44
Boshqaruv qurilmasida
qoldiq deformatsiya izlari, darz
ketgan joylari va boshqa
nuqsonlari bo`lgan qismlar o`rnatilgan, shu transport vositasi turida ko`zda tutilmagan yoki
ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan qismlar va suyuqliklar qo`llangan
bo`lsa.
Tashqi yoritgichlar bo`yicha taqiqlovchi shartlar. Tashqi yoritgichlar soni,
turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining tuzilishi talabiga mos kelmasa.
Yorituvchi fara nurining yo`nalishi buzilgan bo`lsa.
Agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki
ifloslangan bo`lsa.
Yoritish asboblaridan nur sochuvchisi bo`lmasa yoxud nur sochuvchi va lampalar
tegishli yorug`lik asboblari turiga mos bo`lmaganida foydalanilgan bo`lsa.
Oyna tozalagich bo`yicha taqiqlovchi shartlar. Oyna tozalagich belgilangan
tartibda ishlamayotgan bo`lsa.
Transport vositasining tarkibida ko`zda tutilgan oyna yuvgich ishlamayotgan bo`lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: