Amaliy mashg’ulot №2 Mavzu: Tеrmоkimyo. Kimyoviy kinеtikа vа muvоzаnаt. Elеktrоlit eritmаlаr vа tuzlаrning gidrоlizi. Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri


Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori


Download 1.11 Mb.
bet33/35
Sana23.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1113381
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
2-Amaliy mashg’ulot

Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori

Li, Cs, K, Ca, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Fe, Ni, Sn, Pb, H Cu, Hg, Ag, Pt, Au
Metallarni reaksion qobiliyatiga qarab:
1) Oddiy sharoitda suv bilan ham kislotalar (HNO3 dan tashqari) bilan ham reaksiyaga kirishib vodorodni siqib chiqaradigan metallar–Li Na K Ba Ca Mg (ishqoriy va ishqoriy-yer metallar (Be dan tashqari)).
2) Oddiy sharoitda suv bilan reaksiyaga kirishmaydi va kislotalar (HNO3 dan tashqari) bilan reaksiyaga kirishib vodorodni siqib chiqaradigan metallar–Fe Co Cr Mn Ni Zn Be W V Mo Ti va h.k.
3) Oddiy sharoitda suv bilan reaksiyaga kirishmaydi va kislotalar bilan reaksiyaga kirishib vodorodni siqib chiqara olmaydigan metallar–Bi Cu Hg Ag Os Ir.
4) Oddiy sharoitda suv bilan ham kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishmaydigan metallar–Pt va Au.
5) Asoslar bilan reaksiyaga kirishadigan metallar-Al Be Zn Sn Pb


Galvanik elementlar. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektronlar bir atom yoki ionlardan boshqa atom yoki ionlarga o’tadi.Bunda kimiyoviy reaksiya energiyasi issiqlik energiyasigaaylanadi.Shunga o’xshash oksidlanish-qaytarilish protsesslari galvanik elementlar deb ataladigan asboblardan ham sodir bo’ladi.Bu asboblarda kimyoviy energiya elektr energiyasiga aylanadi. Galvanik elementlardagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida reaksiyaga kirishuvchi moddalar bir-biriga bevosita tegib turmaydi, hamda elektronlar oksidlovchi bilan qaytaruvchini tutashtirib turadigan metall o’tkazgich yordamida o’tadi. Galvanik elementlarning ta’sirlashuv mexanizmi metallarning kristall tuzilish xususiyati bilan chambarchas bog’liq. Ma’lumki metallarning kristallik panjaralari tugunlarida ionlar bo’ladi. Metall suvga botirilganda sirtqi qavatidagi ionlar suvning qutbli molekulalari ta’sirida metalldan uziladi, gidratlangan holatda suvli muhitga o’tadi. Buning natijasida metall yaqinidagi eritma musbat zaryadlanadi.Ionlarning suvga o’tishi natijasida metallda ortiqcha erkin elektronlar paydo bo’lib, metall manfiy zaryadlanib qoladi. Suvga o’tgan musbat zaryadli ionlar metallda manfiy zaryad vujudga kelganligi sababli qaytadan metallga tortiladi.Natijada vaqt birligida metalldan eritmaga o’tayotgan ionlar soni metallcha qaytayotgan ionlar soniga tenglashib tez orada muvozanat qaror topadi. Metall + Suv ↔ Metallning gidratlangan ionlari + elektronlar eritmada metall kristalida, metall bilan uni qurshab olgan suv muhiti orasida ma’lum darajada potensiallar ayirmasi yuzaga keladi, bu potensiallar ayirmasi metallning elektrod potensiali deyiladi. Ionlarning eritmaga o’tish tezligi ularning qaytadan metallga o’tish tezligiga teng bo’ladi, ya’ni muvozanat holatiga to’g’ri keluvchi elektrod potensiali muvozanat potensiali deyiladi. Turli metallar suv botirilganda vujudga keladigan potensiallarning qiymati turlicha bo’ladi. Metall qancha aktiv bo’lsa, uni qurshab turuvchi suv muhitiga shuncha ko’p ion o’tadi, demak, metall plastinkada paydo bo’ladigan manfiy zaryadlarning qiymati shuncha yuqori bo’ladi.Biroq barcha hollarda muvozanat qaror topganda eritmadagi metall ionlar konsentratsiyasi kam bo’ladi.Elektronlarni metalldan yo’qotish yo’li bilan muvozanatni o’ngga siljitish mumkin. Galvanik elementlarda ana shunday sharoit vujudga keltiriladi.
Oksidlanish protsessi borayotgan elektrod anod, qaytarilish protsessi borayotgan elektrod esa katod deyiladi. Hozir biz ko’rib chiqayotgan elementda anod-rux, katod-misdir. Elektrodlarda quyidagi protsesslar sodir bo’ladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling