Amaliy mashgulot №2 baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish nafas olish va yurak faoliyatining tо‘xtashi


Download 30.05 Kb.
bet2/4
Sana14.10.2023
Hajmi30.05 Kb.
#1703168
1   2   3   4
Bog'liq
2 (3)

Govard usulida jabrlanuvchi yelkasi tagiga valik (о‘ram) qо‘yilib yelkasiga yotqiziladi. Yordam kо‘rsatuvchi jabrlanuvchining bо‘ksasi ustiga tizzalab joylashadi, qо‘llarining yuza qismini pastki qovurg‘alarining siydik yо‘lining ikki yoniga qо‘yadi. Keyin oldinga engashib, butun tana og‘irlig‘i bilan kо‘krak qafasiga qо‘llarining yuzasi bilan 2-3 sekund davomida bosadi (nafas chiqadi). Keyin kо‘krak qafasiga bosish birdan tо‘xtatiladi, jabrlanuvchi kо‘krak qafasi kengayadi – nafas olish rо‘y beradi.
Silvester usulida jabrlanuvchi, yelka kuraklari burchagi rо‘parasiga о‘rama qо‘yilib, boshi birmuncha orqaga tashlanib, yelkasiga yotqiziladi. Yordam kо‘rsatuvchi jabrlanuvchining boshi orqasida tizzalabjoylashadi, uning qо‘lining old tirsaklari pastidan – qо‘l bо‘g‘inidan tutadi va qо‘llarini boshi orqasiga tortib olib boradi – nafas olishi rо‘y beradi, keyin jabrlanuvchining tirsaklaridan bukilgan qо‘llari yuzasini kо‘krak qafasiga tekizdiradi – nafas chiqarish kuzatiladi (3b - rasm). Bunday harakatlar 1 minutga 12-14 marotabadan takrorlanadi. Bu Silvester usulini yel kaning ustki bо‘g‘inlari shikastlanganda qо‘llab bо‘lmaydi.
Shefer usulida jabrlanvchini qorni bilan oldga qaratib yotqiziladi, boshini esa yon tomonlarga buradi. Yordam kо‘rsatvchi yuzi bilan jabrlanvchi boshiga qarab tizzalab joylashadi, tо‘g‘irlangan (uzatilgan) jabrlanuvchining qо‘llari yuzasini pastki bо‘ksalariga qо‘yadi va gavdasi bilan oldinga engashib qovrg‘alariga bosadi – nafas chiqarish sodir bо‘ladi. Keyin, orqaga tisarilib qо‘llarini qо‘llarini ajratib olmasdan qovurg‘alarga bosishni tо‘xtatadi – kо‘krak qafasi tо‘g‘irlanadi va nafas olishiga yordam beradi. Silvester, Shefer va Govard usullarini kо‘krak qafasi jarohatlanganda qо‘llab bо‘lmaydi.
Yurak (tashqi)massajiyurak tо‘xtashi kuzatilgan holda darrov bajarish lozim. Jabrlanvuchini qattiq tekislikka yelkasi bilan yotqiziladi. Yordam kо‘rsatuvchi jabrlanuvchining chap yoniga tizzalab joylashadi va ikkala qо‘li yuzasini kо‘kragining uchdan bir qismiga ustma-ust qilib qо‘yadi. Massaj kо‘krak bilan umurtqa о‘rtasini bir xil ritmda bosishdan iborat. Buning uchun qо‘llarining yuzi bilan kо‘kragiga (tez-tez itarish yо‘li bilan minutiga 60-80 martadan) bosiladi. Har bir ezg‘ilashdan keyin qо‘llarini kо‘krak qafasidan uzib oladi, keyin yana kо‘kragiga bosadi va h. Tashqi massajdan keyin yurak faoliyati tiklanadi, teri qoplamasining kо‘karganligi va oqarganligi yо‘qoladi, yurak urishi va yirik qon arteriyalarida tomir urishi paydo bо‘ladi, kо‘z qorachiqlari torayadi.



Download 30.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling