qimalarga ketadi. Yaralanganda birinchi vazifa,vaqtinchalik bо‘lsa ham, iloji boricha qon ketishini tо‘xtatishdan iborat.
Mayda qon tomirlaridan qonketishini tо‘xtatish uchun bosuvchi bog‘lovchilarni yaraga qо‘yish va yaralangan joy tepasini barmoqlar bilan bosish lozim. Yaraga antiseptik biologik tampon qо‘yish yaxshi qon tо‘xtatish tasiridir. Bosuvchi bog‘lov qо‘yishdan oldin yara atrofi yod aralashmasi bilan artiladi, doka va paxta о‘rnatilib qisib bog‘lanadi. Agar yarada boshqa narsalar (shisha sinig‘i, metall va b.) mavjud bо‘lsa bosuvchi bog‘lov qо‘yib bо‘lmaydi. Vaqtinchalik arterial qon ketishini tо‘xtatish uchun arteriya qon tomirini suyakka bosib qisish qо‘llaniladi. Bu usulda jgut qо‘yish bilan ham amalga oshiriladi. Odatda qon tomirlari chuqur joylashmagan joylarda bosib qisish qо‘llaniladi. Arteriyalarni bosish bir emas, balki bir yoki ikkala qо‘l bir necha barmoqlari bilan bajariladi (6-rasm), bazida esa musht bilan. 7-rasmda odam gavdasida arteriyalar bosiladigan joylar kо‘rsatilgan. Bо‘yinning yuqori va о‘rta qismidagi, jag‘ osti va yuzdagi jarohatlardan kuchli qon ketishda umumiy uyqu arteriyasini bosish qulay. Yordam berayotgan shaxs uyqu arteriyasini о‘rta va bosh yoki 2- hamda 4- barmoqlari bilan jarohatlangan tomonga bosadi. Barmoqni umurtqa pog‘onasi tomon bosish lozim, bunda uyqu arteriyasi 6-bо‘yin umurtqasining kо‘ndalang о‘simtasiga bosiladi. Yelka bо‘g‘imi, о‘mrov osti va qо‘ltiq hamda yelkaning yuqori 1/3 qismi jarohatlaridan kuchli qon ketishda о‘mrov suyagi osti bosiladi. Bu jarayon bosh yoki 2- va 4-barmoqlar yordamida о‘mrov suyagi usti chuqurchasida amalga oshiriladi. Yelka arteriyasini bosish yelkaning о‘rta va pastki 1/3 qismida, bilak va qо‘l panjasidagi jarohatlardan qon ketishda qо‘llaniladi. Yelka arteriyasi yelka suyagiga bosiladi. Oyoqdagi jarohatdan kuchli qon ketganda son arteriyasi bosh barmoq yoki musht bilan bosiladi. Har ikkala holatda ham chov bilan yonbosh suyagining bо‘rtib turgan oralig‘i о‘rtasi bosiladi. Bosh barmoq bilan bosib turganda bosimni kuchaytirish uchun ikkinchi qо‘lning bosh barmog‘ini ham qо‘yib bosish mumkin. Qon ketishni vaqtincha tо‘xtatishning birdan-bir usuli bо‘lib, ulardan tana, boshning sochli qismidagi jarohatlarni bog‘lashda foydalaniladi. Qon ketishni tо‘xtatuvchi jgutlar bog‘lash-oyoq-qо‘llardagi (10-rasm) yirik arteriyalar shikastlanganda qon ketishni vaqtincha tо‘xtatishning asosiy usulidir. Rezina jgut qalin rezina naycha yoki lentadan tashkil topgan, uzunligi 1-1,5 m, bir uchiga ilgak, ikkinchisiga esa metall zanjircha ulangan bо‘ladi. Qо‘l yoki oyoqqa oldin biron narsa (kiyim, bint va b.) qо‘yib, rezina jgutni chо‘zib, tarang ushlab turgan holatda bir necha bor aylantirib, yonma-yon jips qilib (orasida teri birmalanib qolmasligi uchun) о‘raladi. Jgut uchlari zanjirchani xalqachaga ilib mahkamlanadi. Rezina jgut bо‘lmasa mavjud materiallar (kamar, arqon, bint, dastrо‘mol va b.) foydalanish mumkin. Bunda ular uchini tugib bog‘lanadi yoki chillakcha yordamida burab qо‘yiladi. Jgut jarohatdan yuqoriga, lekin unga yaqinroq qо‘yiladi. Agar u bо‘shroq bog‘langan bо‘lsa, arteriya tо‘la siqilmaydi va qon ketish davom etaveradi, ammo venalar jgut bilan siqilib qolgani uchun qо‘l-oyoq qonga tо‘lishadi, tomirdagi bosim oshadi va qon ketishi kuchayadi, oyoq-qо‘l terisi (venalar qonga tо‘lishi tufayli) kо‘karadi. Jgut qattiq siqib qо‘yilsa uning ostidagi tо‘qimalar, shu jumladan nervlar ham shikastlanadi, natijada oyoq-qо‘l falajlanishi mumkin. Jgut tо‘g‘ri qо‘yilsa qon ketish bir zumda tо‘xtaydi, oyoq-qо‘l terisi esa oqaradi. Jgutni 2 soatdan ortiq qoldirmaslik kerak. Unga qо‘yilgan vaqti yozilgan bir varaq qog‘oz yopishtiriladi. Shikastlangan odamni jgut qо‘yilgandan keyin 2 soat davomida davolash muassasiga olib borishning iloji bо‘lmasa, jgutning 2-5 minutga yechib qо‘yish lozim, keyin yana oldingi joydan bir oz yuqoriga qо‘yiladi. Jadal suratda qо‘l-oyoqni bukish qon ketishni vaqtincha tо‘xtatish usuli sifatida asosan qо‘l, ba’zan oyoqdan qon ketganda qо‘llaniladi. Bilak va qо‘l panjasidagi jarohatdan qon ketganda tirsak bо‘g‘imini mumkin qadar oxirigacha bukib, uni mahkam tortib turuvchi bint bilan bilakka qimirlantirmaydigan qilib bog‘lanadi. Oyoq arteriyalaridan qon ketishda oyoqni tizza bо‘g‘imida va chanoq- son bо‘g‘imida mumkin qadar bukib, shu holatda mahkam bog‘lanadi. Turli xil qon ketganda, ayniqsa qо‘l-oyoq shikastlanganda qon oqayotgan sohani balandroq kо‘tarib, tananing jarohatlangan qismini qimirlatmaslik kerak. Tashqi va ayniqsa ichki qon ketishda vaqtni о‘tkazmay bemorni darhol kasalxonaga olib borish lozim.

Download 30.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling