42
2
3.
4.
5.
AMALIY MASHG`ULOT №24,№25, №26.
MAVZU: Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar.
I. Ishning maqsadi: Transport vositalaridan foydalanishni
taqiqlovchi shartlarni
o`rganish hamda tahlil qilish.
II. Umumiy ma’lumotlar:
Tormoz tizimi nosozliklari bo`yicha taqiqlovchi shartlar. Tormoz
tizimining tuzilishi o`zgartirilsa, ishlab chiqargan korxona
talabiga mos kelmasa yoki
43
transport vositasining shu turida ko`zda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar
qo`llanilsa.
Gidravlik tormoz uzatmasining zichligi (germetikligi) buzilgan bo`lsa.
Pnevmatik tormoz uzatmasining zichligi buzilishi natijasida havo siquvchi moslama
(kompressor) ishlamay turganda va boshqaruv qismlari ulanmaganda - 30
daqiqada,
ulanganida - 15 daqiqada tizimdagi havo bosimi 0,05 MP (0,5 kg/sm
2
)dan ko`p pasayishiga
sabab bo`lsa.
Tormoz uzatmasidagi havo bosimini o`lchaydigan asbob (manometr) ishlamasa.
To`xtatib turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi
joylarda harakatsiz
holatda ushlab tura olmasa:
- to`la vazndagi transport vositalarini 16 foizdan kam bo`lmagan qiyalikda;
- aslahalangan holatdagi yengil avtomobillar, ularning yuk tashishga moslashtirilgan
turlari, shuningdek, avtobuslarni 23 foizdan kam bo`lmagan qiyalikda;
- aslahalangan holatdagi yuk avtomobillari va avtopoyezdlarni 31
foizdan kam
bo`lmagan qiyalikda.
Izoh. To`xtatib turish tormoz tizimi sinovdan o`tkazilayotganda yurgizgich
transmissiyadan ajratilgan bo`lishi kerak.
Qulflovchi moslama to`xtatib turish tormoz tizimining dastagi (richagi) ni ushlab tura
olmasa.