Amaliy mashg’ulot №2 Mavzu: Tеrmоkimyo. Kimyoviy kinеtikа vа muvоzаnаt. Elеktrоlit eritmаlаr vа tuzlаrning gidrоlizi. Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri
Gаlvаnik elеmеntlаr vа mеtаllаrning kоrrоziyasi
Download 1.11 Mb.
|
2-Amaliy mashg’ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrolitlar eritmasining elektrolizi .
5. Gаlvаnik elеmеntlаr vа mеtаllаrning kоrrоziyasi
Elektrolit eritmasidan yoki suyuqlanmasidan doimiy elektr to’ki o’tganda elektrodlarda sodir bo’ladigan oksidlanish- qaytarilish jarayoniga–elektroliz deyiladi. Elektroliz so’zi ma’nosi elektr to’ki yordamida parchalash degan manoni anigatadi. Elektrolizni amalga oshiruvchi mahsus idish, elektrolizyor yoki elektrolitik vanna deb nomlangan idish elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi bilan to’ldiriladi. Unga to’k o’tkazadigan plastinka (elektrodlar) tushuriladi. Musbat qutbga ulangan elektrodga–anod deyiladi. Manfiy qutbga ulangan elektrodga–katod deyiladi. Elektrolit elektrolizyorga solinganda avval tartibsiz (havotik) harakatda bo’ladi. elektr ro’ki o’tkazilgandan song zarrachalar tartibli harakatlanadi. Musbat ionlar manfiy zaryadlangan elektrod (katod) tomon, manfiy ionlar musbat zaryadlangan elektrod (anod) tomon harakatlanadi. Shunga qarab ionlar nomlanadi. Anionlar (A-m) – anodga tortiladigan ion. Kationlar (Me+n) – katodga tortiladigan ion. Anodga kelgan anionlar elektronlarni beradi va neytral atomga yoki malekulalarga aylanadi. Katodga kelgan kationlar elektronlar olib, neytral atomga yoki malekulalarga aylanadi. Elektronlarni berish – oksidlanish, qabul qilish jarayoni qaytarilish deb ataladi. Shuning uchun eritmadan yoki suyuqlanmadan elektr to’ki o’tadi. anodda anionlarning (Am-, OH-) yoki suv malekulasining oksidlanish jarayoni boradi. Katodda kationlarning (Men+, H+) yoki suv malekulasining qaytarilish jarayoni sodir bo’ladi. Elektrolitlar eritmasining elektrolizi. Suyuqlanmalarnign elektroliziga nisbatan eritmalarning elektrolizi murakkab jarayon. Bunga sabab suv malekulasining ishtirok etishi hamda elektrod materialiga, ionlar tabiatiga, elektroliz sharoitiga (temperaturaga, eritma konsentratsiyasi, pH-muhitga, to’k kuchi) ga bog’liq bo’ladi. Bular orasida anod materialining qanday materialdan tayyorlanganiga bog’liq bo’ladi. Ajralib chiqadigan moddalrni aniqlashda quyidagi qoidalarga amal qilinadi. Katoddagi jarayonlar metallning kuchlanishlar qatoriga bog’liq. birinchi navbatda kuchlanishlar qatoridagi H2 dan o’ngda joylahsgan kam aktiv metallar kationlari qatnashadi. O’rtacha aktivlikdagi metallarning kationlari, kuchlanishlar qatorida Al va H2 oralig’ida turadiganlar suv malekulasi bilan birgalikda qaytariladilar va katodda bir vaqtning o’zida ham metall ham vodorod chiqadi. 2. Aktiv metallarning kationlari Li dan Al gacha (Al ham kiradi) suvli eritmalarining elektrolizida metall kationlari qaytarilmay uning o’rniga H2O malekulalari qaytariladi. Kislotalarning eritmalari elektrolizida katodda H+ ionlari qaytariladi. H atomlari tezlik bilan birlashib H2 hosil qiladi. Agar eritmada har xil kation bo’lsa, ularning E qiymati kamayishi tartibida qaytariladi. Dastlab kam aktiv metallarning kationlari qaytariladi. Keyin o’rtacha aktivlikdagi metallarning kationlari suv malekulalari bilan birgalikda qaytariladi. Eng ohiri suv malekulalari qaytariladi (kislotali muhitda H+). Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling