Amaliy mashg’ulot №2 Mavzu: Tеrmоkimyo. Kimyoviy kinеtikа vа muvоzаnаt. Elеktrоlit eritmаlаr vа tuzlаrning gidrоlizi. Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri
Download 1.11 Mb.
|
2-Amaliy mashg’ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchli elektrolitlar
- Kuchsiz elektrolitlar.
Misollar:
1. Eritilgan 250 ta malekuladan 75 tasi dissotsiylangan bo’lsa, α ni aniqlang? 2. H2SO3 ning 300 g 9 % li eritmasida dissotsiylanish darajasi 12 % gat eng bo’lsa, dissotsiylangan malekulalar sonini aniqlang? 3. HNO2 eritmasida α = 7 % va unda 6 mol kislota malekulalari bo’lsa, H+ larrining miqdorini aniqlang? Elektrolitlarning α elektrolit tabiatiga, erituvchi tabiatiga, konsentratsiya, haroratga bog’liq. Ko’pchilik holatlarda α o’rnida dissotsialanish kanstantasi K qo’llaniladi. Kuchli elektrolitlar: eritmalarida deyarli to’la ionlarga ajraladigan moddalar kuchli elektrolitlar deyiladi. 1. H2O da eriydigan deyarli barcha tuzlar kuchli eletrolitlardir: Na2SO4, KCl, AgNO3. 2. H2O da eriydigan asoslar (ishqorlar) I, II- A-gruppach (Be, Mg dan tashqari) metallarining gidroksidlari kiradi. 3. Kislotalar: HJ, HClO4, HBr, HMnO4, HNO3, H2SO4, HClO3, H2Cr2O7, H2CrO4, HCl va boshqalar. Kuchsiz elektrolitlar. Eritmada qisman ionlarga ajraladigan moddalar – kuchsiz elektrolitlar deyiladi. 1. Suvda oz eriydigan asoslar ya’ni I va II-A guruhchasining metall gidroksidlaridan tashqari barcha metallarning gidroksidlari kiradi. Be(OH)2, Mg(OH)2, Fe(OH)2, Fe(OH)3, Cu(OH)2, NH4OH 2. Kuchsiz kislotalar – HCN, H2SiO3, H2CO3, HF, H2S, HNO2, HClO, CH3COOH, va boshqalar. O’rtacha kuchli H2SO3, H3PO4, HCOOH kislotalar. Elektrolitlarning α >30% bo’lganda kuchli, 3 %<α<30 % bo’lganda o’rtacha kuchli, α < 3 % bo’lganda kuchsiz elektrolitlarga kiradi. Kuchsiz elektrolitlarning α va K o’rtasida quyidagi bog’lanish mavjud. K= α2·CM Α-dissotsiylanish darajasi. K-dissotsiylanish kanstantasi. CM-molyar konsentratsiya. Masalalar: 1. HClO ning 0.1 M li eritmasida dissotsiylanish konstantasi 2·10-5 bo’lsa, H+ larining konsentratsiyasini aniqlang?
2.1M li 3l eritmada 0.4 mol SO4-2 bo’lsa, Al2(SO4)3 ning dissotsiylanish konstanmtasini aniqlang?
3. MgCl2 va AlCl3 larning eritmalari aralashmasida Cl- lari konsentratsiyasi 7 M bo’lib, Mg+2 niki 1.5 M bo’lsa, Al+3 ionining konsentratsiyasini aniqlang?
4. Hajmlari bir hil bo’lgan 1 M dan olingan K2SO4, K3PO4, KCl eritmalari aralashtirildi. Hosil bo’lgan eritmadagi K+ lirining konsentratsiyasini aniqlang? Tuzlarning dissotsiylanish darajasi tegishli ravishda 80, 85, 90 % dan bo’lganda.
30> Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling