Amaliy mashgulot №2 baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish nafas olish va yurak faoliyatining tо‘xtashi


Yarani ikkilamchi ifloslanish (infeksiyadan) saqlash


Download 30.05 Kb.
bet4/4
Sana14.10.2023
Hajmi30.05 Kb.
#1703168
1   2   3   4
Bog'liq
2 (3)

Yarani ikkilamchi ifloslanish (infeksiyadan) saqlash. Yaralangan tana qismini yalang‘ochlantiriladi zarur bо‘lsa, chokidan qirqiladi. Bog‘lashdan oldin tana terisi tozalanadi. Burama qisib о‘ralgach yara atrofi 0,5%li nashatir spirti, spirt yoki aroq bilan tozalanib, terisi yod eritmasi bilan suriladi. Agar iloji bо‘lsa penitsilin upasi sepiladi. Yaradagi begona narsalar qon ketmasligi uchun olinmaydi. Kichik yaralarni yod surib yopishqoq plastir yopishtirib, kollodiy surish yoki BF-6 yelimidan bir tomchi tomizish kerak. Katta yaralarni bog‘lama bilan bekitish lozim. Buning uchun shaxsiy dori qutisidagi bog‘lamadan foydalanish qulay (12-rasm).
Travmatik amputatsiya. Baxtsiz hodisalar tufayli bazan bо‘g‘imlar qismini tо‘liq yoki qisman uzilish hollari barmoqlar yoki bо‘g‘imlarda kuzatiladi. Bunday holatda ham avvalambor qon ketishini tо‘xtatish va bog‘lab qо‘yish lozim. Agar tо‘liq uzilmagan bо‘lsa, uni sterillangan materialga о‘raladi va iloji bо‘lsa sovuq joyga qо‘yish kerak. Agar bо‘g‘im tо‘liq uzilgan bо‘lsa, yuqoridagi ishlarni bajargach, uzilgan tana qismini sterillangan materialga о‘rab saqlab qolish kerak. U va bu holatda ham bemorni tezda kasalxonaga yetkazib, keyinchalik jarrohlar bо‘g‘imlarni tiklashga harakat qilishlari kerak. Keng yaralanishda infeksiya tushishining oldini olish maqsadida 1-2 tabletka antibiotik ichirish, va jarohatlangan joyga transport shina qо‘yiladi. Keyin infeksiya tushishiga qarshi emlash zarur.


Shikastlanish. Bо‘g‘inlarning (paylarning) chо‘zilishi va uzilishi

Shikastlanish yiqilish yoki qattiq predmetga urilishdan paydo bо‘ladi. Odatda yumshoq tо‘qimalar va mayda kon tomirlari shikastlanadi va bunda shikastlangan joyda yengil og‘riq, yoyilgan shish – qontalash va harakatning chegaralanishi kuzatiladi. Ba’zan ichki a’zolar ham jarohatlanadi: qorinni shikastlash – qorin bо‘shlig‘i a’zolari shikastlanadi (ichaklar, jigar va b.); kо‘krak shikastlanishi – о‘pka jarohatlanishi; bosh shikastlanganda - bosh miyasi jarohatlanishi. Kо‘p hollarda bosh va bо‘g‘imlar shikastlanishi kuzatiladi. Keyingi vaziyatda esa qattiq og‘riq, qusish va ichki qon ketish kuzatiladi.


Yumshoq tо‘qimalar va mayda kon tomirlari shikastlanganda shikastlangan joyga sovuq narsa qо‘yiladi, qontalash joyga bosuvchi bog‘lamalar bog‘lanadi. Shikastlangan joyni kо‘tarib qо‘yish (osish) tinchlantiradi.
Ichki a’zolar jarohatlanganda bemor tibbiy muassasaga yuboriladi.Unga suv va ovqat berish ta’qiqlanadi.
Bо‘g‘inlarning chо‘zilishi va uzilishi odatda oyoqning bukilish joylarida bо‘g‘inlarning chо‘rt harakati natijasida sodir bо‘ladi.
Alomatlari: tezkor о‘tkir og‘riq, bо‘g‘inlar harakati chegaralangan va og‘riq, shish paydo bо‘lishi bilan kechadi.
Birinchi yordam – shikastlangan joyga sovuq narsa qо‘yish va bog‘lash, transport shinasini qо‘yib bо‘g‘inni tinchlantirish zarur.


Tana a’zolarining chiqishi va sinishi


Bо‘g‘inlarni hosil qiluvchi suyak qismlari uchi normal holatiga nisbatan siljishi chiqish deb yuritiladi. Bu bо‘g‘inning tezkor chо‘rt harakati, balandlikdan tik oyoqda yiqilish, bо‘g‘inlardagi zarb va boshqalar natijasida sodir bо‘ladi. Kо‘proq yelka, tirsak va bо‘ksa-boldir bо‘g‘inlarida kuzatiladi. Ba’zan chiqish sinish bilan birga rо‘y beradi.
Download 30.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling