Amaliy mashg’ulot №2 Mavzu: Tеrmоkimyo. Kimyoviy kinеtikа vа muvоzаnаt. Elеktrоlit eritmаlаr vа tuzlаrning gidrоlizi. Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri


Download 1.11 Mb.
bet22/35
Sana23.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1113381
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
2-Amaliy mashg’ulot

Tuzlar gidrolizi. Tuzlarning suv bilan ta’sirlashib kuchsiz elektrolit hosil qilishiga – tuzlar gidrolizi deyiladi. Gidro – suv, lizis – parchalanish. Bu moddaning suv ta’sirida bir necha moddalarga parchalanishi deganidir. Anorganik moddlarning asosiy sinflaridan oksidlar, asoslar va kislotalar gidrolizlanmaydi. Ular suvda eriganda gidratlanadi. Oksidlar gidratlanganda suv bilan reaksiyaga kirishib tegishli oksidning gidratini hosil qiladi. Asoslar va kislotalar suvda eriganda ya’ni gidratlanganda faqat ularning eritmalari hosil bo’ladi. Tuzlarni hosil bo’lishiga ko’ra 4 guruhga ajratishimiz mumkin shuning uchun ularning qaysilari gidrolizga uchraydi shuni bilishimiz kerak.
Undan avval qaysi kislota kuchli qaysi kislota kuchsiz ekanligini aniqlashimiz kerak. Kislorodli kislotalarning kuchini kislota tarkibidagi kislorod atomlari sonidan vodorod atomlari sonini ayirganimizda 2 va undan katta son chiqsa, bu kislota kuchli kislota hisoblanadi. Agarda, 2 dan kichik son chiqsa, demak u kuchsiz kislota hisoblanadi. Masalan: H2SO4 bu kislotada 4 ta kislorod va 2 ta vodorod atomlari bor. Ayirmasi 4-2=2 2 chiqadi, demak bu kislota kuchli kislota ekan. H2CO3 karbanat kislotada 3-2=1 2 dan kichik son chiqadi. Karbanat kislota kuchsiz kislota hisoblanadi. Organi karbon kislotalarning hammasi kuchsiz kislotalardir. Kislorodsiz kislotalarning kuchini aniqlash uchun davriy sistemadagi joylashishiga qaraladi. Davriy sistemada guruhlarda joylashgan kislotalar gruppa no’meri oshgan sari kislotalik ham ortib boradi.
Masalan: HF, HCl, HBr, HJ shu tartibda kislotalik hossasi ortib boradi. Bulardan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizini ko’rib chiqamiz.
- Kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuzlar. Ya’ni NaCl, K2SO4, Ba(NO3)2, LiCl va boshqa tuzlarni keltirishimiz mumkin.
● Kuchli asos (NaOH, KOH, RbOH, CsOH, FrOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2, Ra(OH)2 LiOH) va kuchli kislota (HClO4, H2SO4, H2S2O7, HNO3, HI, HBr, HCl, HMnO4, HIO4 (H5IO6), H2CrO4, H2Cr2O7, HClO3, HBrO3, HIO3, H2MnO4) dan hosil bo‘lgan tuzlar. Masalan: Ca(NO3)2, KBr, NaCl, Cs2SO4, KMnO4, BaI2 va h.k. Bunday tuzlar gidrolizga uchramaydi. Eritma muxiti neytral bo‘ladi, lakmusni rangini o‘zgartirmaydi. Bunday tuzlar suvda eriydi, lekin suv ta’sirida parchalanmaydi.
● Kuchli asos (NaOH, KOH, RbOH, OH, FrOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2, Ra(OH)2 LiOH) va kuchsiz kislota (HF, H2SiO3, H3PO4, H2CO3, H2SO3, H2S, HCN, CH3COOH, H2C2O4 va h.k.)dan hosil bo‘lgan tuzlar. Masalan: NaF, SrCO3, Cs2SO3, BaS, CH3COOK va h.k. Bunday tuzlar gidrolizga uchraydi. Gidroliz anion (kislota qoldig‘i) hisobidan boradi. Bunday tuzlarning gidroliz reaksiyasi qaytar jarayon bo‘lib, oxirigacha bormaydi. Muxit ishqoriy bo‘ladi, lakmusni rangini ko‘k rangga bo‘yaydi.
BaS + 2H2O = Ba(OH)2 + H2S↑
Ba+2 + S–2 + 2H2O = Ba+2 + 2OH + H2S↑
S–2 + 2H2O = 2OH + H2S↑
● Kuchsiz asos (Fe(OH)2, Be(OH)2, Co(OH)2, CuOH, Cd(OH)3, HgOH) va kuchli kislota (HClO4, H2SO4, H2S2O7, HNO3, HI, HBr, HCl, HMnO4, HIO4 (H5IO6), H2CrO4, H2Cr2O7, HClO3, HBrO3, HIO3, H2MnO4) dan hosil bo‘lgan tuzlar. Masalan: Cu(NO3)2, ZnBr2, BeCl2, FeSO4, CrI2 va h.k. Bunday tuzlar gidrolizga uchraydi. Gidroliz kation (metall ioni) hisobidan boradi. Bunday tuzlarning gidroliz reaksiyasi qaytar jarayon bo‘lib, oxirigacha bormaydi. Muxit kislotali bo‘ladi, lakmusni rangini qizil rangga bo‘yaydi.
FeSO4 + 2H2O = Fe(OH)2 + H2SO4
Fe+2 + SO42– + 2H2O = Fe(OH)2↓ + 2H+ + SO42–
Fe+2 + 2H2O = Fe(OH)2↓ + 2H+
● Kuchsiz asos (Fe(OH)2, Be(OH)2, Co(OH)2, CuOH, Cd(OH)3, HgOH) va kuchsiz kislota (HF, H2SiO3, H3PO4, H2CO3, H2SO3, H2S, HCN, CH3COOH, H2C2O4 va h.k.)dan hosil bo‘lgan tuzlar. Masalan: FeCO3, CuSiO3, CdS, Be(CN)2 va h.k. Bunday tuzlar gidrolizga uchraydi. Gidroliz ham kation (metall ioni) hisobidan, ham anion (kislota qoldig‘i) hisobidan boradi. Bunday tuzlarning gidroliz reaksiyasi qaytmas jarayon bo‘lib, oxirigacha boradi. Muxit deyarli neytral bo‘ladi, lakmusni rangini o‘zgartirmaydi.
CuSiO3 + 2H2O = Cu(OH)2↓ + H2SiO3
Cu+2 + SiO32– + 2H2O = Cu(OH)2↓ + H2SiO3
● Birgalikda gidroliz – ikkinchi va uchinchi tuzlar aralashmasining birgalikdagi gidrolizi. Bunday holatda gidroliz oxirigacha boradi. Muxit neytral bo‘ladi, lakmusni rangini o‘zgartirmaydi.
BaS + FeCl2 + 2H2O = BaCl2 + Fe(OH)2↓ + H2S↑
Ba+2 + S–2 + Fe+2 + 2Cl- + 2H2O = Ba+2 + 2Cl- + Fe(OH)2↓ + H2S↑
S–2 + Fe+2 + 2H2O = Fe(OH)2↓ + H2S↑

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling