Amaliy mashg’ulot №2 Mavzu: Tеrmоkimyo. Kimyoviy kinеtikа vа muvоzаnаt. Elеktrоlit eritmаlаr vа tuzlаrning gidrоlizi. Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri


Download 1.11 Mb.
bet34/35
Sana23.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1113381
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
2-Amaliy mashg’ulot

Zn –2e = Zn2+ (oksidlanish)
Cu2+ +2e = Cu (qaytarilish)
Galvanik elementdagi reaksiya umumiy qilib quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Zn + Cu2+ = Zn2+ + Cu
Biror metallning ximiyaviy aktivligiga miqdoriy xarakteristika berish uchun standart vodorod elektrod va o’z tuzi eritmasiga botirib qoyilgan tekshirilayotgan metalldan iborat galvanik element tuzish kerak: eritmadagi metall ionlarining aktivligi 1000g suvda 1g-ion (61-rasm) bo’lishi lozim. Standart vodorod elektrod bilan o’z tuzi eritmasga botirilgan (eritmada metal ionlarining aktivligi 1000g suvda 1g-ion bo’ladi) metal orasidagi potensiallar ayirmasi metallning standart elektrod potensiali deyiladi. Standart vodorod elektrod bilan Zn2+ ionlarining aktivligi 1000g suvda 1g-ion bo’lgan ZnSO4 eritmasiga botirilgan rux elektrodidan iborat galvanik elementda potensiallar ayirmasi 0,76 v ga teng. Bu qiymat ruxning standart elektrod potensiali bo’lib, quyidagicha ifodalanadi:


E°Zn/Zn2+ = -0,76 v.
Metallarning korroziyasi va undan himoyalanish
Kо‘pchilik metallar havo, suv, kislotalar, asoslar va tuzlarning eritmalari ta’sirida yemiriladi. Bu hodisaga korroziya deyiladi. Corrodere – lotincha yemirish sо‘zidan olingan. Korroziya kimyoviy hodisa bо‘lib, ikki xil bо‘ladi. 1) Kimyoviy korroziya–neytral muxitda gaz va suyuq moddalar ta’sirida yemirilish. 2) Elektrokimyoviy korroziya–elektrolitlar yoki metallarni bir-biri ta’sirida yemirilishi.
Metallarni korroziyadan saqlash usullari:
1) Metall sirtini boshqa metall bilan qoplash–metall aktivlik qatorida о‘zidan chapdagi metall bilan qoplansa himoyalanadi. Masalan: temir rux bilan qoplansa anod qoplam, temir qalay bilan qoplansa katod qoplam deyiladi.
2) Metallni metall bо‘lmagan boshqa moddalar bilan qoplash. Masalan: lak, bо‘yoq, rezina, emal, vazelin, solidol va h.k.
3) Metallarga turli qо‘shimchalar kiritish. Masalan: pо‘latga 0,2–0,5% mis qо‘shilsa mustahkamligi 1,5 – 2 marta ortadi, 12% xrom bо‘lgan pо‘lat zanglamaydigan pо‘lat deyiladi, tarkibida 18% xrom va 8% nikel bо‘lgan pо‘lat hech qachon zanglamaydi.
4) Metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash. Metallarni sirtini kimyoviy usulda oksid, fosfat, xromat pardalar bilan qoplash.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling