Amaliy mashg’ulot №2 Mavzu: Tеrmоkimyo. Kimyoviy kinеtikа vа muvоzаnаt. Elеktrоlit eritmаlаr vа tuzlаrning gidrоlizi. Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri
Download 1.11 Mb.
|
2-Amaliy mashg’ulot
Ion-elektron metodi.Eritmada boradigan oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining to’liq molekulyar tenglamalarini tuzishda elektron-balans metodidan foydalanib oksidlanish darajasi tu-shunchasini ishlatish o’zining fizik ma’nosini yo’qotadi. Chunki elektron balans metodida ishlatiladigan Cr6+, Mn7+, N5+ va boshka kationlar eritmada umuman bo’lmaydi. Ular suvli eritmada suvning kislorodi bilan birikib, CrO-4,MnO-4, NO-3 ionlar holida mavjud bo’ladi. Bundan tashqari, electron-balans metodi oksidlanish-qaytarilish protsessida gidroksid va vodorod ionlari xamda suv molekulalarining rolini ko’rsatmaydi. Shuning uchun xam suvli eritmalarda boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishda ion-elektron metodidan foydalanish maksadga muvofikdir. Bu metodda koeffitsiyentlar ion-elektron tenglama yordamida topiladi. Ion-elektron tenglamaning elektron-balans tenglamadan farqi shuki, unda elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga binoan suvli eritmada xaqiqatdan mavjud bo’lgan ionlar yoziladi. Ion-elektron metodi yordamida eritmalarda boradigan oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining to’liq tenglamalarini tuzish uchun quyidagi tartibga rioya qilish kerak.
1. Reaksiya uchun olingan va reaksiya natijasida xosil bo’ladigan maxsulotlarning tarkibini bilish, ya’ni reaksiyaning molekulyar tenglama yozish zarur. 2. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga binoan reaksiyaning ion sxemasini yozish kerak. 3. Ayrim xolda oksidlanish–qaytarilish protsesslarini ion-elektron tenglamasini yozishda quyidagilarga asoslanadi. a) Ayni element atomlarining soni tenglamaning o’ng va chap tomonlarida teng bo’lish kerak.(«material balans») b) Reaksiya uchun olingan modda tarkibida kislorod kam bo’lsa, kislotali muxitda (vodorod ioni bilan birikib) suv xosil kiladi. Neytral yoki ishqoriy muhitda esa ajralib chiqqan kislorod suv bilan birikib, gidroksid gruppani hosil qiladi. v) Reaksiya uchun olingan modda tarkibida kislorod ko’p bo’lsa kislotali va neytral muxitda suv, ishqoriy muxitda gidroksid-ioni xosil bo’ladi. g) oksidlanish va qaytarilish protsesslarining umumiy zaryadi tenglamaning chap va o’ng tomonlarida bir-biriga teng bo’lishlari kerak («elektrik balans»). 4. Oksidlanish va qaytarilish protsesslarini ion-elektron tenglamalari birgalikda yozilib, oksidlovchi va qaytaruvchi oldiga yoziladigan koeffitsiyentlar topiladi. Uni aniqlashda qaytaruvchi yo’qotgan elektronlar soni oksidlovchi qabul qilgan elektronlar soniga teng bo’lishi nazarda tutiladi. 5.Protsesslarning o’ng va chap tomonlarini aniqlangan koeffitsiyentlarga ko’paytirib, ularni birgalikda yoziladi. Natijada qisqa ion tenglama xosil bo’ladi. Reaksiyaning to’liq ion va molekulyar tenglamalari yoziladi. 1.Molekulyar tenglama to’gri yozilganligini xar qaysi element atomlari soni orqali tekshiriladi. Ko’pincha kislorod atomlari sonini xisoblash bilan chegaralanadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling