Amaliy mashg’ulot №2 Mavzu: Tеrmоkimyo. Kimyoviy kinеtikа vа muvоzаnаt. Elеktrоlit eritmаlаr vа tuzlаrning gidrоlizi. Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri


Download 1.11 Mb.
bet25/35
Sana23.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1113381
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
2-Amaliy mashg’ulot

Reaksiya

Ta’rif

Misollar

Molekulalararo

Oksidlovchi va qaytaruvchi turli moddalarda bo’ladigan reaksiyalar kiradi.




Ichki molekulyar

Oksidlovchi va qaytaruvchi bitta moddaning o’zida bo’ladi.




Disproportsiyalanish

Bitta element atomining oksidlanish darajasi bir vaqtning o’zida ham ortadi va ham kamayadi.






Sinproportsiyalanish

Ayni elementning turli oksidlanish darajasidagi atomlari bir hil oksidlanish darajasiga o’tishi.





Oksidlanish–qaytarilish bir-biriga bog’liq jarayondir.
Masalan :
1) 2)
Bu reaksiyada magniy xlorga elektron berib qaytaruvchi, xlor bu elektronlarni qabul qilib oksidlovchi, ikkinchi reaksiyada esa vodorod qaytaruvchi, mis ioni oksidlovchidir. Element atomi oksidlanganda uning oksidlanish darajasi ortadi, qaytarilganda esa oksidlanish darajasi pasayadi. Masalan:
Sn+2 - 2ē = Sn4+ bu jarayonda qalayning oksidlanish darajasi +2 dan +4 gacha ortdi,
Cr+6 + 3ē =Cr3+ jarayonda xromning oksidlanish darajasi +6 dan +3 gacha kamayadi.
Element atomi o’zining eng yuqori oksidlanish darajasida (masalan: S6+, P5+, Cl7+, Cu2+, Mn7+ ionlarda) boshqa elektron yo’qota olmaydi va fakat oksidlovchi xossasini namoyon qiladi va aksincha, element atomi o’zining eng kichik oksidlanish darajasida o’ziga elektron qabul qila olmaydi va faqat qaytaruvchi xossasini namoyon qiladi. Agar element atomi o’zining o’rtacha oksidlanish darajasiga ega bo’lsa, u eritmaning muxitiga qarab yo oksidlovchi yoki qaytaruvchi xossasini namoyon qiladi.
Qaytaruvchidan oksidlovchiga elektronlar o’tganda odatda reaksiyada ishtirok etayotgan elementlarning valentligi o’zgaradi. Lekin oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarida element valentligi o’zgarmay qolishi mumkin. Masalan :

  • Н02+Сl02=2НСl

  • СН4+2О2=СО22О

  1. Birinchi reaksiyada vodorod va xlorning valentligi reaksiyadan oldin xam keyin xam birga teng. Metanning yonish reaksiyasida uglerod, kislorod va vodorodlarning valentliklari o’zgarishsiz qolyapti. Lekin bu reaksiyalarda atomlarning xolatlari o’zgaradi. Demak, molekulada atom xolatini valentlik tushunchasi to’liq tushuntira olmaydi. Shuning uchun xam, oksidlanish–kaytarilish reaksiyalarida oksidlanish darajasi tushunchasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Valentlik kovalent bog’lanishda (musbat yoki manfiy) ishoraga ega emas. U faqat bosim sonini ko’rsatadi. Kimyoviy bog’lanishda esa elektronlar elektromanfiyroq element atomiga siljigan bo’ladi, natijada atomlar ma’lum zaryadga ega bo’ladi.

  2. Quyidagi misollar valentlik bilan oksidlanish darajasini farqini yaqqol ko’rsatadi.

  3. Azot molekulasida ikkita azot atomi o’zaro uch juft elektron orqali birikkan. Uning oksidlanish darajasi nolga teng. Chunki kimyoviy bog’ xosil qilgan umumiy elektron jufti xar ikki azot atomidan bir xil masofada joylashgan.

Gidrazin-2Н4 molekulasida, xar bir azot atomining valentligi uchga teng, oksidlanish darajasi esa minus ikkiga teng chunki xar bir azot vodorod bog’da umumiy elektron jufti azot atomi tomon siljiydi. Oksidlanish darajasi musbat, manfiy, nol va kasrli bo’lishi mumkin. Umumiy elektron juftini o’ziga tortgan elektr manfiyrok element manfiy (-) va ikkinchi element musbat (+) oksidlanish darajasiga ega bo’ladi. Bu qiymatlar odatda element simvolining tepasiga yoki yuqoriga (o’ng burchagiga ) raqam oldidan plyus yoki minus ishorasi qo’rsatib yozib qo’yiladi. Masalan, Cr6+О2-3, Н02 bularda kislorodning oksidlanish darajasi –2, xromning oksidlanish darajasi +6 va vodorodniki 0 ga teng. Kimyoviy birikmada yoki eritmada xaqiqiy bo’lgan ionlarni ko’rsatish uchun plyus va minus ishorasi rakamdan keyin yoziladi. Masalan :Fe3+, Mn 2+, SO2-4 , MnO-4, Cl-, Na+ va boshqalar.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling