Amaliy mashg’ulot №2 Mavzu: Tеrmоkimyo. Kimyoviy kinеtikа vа muvоzаnаt. Elеktrоlit eritmаlаr vа tuzlаrning gidrоlizi. Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri
Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri
Download 1.11 Mb.
|
2-Amaliy mashg’ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oksidlanish daraja
4. Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bo’yicha ham bo’linadi. - Oksidlanish darajasi o’zgarmasdan boradigan reaksiyalar. - Oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan yani oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. - Oksidlanish darajasi o’zgarmasdan boradigan reaksiyalar- bularga alamashinish, ko’pchilik ajralish va parchalanish reaksiyalari kiradi. - Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari- elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalar kiradi. Oksidlanish daraja- atomning elektron berishi yoki qabul qilishi natijasida atomda hosil bo’ladigan shartli zaryadga aytiladi. Agar atomga ē biriksa, manfiy (-) zaryad, atom ē bersa, musbat (+) zaryadga ega bo’ladi. Agar murakkab burikmalardagi elementning qaysi biri ē berib musbat, ē qabul qilib manfiy zaryadlanishini shu elementning nisbiy elektomanfiylik qaymatiga bog’liq. Qaysi elementning nisbiy elektromanfiyligi katta bo’lsa, shu element ē qabul qilib manfiy zaryadlanadi. Nisbiy elektromanfiylik qiymati kichik bo’lgan element ē larini berib musbat zaryadlanadi. Oksidlanish darajasining son qiymati atom bergan yoki qabul qilgan elektronlar soni bilan ifodalanadi. Oddiy moddalar har doim 0 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. M: N20, O20, P0, Si0, Fe0, Cu0 va boshqalar. Metallar o’z birikmalarida musbat oksidlanish darajasiga ega. Masalan: , va bosh. Vodorod ko’pchilik birikmalarida +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. , Vodorod metall gidridlarida -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Masalan: , , va bosh. Kislorod o’zining aksariyat birikmalarida -2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. , , va bosh. Kislorod ftorli birikmalarida +2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. ba’zan bo’ladi. Peroksidlarda esa, -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. va boshqalar. I-A-guruhcha elementlari har doim birikmalarida +1, II – A-guruhcha elementlari har doim +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Masalan: , , , va boshqalar. Murakkab moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasini quyida berilgan elementlarning oksidlanish darajasidan foydalangan holda topamiz. Shuni yodda tutish kerakki murakkab moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajalarining yig’indisi har doim 0 ga, murakkab ionlarda esa ionning zaryadiga teng. Masalan: KMnO4 tarkibidagi Mn ning oksidlanish darajasini quyidagicha topish mumkin: bizga K va O ning oksidlanish darajasi malum shulardan foydalanib topamiz. . Murakkab ionlarda: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron oluvchi atom, molekula yoki ionlar oksidlovchi deyiladi va ular reaksiyadan keyin qaytariladi.Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron beruvchi atom, molekula yoki ionlar qaytaruvchi deyiladi va ular reaksiyadan keyin oksidlanadi. Atom, molekula yoki ionlarning elektronlarini berish jarayoni oksidlanish jarayoni deyiladi va ularning oksidlanish darajalari ortadi: H2 -2e = 2H+ Fe+2-1e = Fe+ 3 Atom, molekula yoki ionlarnig elektronlarni biriktirib olish jarayoni qaytarilish jarayoni deyiladi va ularning oksidlanish darajalari kamayadi: So + 2e = S -2 AI+3 +3e = Al
Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling